Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


BOSH CHANOG‘I SUYAGINING ICHKI ASOSI



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

BOSH CHANOG‘I SUYAGINING ICHKI ASOSI
Bosh chanog‘i asosining ichki yuzasida zinapoya shaklida joylashgan uchta: ol-
dingi, o‘rta va orqa bosh chanog‘i chuqurchalari (fossa cranii anteriormediaposteri-
or) tafovut qilinadi. Oldingi chuqurcha o‘rta chuqurchadan ponasimon suyakning kichik
qanoti qirralari va sulcus chiasmaticu-ning oldida yotuvchi suyak bolishchasi (limbus
sphenoidalis) bilan chegaralanadi; o‘rta chuqurcha orqa chuqurchadan turk egari
suyanchig‘i va ikkala chakka suyagi piramidasining yuqori qirralari orqali ajralib turadi.
Bosh chanog‘i oldingi chuqurchasining topografiyasi
Bosh chanog‘i oldingi chuqurchasi (fossa cranii anterior) burun bo‘shlig‘i
va ikkala ko‘z kosasi ustida joylashgan. Bu chuqurchaning eng oldingi qismi,
bosh gumbaziga o‘tish joyida, peshona sinusi bilan chegaralanadi. Chuqurcha so-
hasida miyaning peshona bo‘lagi joylashgan.
Srista galli–ning yon taraflarida hidlov piyozchalari (bulbi olfactorii) yota-
di, ulardan hidlov yo‘llari boshlanadi.
Bosh chanog‘i oldingi chuqurchasidagi teshiklardan eng oldinda joylash-
gani - foramen caecum hisoblanadi. Bu joyga qattiq miya pardasining o‘sig‘i va
burun bo‘shlig‘i venalarini sagittal sinus bilan tutashtiruvchi doimiy bo‘lmagan
emissar vena kiradi. Bu teshikdan orqada va crista galli–ning yon tomonlarida
g‘alvirsimon suyak yirtilgan plastinkasining (lamina cribrosa) teshiklari bo‘lib,
undan nnolfactorii va aethmoidalis anterior (aophthalmica – dan) hamda uni
kuzatib boruvchi shu nomli vena va nerv (uch shoxli nervning birinchi shoxidan)
o‘tadi (69 va 74-rasmlar).
Bosh chanog‘i oldingi chuqurchasi sohasidagi sinishlarda burun va burun
halqumdan qon ketishi, yutilgan qonni qusish eng xarakterli belgi bo‘ladi. Vasa
ethmoidalia va g‘orsimon sinusning shikastlanishida kuchsiz qon ketishi mumkin.
Ko‘z va qovoq kon’yuktivasi hamda qovoq terisi ostida qontalash ham ko‘p uchraydi
(peshona yoki g‘alvirsimon suyakning shikastlanishi natijasida). Ko‘z kosasi kletchat-
kasida qon yig‘ilganida ko‘z olmasining bo‘rtishi kuzatiladi (exophthalmus). Bu-
rundan serebrospinal suyuqlikning oqishi hidlov nervlarini o‘rovchi miya qobig‘i
o‘siqlarining yirtilganligini ko‘rsatadi. Agar miyaning peshona bo‘lagi shikastlan-
sa, unda burun orqali miya moddasining bo‘lakchalari chiqishi kuzatiladi.
Peshona bo‘shlig‘ining devori va g‘alvirsimon labirint katakchasining
shikastlanishida havoni teri osti yog‘ to‘qimasiga yoki bosh chanog‘i bo‘shlig‘iga
ekstra yoki intradural (pnevmotsefaliya) chiqishi kuzatiladi.
Nn.olfactoriining shikastlanishi hid bilishning har xil darajada buzilishiga
olib keladi (anosmia).
Ko‘z kosasidagi kletchatkada qon to‘planishi III, IV, VI nervlar va V nerv
funksiyasining buzilishi (g‘ilaylik, ko‘z qorachig‘ining o‘zgarishi, peshona terisin-


105
74-rasm. Bosh miyaning sopidagi arteriyalar (Villiziy aylanasi) va
ularning bosh miya nervlari va bosh suyagi asosiga nisbati.
A: 1-
bulbus
olfactorius
; 2-
tractus
olfactorius
; 3-
a
.
comminicans
anterior
;
4-
a

carotis
interna
; 5-
tuber
cinereum
et
corpus
mamillare
; 6-
n
.
oculomotorius
; 7-
pedunculus
cerebri
; 8-
n

abducens
; 9-
pons
(
Varoli
); 10-
a
.
basilaris
et
nn

facialis

intermedius

vestibulocochlearis
; 11-
n

hypoglossus
;
12-
n

accessorius
et
a

vertebralis
; 13-orqa miya; 14-miyaning ensa bo‘lagi;
15-miyacha; 16-
nn

glossopharyngeus
et
vagus
; 17-
n

trigeminus
et
a

cerebri
superior
; 18-
a

cerebri
posterior
; 19-
n

trochlearis
; 20-
a

communicans
posterior
; 21-miyaning chakka bo‘lagi; 22-
tractus
opticus
; 23-
substantia
perforata
anterior
; 24-
a

cerebri
media
; 25-
trigonum
olfactorium
; 26-
a
.
cerebri
anterior
; 27-miyaning peshona bo‘lagi.
B: 1-
a

communicans
anterior
; 2-
n

opticus
; 3-
a

carotis
interna
; 4-
a
.
cerebri
anterior
; 5-
n
.
ophthalmicus
; 6-
a
.
c e r e b r i
media
; 7-
n
.
maxillaris
et
a

communicans
posterior
; 8-
n
.
mandibularis
; 9-
ganglion
semilunare
n

trigemini
; 10-
a

cerebri
superior
; 11-
a
.
basilaris
et
rami
(
a
.
cerebelli
inferior
anterior

n

hy
-
poglossus
; 12-
n

accessorius
et
a

vertebralis
;
13-
nn

glossopharyngeus
; 14-
nn

facialis

intermedius
et
vestibulocochlearis
;
15-
a

cerebri
posterior
et
n

oculomotorius
; 16-
nn

trochlearis
et
abducens
.
V: o‘ng g‘orsimon vena sinusining frontal qirqimi:
1-gipofiz; 2-sinusning ichidan o‘tuvchi ichki uyqu arteriyasi yuqoriga
tortilgan; 3-
n

oculomotorius
; 4-
n

trochlearis
; 5-
n

ophtalmicus
; 6-
n
.
abducens
; 7-
n

maxillaris
; 8-
sinus
sphenoidalis
.


106
ing anesteziyasi) ga olib keladi. Processus clinoideus anteriorning (bosh chanog‘i
o‘rta chuqurchasi doirasida) sinishida II nerv shikastlanishi mumkin, ko‘pincha
nervning g‘ilofiga qon quyilishi natijasida shu nerv funktsiyasining buzilishi kuza-
tiladi. Bosh chanog‘i chuqurchalari tarkibining yiringli yallig‘lanish jarayoni bi-
lan zararlanishi bosh chanog‘i asosiga tegib turuvchi bo‘shliqlardan (ko‘z kosasi,
burun bo‘shlig‘i va uning atrofidagi bo‘shliqlar, ichki va o‘rta quloq) yiringli jaray-
onning o‘tishi natijasida bo‘ladi. Bu hollarda jarayon bir nechta: kontaktli, ge-
matogen, limfogen yo‘llar bilan tarqalishi mumkin. Xususan, peshona bo‘shlig‘i
empiyemasi va suyakning yemirilishi natijasida oldingi bosh chuqurchasiga
yiringli jarayonning o‘tishi kuzatiladi; bunda meningit, epi- va subdural abssess
bo‘lishi mumkin. Bunday abssess burun bo‘shlig‘idan nnolfactorii va tractus
olfactorius bo‘ylab yiringli jarayonning tarqalishi natijasida ham rivojlanadi. Si-
nus sagittalis superior va burun bo‘shlig‘i venalari orasida aloqa borligi tufayli
infeksiya sagittal sinusga o‘tishi mumkin.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish