Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

CHAKKA SOHASI, REGIO TEMPORALIS
Chegaralari: Soha chegarasi chakka muskuli doirasidan kengroq bo‘lib,
chakka aponevrozi birikkan chiziqqa to‘g‘ri keladi. Bu chegarani chakka muskuli
qisqarganda ko‘rish mumkin. Chakka aponevrozi suyak pardasi bilan birga yu-
qori chakka chizig‘iga mustahkam birikkanligi sababli chakka va peshona-tepa
ensa sohalarining chuqur qatlamlari bir-biridan keskin ajralib turadi.
Q a v a t l a r i : Sohaning orqa qismi terisi xuddi peshona-tepa-ensa terisi tuzi-
lishiga o‘xshash. Oldingi qismining terisi yupqa va teri osti qatlami yaxshi
rivojlanmagan bo‘lgani uchun burmaga yig‘ish mumkin. Teri osti yog‘ to‘qimasida
kam rivojlangan quloq chig‘anog‘i muskullari, tomir va nervlari yotadi. Quloq
chig‘anog‘i ortida (a.temporalis superficialis) o‘zining shu nomli venasi va n.
auriculotemporalis bilan birga o‘tadi (68-rasm). Nerv odatda, arteriyaning orqasida
joylashadi, ba’zan esa arteriya va vena o‘rtasida yoki tomirlar oldida joylashishi
ham mumkin.
U o‘zining shoxlari bilan chakka sohasi terisiga, qisman quloq chig‘anog‘iga,
pastki jag‘ bo‘g‘imi qopchasiga va quloq oldi so‘lak beziga tolalar beradi. Quloq
oldi so‘lak bezi ichida nauriculotemporalis va nfacialislar orasida bog‘lanish
bor. Chakka sohasining oldingi qismi terisini ta’minlashda ninfraorbitalisning
shoxlari ham ishtirok etadi. Teri osti yog‘ to‘qimasida yuz nervining shoxlari o‘tadi
va u peshona muskulini, ko‘zning aylana muskulini va quloq chig‘anog‘ining old-
ingi muskulini innervatsiya qiladi. Chakka sohasida yuz nervi va uch shoxli nervn-
ing ikkinchi shoxi o‘rtasida bog‘lanish bo‘ladi.
Quloq chig‘anog‘ining orqasida quloq arteriyasi va kichik ensa nervining
shoxlari o‘tadi. Yuza limfa tomirlari qisman yuza quloq oldi, qisman quloq orqa
limfa tugunlariga quyiladi.
Yuza fassiya bu joyda yupqa varaq hosil qiladi. U pay qalpog‘ining davomi
bo‘lib, yuzning kletchatkasiga borib yo‘qoladi.
Chakka aponevrozi (fascia temporalis) ikkita: yuza va chuqur varaqdan tashkil
topgan bo‘lib, yonoq ravog‘i yaqinida ikkiga ajraladi. Yuza varag‘i yonoq ravog‘ining
tashqi yuzasiga, chuqur varag‘i esa yonoq ravog‘ining ichki yuzasiga yopishadi.
Varaqlar orasida ikkinchi yog‘ qatlami – aponevrozlararo yog‘ to‘qima joylashgan.
Chuqur varag‘i yuza varaqqa nisbatan qalin, o‘zida pay tolalarini tutadi.
Chakka aponevrozi yuqori chakka chizig‘ida suyak usti pardasi bilan mus-
tahkam birikkan bo‘lib, uning ostida patologik suyuqlik yig‘ilganda bosh gumba-
zining qo‘shni sohalariga o‘ta olmaydi, shuning uchun suyuqlik pastga, chakka
osti chuqurchasiga yo‘naladi va bu yerdan yuzga o‘tadi.
Chakka aponevrozining chuqur varag‘i ostida, shu varaq bilan muskul orasida
uchinchi – aponevroz osti kletchatkasi yotadi. Unda ko‘p miqdorda yog‘ bo‘lib, yonoq
ravog‘i va yonoq suyagi orqasi bo‘ylab yuzdagi Bisha yog‘ to‘plamiga qo‘shiladi.
Suyak parda ustida bevosita chakka muskuli joylashadi. U pastki chakka chizig‘idan
boshlanib, chakka chuqurchasini to‘ldiradi. Yonoq ravog‘i orqasida baqquvat payga
o‘tib, pastki jag‘ning tojsimon o‘sig‘iga birikadi. Chakka muskuli ichida chuqur tomir
va nervlar: vasa temporalia profunda va nntemporales profundi o‘tadi.


100
Chuqur chakka arteriyasi jag‘ arteriyasidan chiqadi, nervlar esa uch shoxli
nerv uchinchi shoxi tarmoqlari bo‘lib, uning harakatlantiruvchi qismidan chiqadi
va chaynov muskullari: mtemporalismmpterygoidei va masseter ni innervatsiya
qiladi. Chuqur limfa tomirlari chakka sohasida nodi limphatisi parotidei profun-
da-ga quyiladi va so‘rg‘ichsimon o‘siq sohasi va o‘rta quloqdagi limfa tomirlari
bilan anastomozlashadi.
Suyak parda sohaning pastki qismida suyak bilan mustahkam birikkan, qol-
gan qismlarida peshona-tepa-ensa sohasiga o‘xshab zaif birikkan bo‘ladi. Chakka
suyagi tangasi pallasi juda yupqa bo‘lib, unda diploe qatlami umuman bo‘lmaydi
va oson sinishi mumkin. Uning ichki va tashqi yuzalariga tomirlar tegib turganli-
gi uchun sinishlarda qon quyilishi natijasida miya moddasining ezilishi kuzatila-
di. Chakka sohasining bosh chanog‘i bo‘shlig‘iga qaragan suyak va dura mater
orasidan o‘tuvchi miya qattiq pardasining o‘rta arteriyasi (ameningea media)
bo‘lib, dura mater-ni ta’minlovchi asosiy arteriya hisoblanadi. U a.maxillaris-
dan hosil bo‘ladi va foramen spinosum orqali bosh chanog‘i bo‘shlig‘iga kiradi.
Shu joyda ikkita katta: old (rfrontalis) va orqa (rparietalis) shoxlarga bo‘linadi.
Bu shoxlarning yo‘nalishi doimiy emas, oldingi shoxi ko‘pincha oldingi qavar-
gan ravoq hosil qilib yuqoriga yo‘naladi. Orqa shoxi orqaga va yuqoriga qarab,
deyarli gorizontal yo‘nalgan bo‘ladi (69-rasm).
Miya qattiq pardasi o‘rta arteriyasi va uning shoxlari (dura mater) bilan
mustahkam birikkan bo‘ladi, suyakda esa egatchalar sulsi meningei-ni hosil qila-
di. Arteriyani ikkita vvmeningeae mediae kuzatib boradi. Bu venalar miya qattiq
pardasi ichidan o‘tadi. Arteriyaning oldingi shoxi ayrim hollarda suyak kanali
bo‘ylab o‘tadi, bu joy to‘rtta suyak: peshona, tepa, chakka va ponasimon suyak-
larining tutashgan qismiga to‘g‘ri keladi (66-rasm).
Miya qattiq pardasi ostida chakka sohasiga bosh miyaning ikki bo‘lagi: pesh-
ona, tepa va chakkaning o‘zaro tutash qismlari to‘g‘ri keladi. Ular to‘r parda va
yumshoq parda bilan qoplangan bo‘lib, bir-biridan Roland va Silviy egatlari orqa-
li ajralib turadi.
Ameningae media-ning ikkala shoxining yo‘nalishi miya po‘stlog‘ining
asosiy qismlari holatini ko‘rsatadi. Old shoxining yo‘nalishi markaz oldi pushtasi
holatiga to‘g‘ri keladi. Orqa shoxining yo‘nalishi chakka bo‘lagining tutgan o‘rniga
to‘g‘ri keladi. Ekstradural (yoki epidural) gematomalar miya qattiq pardasi o‘rta
arteriyasi va uning shoxi bosh gumbazi sinishi natijasida shikastlanganda, qon-
ning suyak va dura mater orasida yig‘ilishidan hosil bo‘lib, sekinlik bilan miya
qattiq qobig‘ini suyakdan ajratadi va miyani ezadi. Agar bunday gematoma ar-
teriyaning asosiy poyasi yoki uning oldingi shoxining shikastlanishi natijasida
hosil bo‘lgan bo‘lsa, miya po‘stlog‘ining shikastlanish bo‘lgan tomonga qarama-
qarshi tomonida qo‘zg‘alish alomatlari bo‘lishi va so‘ngra undagi harakatlantiru-
vchi zonaning falaji kuzatilishi mumkin.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish