Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

es pophundi – BNA) uziladi. Bu tugunlar lunj muskullarining tashqi yuzasida joylash-
gan. Bir qismi esa jag‘ tugunlarida (lnn.mandibulares) uziladi. Bu tugunlar chaynov
muskullarining oldingi qirrasida, pastki jag‘ qirg‘og‘idan bir oz yuqorida yotadi.
Yuzning lateral qismi, quloq chig‘anog‘i va chakka sohasi to‘qimalaridan
limfa tomirlar quloq oldi bezi sohasida joylashgan limfa tugunlariga yo‘naladi.
Quloq chig‘anog‘ining bir qismidan limfa tomirlar quloq orqa limfa tugunlarida
(lnnretroauriculares) tugaydi. Glandula parotis sohasida ikki guruh: yuza va
chuqur joylashib, bir-biri bilan aloqada bo‘lgan quloq oldi limfa tugunlari -
lnn.parotidei superficialis va profundi bor. Yuza quloq oldi tugunlari quloq oldi
bezi kapsulasidan tashqarida yoki kapsula ostida joylashadi. Bulardan bittasi qu-
loq chig‘anog‘i do‘mbog‘i oldida (lnn.auriculares anterior - BNA), ikkinchisi –
quloq chig‘anog‘ining pastida, quloq oldi bezi pastki qutbining orqa chekkasi ya-
qinida joylashgan. Chuqur quloq oldi tugunlari bezning ichida, asosan, tashqi uyqu
arteriyasi bo‘ylab joylashgan. Quloq oldi tugunlaridan limfa oqimi chuqur bo‘yin
limfa tugunlariga boradi (82-rasm).
Ko‘z kosasi limfa tomirlari ko‘z kosasining pastki yorig‘i orqali o‘tib, bir
qismi lunj tugunlarida, bir qismi esa halqumning yon devorida joylashgan tugun-
larda tugaydi.
Burun va og‘iz bo‘shliqlarining oldingi qismidan limfa tomirlar jag‘ osti va
engak osti tugunlarida tugaydi. Og‘iz va burun bo‘shliqlarining orqa qismidan
hamda burun-halqumdan limfa tomirlarning bir qismi halqum orqa tugunlarida (u
esa halqum yoni bo‘shlig‘idagi to‘qimada joylashgan), bir qismi esa chuqur bo‘yin
tugunlarida tugaydi.
82-rasm. Jag‘ orti chuqurchasi
topografiyasi (
Glandula
parotis
butunlay olib tashlangan).
1–pastki jag‘ bo‘g‘im kapsulasi;
2–
a

transversa
faciei
; 3–
m
.
masseter
;
4–
vasa
facialis
; 5–
r

marginalis
mandibulae
n

facialis
;
6–
gl

submandibularis
; 7–
r

colli
n
.
facialis
; 8–
m

stylohyoideus
;
9–
a

lingualis
; 10–
a

facialis
;
11–
a

carotis
externa
; 12–
v

facialis
;
13–
venter
posterior
m

digastrici
;
14, 19–
nodi
lymphatici
cervicales
profundi
;
15–
m

sternocleidomastoideus
;
16–
v

jugularis
interna
; 17–
a

carotis
interna
; 18–
v

retromandibularis
; 20–
ramus
mandibulae
; 21–
a

et
v
.
maxillares
; 22-
n

facialis
poyasi;
23–chakka suyagining bigizsimon
o‘sig‘i undan boshlanadigan muskullar
bilan birgalikda; 24–
vasa
temporales


118
Yuzning harakatlantiruvchi nervlariga yuz nervi va uch shoxli nervning uchin-
chi shoxi kiradi. Birinchisi mimika muskullarini ta’minlasa, ikkinchisi chaynov
mus-kullarini ta’minlaydi.
Yuz nervi suyak kanalidan (canalis facialisforamen stylomastoideum orqali
chiqqanidan keyin quloq oldi so‘lak beziga kiradi. Bu yerda u ko‘pgina shoxlarga
tarmoqlanib, chigal (plexus parotideus) hosil qiladi. Yuz nervining shoxlari radial
yo‘nalishda (g‘oz panjasiga o‘xshab) beshta guruhga – chakka, yonoq, lunj, past-
ki jag‘ning qirra shoxi (ramus marginalis mandibulae) va bo‘yin shoxiga (ramus
colli) ajralib ketadi (68 va 82-rasmlar). Undan tashqari, orqa shoxi (n.auricularis
posterior) ham bor.
Yuz nervi shoxlari, umuman, tashqi eshituv yo‘lidan 1,5-2 sm pastdagi nuq-
tadan radius bo‘ylab yo‘nalgan. Bu nerv yuzning mimika muskullarini, peshona
va ensa muskulini, bo‘yinning teri osti muskulini (m.platysma), m.stylohyoideus
et digastricus–ning orqa qorinchasini ta’minlaydi.
Chakka suyagi ichida ichki va o‘rta quloqqa qoshni turgan kanal orqali yuz
nervining o‘tishi sababli, shu sohalardagi yiringli yallig‘lanishlar asorati sifatida
yuz nervining falaji yoki parezi yuz beradi, shuning uchun bu yerda jarrohlik
aralashuvi o‘tkazilayotganda (yuz nervi kanalining so‘rg‘ichsimon qismi yaqini-
da) trepanatsiya qoidalariga rioya qilmaslik nerv shikastlanishiga sababchi bo‘ladi.
83-rasm. Uch shoxli nerv shoxlarining kalla suyagidagi teshiklar orqali
chiqishi.
1-
n

supraorbitalis
; 2-
ramus
zygomaticofacialis
; 3-
n

infraorbitalis
;
4-
n

mentalis
; 5-
n

depressor
labii
inferioris
; 6-
m

depressor
anguli
oris
et
m

orbicularis
oris
; 7-
m

buccinator
; 8-
corpus
adiposum
buccae
;
9-
m

masseter
; 10-
m

zygomaticus
; 11-
m

orbicularis
oculi
; 12-
rami
n
.
auriculotemporalis
; 13-
m

frontalis
.


119
Yuz nervining periferik falajida ko‘z yumilmaydi, ko‘z yorig‘i ochiq qoladi, shikast-
langan tomonda og‘iz burchagi pastga osilib turadi.
Uch shoxli nervning uchinchi shoxi chaynov muskullarini: mmmasseter,
temporalispterygoideus lateralis (externus - BNA) va medialis (internus - BNA),
mdigastricusning oldingi qorinchasi va mmylohyoideus–ni ham ta’minlaydi.
Yuz terisining innervatsiyasini, asosan, uch shoxli nerv uchala shoxining
oxirgi tolalari va qisman bo‘yin chigali tarmoqlari (katta quloq nervi) ta’minlaydi.
Yuz terisini ta’minlovchi uch shoxli nervning shoxlari bir vertikal chiziqda joy-
lashgan suyak kanallari teshiklaridan chiqadi: n.supraorbitalis uchun foramen yoki
incisura supraorbitale (n.frontalis esa ichkariroqdan chiqadi), uch shoxli nerv-
ning ikkinchi shoxidan n.infraorbitalis uchun foramen infraorbitale, uch shoxli
nervning uchinchi shoxidan n.mentalis uchun foramen mentale bor. Yuzda uch
shoxli va yuz nervlari orasida bog‘lanish bor (83-rasm).
Nervlar o‘tadigan suyak teshiklarining tasviri quyidagicha: foramen infraor-
bitale ko‘z kosasi pastki qirrasi o‘rtasidan 0,5 sm pastda akslanadi. Foramen men-
tale, asosan, pastki jag‘ tanasi balandligi o‘rtasida, birinchi va ikkinchi kichik
oziq tishlar orasiga akslanadi. Pastki jag‘ning ichki yuzasida joylashgan, pastki
jag‘ kanaliga olib boruvchi foramen mandibulare-ning tasviri og‘iz bo‘shlig‘i
tomonidan lunj shilliq pardasida, pastki jag‘ shoxining oldingi va orqa qirralari
orasidagi masofaning o‘rtasiga, uning pastki qirrasidan 2,5-3 sm yuqorida joy-
lashgan. Bu ko‘rsatilgan tasvirlardan, klinikada nevrit xastaliklarida nervlarni anes-
teziya yoki blokada qilish uchun foydalaniladi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish