131
V bob. BO‘YINNING TOPOGRAFIK
ANATOMIYASI
UMUMIY MA’LUMOTLAR
C h e g a r a l a r i : Bosh sohasidan bo‘yin sohasi pastki jag‘ning pastki qir-
rasi, so‘rg‘ichsimon o‘siq cho‘qqisi, yuqori ensa chizig‘i va tashqi ensa do‘mbog‘i
orqali o‘tuvchi chiziq bilan chegaralanadi.
Bo‘yinni ko‘krakdan, qo‘l sohasidan va orqa sohasidan to‘sh suyagining
bo‘yinturuq o‘yig‘i, o‘mrov suyagi va kurak suyagining akromial o‘sig‘idan VII
bo‘yin umurtqasining orqa o‘tkir qirrali o‘sig‘iga o‘tkazilgan chiziq chegaralaydi.
Umurtqalarning ko‘ndalang o‘siqlaridan o‘tkazilgan frontal tekislik bo‘yin
sohasini ikkita: oldingi va orqa bo‘limlarga bo‘ladi.
Bu bo‘linish anatomik ahamiyatga ham egadir, chunki umurtqalarning
ko‘ndalang o‘siqlariga bo‘yin fassiyalarining varaqlari va shoxlari birikadi.
T a s h q i m o ‘ l j a l l a r : Pastki jag‘ning pastki qirrasi va burchagi, to‘sh
suyagining o‘yig‘i, o‘mrov suyagi va akromial o‘siqlarni paypaslasa bo‘ladi.
O‘mrov usti chuqurchasida birinchi qovurg‘ani paypaslasa bo‘ladi, ayniqsa, bo‘yin
tekshirilayotgan tomonga burilganda, yelka kamari esa bo‘yinga tomon ko‘tarilgan
holatda paypaslab aniqlanadi. Boshni o‘rta holatda tutganda pastki jag‘ning past-
ki qirrasi bilan o‘mrov suyagi o‘rtasida VI bo‘yin umurtqasining ko‘ndalang
o‘sig‘idagi uyqu do‘mbog‘i (tuberculum caroticum) paypaslanadi. Uni ko‘pincha
Shassenyak do‘mbog‘i ham deyilib, unga umumiy uyqu arteriyasini bosish
mumkin. Boshni orqaga tashlaganda o‘rta chiziq bo‘ylab engak ostidan pastda til
osti suya-gining tanasi, o‘rta chiziq bo‘ylab yon tomonlardan uning katta shox-
chalari yaxshiroq paypaslanadi. Qalqonsimon bez burchagi ozg‘in odamlarda yax-
shi bilinadigan bo‘rtiq hosil qiladi (“Odam Ato olmasi”). Qalqonsimon bezdan
pastda uzuksimon tog‘ay aniqlanadi, undan pastda kekirdak boshlangan bo‘lib,
uning birinchi tog‘aylarini oldindan qalqonsimon bezning bo‘yinchasi qoplab tura-
di; u ayrim hollarda paypaslanadi. Qalqonsimon bez bo‘yinchasidan pastda, asos-
an, ozg‘in odamlarda, kekirdak tog‘aylarini paypaslasa bo‘ladi.
Boshni yon tomonga burganda, o‘rta chiziqdan yon tomonlarda to‘sh-o‘mrov-
so‘rg‘ichsimon muskuli ko‘rinadi. O‘mrov suyagidan yuqorida to‘sh-o‘mrov-
so‘rg‘ichsimon muskuli bilan trapetsiyasimon muskul orasida o‘mrov usti chuqur-
chasi ko‘rinadi. Shu yerda, uning chuqurida yelka chigalini aniqlasa bo‘ladi, undan
pastda va ichkarida (yelkani pastga tushirganda) o‘mrov arteriyasi pulsini aniqlash
mumkin. To‘sh-o‘mrov-qalqonsimon muskulining oldingi qirg‘og‘i bilan kekirdak
orasidagi chuqurchada umumiy uyqu arteriyasi pulsini aniqlasa bo‘ladi.
Pastki jag‘ning pastki qirrasi va to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon muskulidan
oldinda ayrim hollarda so‘lak bezini paypaslasa bo‘ladi. Shu yerda kattalashgan
jag‘ osti limfa tugunlarini paypaslash mumkin. Ozg‘in odamlarda va teri yupqa
bo‘lgan hollarda, teri osti venalari ko‘rinadi: pastki jag‘ burchagidan tashqarida
va to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichismon muskul sohasida tashqi bo‘yinturuq venasi, ay-
niqsa yo‘tal vaqtida, yaxshi ko‘rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |