Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

LUNJ SOHASI, REGIO BUCCALIS
C h e g a r a l a r i : Yuqoridan – ko‘z kosasining pastki qirrasi, pastdan pastki
jag‘ning pastki qirrasi, tashqaridan chaynov muskuli oldingi qirrasi, ichkaridan –
burun-lab va burun-lunj burmalari.
Teri osti yog‘ to‘qimasi yuzning boshqa qismlariga nisbatan yaxshi rivojlangan.
Teri osti yog‘ kletchatkasi undan yupqa g‘ilof plastinka bilan chegaralanuvchi Bisha
yog‘ to‘plami - corpus adiposum buccae (lunj muskulining ustida, u bilan chaynov
muskuli orasida joylashgan) ga taqalib turadi va qo‘shni sohalarga davom etadi.
Teri osti yog‘ qatlamida mimika muskullari ( m.orbicularis oculining pastki
qismi, m.quadratus labii superioris, m.zigomaticus va boshqalar), qon tomir va
nervlar yotadi. Yuz arteriyasi chaynov muskulining old qirrasidan oldinda pastki
jag‘ qirrasi orqali egilib o‘tib, lunj va yonoq muskullari orasida ko‘zning ichki
burchagi tomonga qarab (bu joyda burchak arteriyasi - a.angularis deb nomlana-
di) yuqoriga ko‘tariladi. Bu yerda a.facialis bilan yuzning boshqa arteriyalari:
(a.temporalis superficialisdan), a.transversa faciei, abuccalis (buccinatoria-
BNA) va ainfraorbitalis (a.maxillaris-dan) hamda ko‘z burchagi sohasida
a.ophtalmicaning oxirgi shoxlari bilan anastomozlashadi. Yuz arteriyasini uning
orqasida joylashgan v.facialis kuzatib boradi, bunda arteriya qing‘ir-qiyshiq
yo‘nalgan bo‘lsa, vena har doim to‘g‘ri chiziq bo‘ylab boradi (68-rasm).
Yuz venasi ko‘z burchagi sohasida (bu joyda u burchak venasi deb nomlana-
di) yuqori ko‘z venasi bilan anastomozlashadi; u yuqorilab burun qanoti va uning
tashqi yuzasida joylashgan yallig‘lanish jarayoniga qo‘shilishi mumkin.
Normal hollarda yuzdan venoz oqim pastga, ichki bo‘yinturuq venasi tomon
oqadi. Patologiya holatlarida yuz venasi yoki uning tarmog‘i tromb bilan berkilgan
yoki shish suyuqligi va ekssudat bilan bosilgan bo‘lsa, qon oqimi boshqa yo‘nalishda
(retrograd) - yuqoriga oqadi va septik embol g‘orsimon sinusgacha yetib boradi, bu
esa sinus flebiti, sinus trombozi, meningit yoki piyemiyaga olib keladi.


126
Lunj sohasining sezuvchi innervatsiyasi uch shoxli nervning shoxlari, ya’ni
n.infraorbitalis (n.maxillaris)dan, nn.buccalis (buccinatorius-BNA) va n.mentalis
(n.mandibularis)dan hisobiga bo‘lsa, mimika muskullariga keluvchi harakatlantiruv-
chi nervlar yuz nervining shoxlari hisoblanadi. Teri osti kletchatkasi, yuz mimika
muskullari va lunj yog‘ tanasidan keyin fascia buccopharyngea yotadi, undan chu-
qurroqda chuqur mimika muskullaridan lunj muskuli (m.buccinator) joylashgan. U
yuqori va pastki jag‘dan boshlanadi va og‘iz teshigini o‘rovchi mimika muskullari-
ga yopishadi. Lunj muskulini va ba’zan, lunjdagi yog‘ tanasini quloq oldi so‘lak
bezining chiqaruv nayi (ductus parotideus) teshib o‘tadi (68-rasm).
87-rasm. Gorizontal qirqimdagi quloq oldi bezi o‘rindig‘i va parafaringeal
bo‘shliq.
1–
mandibula
; 2–
m

masseter
; 3–
ductus
parotideus
; 4–
fascia
parotideomasseterica
; 5–
n

facialis
; 6, 10–
nodi
lymphatici
parotidei
(
superficialis
); 7–
a

facialis

v

retromandibularis

nodus
lymphaticus
parotideus
(
profundus
); 8–
v

jugularis
externa
; 9–
gl

parotis
; 11–
m
.
digastricus
; 12–
m

sternocleidomastoideus
; 13–parafaringeal bo‘shliqning
orqa bo‘limi; 14–chuqur bo‘yin limfa tugunlarining yuqori guruhi; 15–
v
.
jugularis
interna

n

glossopharyngeus
; 16–simpatik nervning yuqori tuguni,
n

vagus

n

accessorius
; 17–umurtqa oldi muskullari va ularni qoplovchi
fascia
prevertebralis
; 18–
nodi
lymphatici
retropharyngei
va halqum orti
bo‘shlig‘i; 19–
a

carotis
interna

n

hypoglossus
; 20–
aponeurosis
pharyngoprevertebralis
; 21–
aponeurosis
stylopharyngea
; 22–
processus
styloideus
va undan boshlanuvchi muskullar; 23–quloq oldi bezining
halqum o‘sig‘i; 24–
aponeurosis
pharyngobasilaris
; 25–parafaringeal
bo‘shliqning oldingi bo‘limi; 26–tanglay murtagi; 27–
m

constrictor
pharynges
superior
; 28–
m

pterygoideus
medialis
. Yuqorida chap tomonda
yuzdan o‘tkazilgan gorizontal kesim sathi ko‘rsatilgan.



Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish