124
Og‘iz bo‘shlig‘i, cavum oris
Og‘iz bo‘shlig‘i jag‘lar yumilganda ikki qismga – og‘iz dahlizi va xususiy
og‘iz bo‘shlig‘iga bo‘linadi.
Og‘iz dahlizi bir
tomondan lunj va lablar bilan, ikkinchi tomondan jag‘larning
alveolar o‘siqlari, tishlar va milk bilan chegaralanadi. Og‘iz dahlizida lunj shilliq
pardasiga quloq oldi so‘lak bezi chiqaruv yo‘lining teshigi ochiladi.
Og‘iz bo‘shlig‘i orqa tomonda halqum bo‘shlig‘ining o‘rta qismiga o‘tadi.
Og‘iz bo‘shlig‘ining halqum bo‘shlig‘iga o‘tish joyini tanglay ravoqchalari, tang-
lay pardasi va til ildizi chegaralaydi.
Og‘iz bo‘shlig‘ini yuqoridan qattiq va yumshoq tanglay chegaralaydi. Yum-
shoq tanglayning orqa qirg‘og‘i tanglay yon devoriga xuddi ikkita burma – oldin-
gi va orqa tanglay ravoqchalari ko‘rinishida o‘tadi. Ulardan har qaysisida muskul
bor, oldingisida -
m.
palatoglossus, orqadagisida -
m.
palatopharyngeus (BNA
bo‘yicha
mm.
glossopalatinus et pharyngopalatinus).
Ravoqchalar orasida tang-
lay bodomchalari
(tonsillae palatinae) joylashgan (86-rasm). Ular halqum, til va
ikkita nay bodomchalari bilan birga tomoqning limfoid to‘qimalari halqasini ho-
sil qiladi.
Og‘iz bo‘shlig‘i tubini quyidagilar hosil qiladi. Og‘iz diafragmasini hosil
qiluvchi
mm.
mylohyoidei pastki jag‘ ravoqlarini to‘ldirib turadi. Ularga og‘iz to-
mondan
mm.
geniohyoidei, bo‘yin
tomondan mm.
digastrici tegib turadi.
Mm.
geniohyoidei ustida
mm.
genioglossi joylashgan.
M.
mylohyodeus ustida, pastki
jag‘ bilan
mm.
geniohyoideus et genioglossus orasida til osti so‘lak bezi yotadi.
O‘rta chiziqdan yon tomonda tilning pastki yuzasi bo‘ylab, tomir-nerv tutami
(
v.
lingualis,
n.
lingualis,
a.
profunda linguae,
n.
hypoglossus) o‘tadi. Bularning ham-
masi shilliq parda bilan qoplangan bo‘lib, u pastki milkdan til osti bezi va
mm.
genioglossus-ga, undan keyin tilning pastki yuzasiga va bu joydan uning orqa
yuzasiga o‘tadi.
Shunday qilib, og‘iz bo‘shlig‘ining tubini pastki jag‘dan tilga va
til osti suyagiga boruvchi muskullar hamda ularda joylashgan hosilalar (bezlar,
tomirlar, nervlar, shilliq parda) hosil qiladi (86-rasm).
Til ostida sagittal yo‘nalishda yugancha cho‘zilgan bo‘lib, uning yon to-
monida, og‘iz tubi shilliq qobig‘ida ikkita
carunculae sublinguales joylashgan,
unga jag‘ osti va til osti so‘lak bezlarining yo‘llari ochiladi.
Carunculae sublingualesdan tashqarida joylashgan shilliq qobiq burmalari
ichida til osti bezining kichik yo‘llari ochiladi (86-rasm). Qattiq tanglayni qan-
otsimon-tanglay kanalidan o‘tuvchi, pastki jag‘ arteriyasining shoxi bo‘lgan tu-
shuvchi tanglay arteriyasi ta’minlaydi. Yumshoq tanglayni, asosan, ikkita manba:
tu-shuvchi tanglay arteriyasi va ko‘tariluvchi
tanglay arteriyasi qon bilan
ta’minlaydi. Undan tashqari yumshoq tanglayga ko‘tariluvchi halqum arteriyasi
ham keladi.
Tilni qon bilan ta’minlashda, asosan, til arteriyasi (tashqi uyqu arteriyasin-
ing shoxi) ishtirok etadi.
Yuqori va pastki jag‘ tishlarini qon bilan ta’minlashda jag‘ arteriyasi yuqori
jag‘ tishlariga bir qancha alveolar arteriyalarni beradi; pastki jag‘ tishlariga nerv va
vena hamrohligida pastki jag‘ kanali yo‘naluvchi pastki alveolyar arteriyani beradi.
Og‘iz bo‘shlig‘i venalari shu nomli
arteriyalarni kuzatib borib, venoz chigal-
lar bilan anastomoz hosil qiladi: og‘iz bo‘shlig‘ining oldingi qismi venalari qanotsi-
mon chigal bilan, orqa qismidagilari halqum venoz chigallari bilan anastomozlashadi.
125
Yumshoq va qattiq tanglay shilliq pardasini uch shoxli nervning ikkinchi
shoxi
ganglion pterygopalatinum orqali ta’minlaydi. Oxirgisidan tanglay nerv-
lari,
nn.
palatini chiqadi. Yumshoq tanglayni taranglashtiruvchi muskulni (
m.
tensor
veli palatini) uch shoxli nervning uchinchi shoxi, qolgan muskullarning hamma-
sini halqum chigali shoxlari nerv bilan ta’minlaydi.
Tilning shilliq qobig‘iga sezuvchi tolalarni (ta’m bilishdan tashqari), uning
oldingi uchdan ikki qismi uchun til nervi (uch shoxli nervining uchinchi shoxi-
dan) tarkibida keladi. Ta’m bilish tolalari nog‘ora tori
(chorda tympani) tarkibida
keladi, bu esa nog‘ora bo‘shlig‘idan chiqishda til nervi bilan qo‘shiladi. Tilning
orqa uchdan bir qismiga ta’m bilish tolalari til-halqum nervi tarkibida, qolgan
sezuvchi tolalari – shu nerv tarkibida va yuqori hiqildoq nervidan keladi. Tilning
muskullarini nerv bilan ta’minlashda til osti nervi ishtirok etadi. Yuqori jag‘
tishlari
va milklarini uch shoxli nervning ikkinchi shoxi, pastki jag‘ning tish va milklari-
ni uch shoxli nervning uchinchi shoxi innervatsiya qiladi.
Og‘iz bo‘shlig‘i tubida amaliy jihatdan muhim bo‘lgan kletchatka bo‘shliqlari
bor. Birinchisi til osti bezi atrofida joylashgan bo‘lib, yuqoridan og‘iz bo‘shlig‘ining
shilliq pardasi, tashqaridan pastki jag‘ suyagi, ichkaridan til muskullari bilan che-
garalangan, uning asosini
m.
mylohyoydeus hosil qiladi.
Bu oraliqda ko‘pincha og‘iz bo‘shlig‘i flegmonalari joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: