Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Kekirdak (bo‘yin qismi)
Kekirdakda (trachea) ikkita: bo‘yin va ko‘krak bo‘limlari tafovut qilinadi.
Bo‘yin qismida 6-8 ta tog‘ay halqa bo‘ladi. Boshni orqaga tashlaganda kekirdak-
ning vertikal siljishi natijasida to‘sh ustida joylashgan tog‘aylar soni boshni old-
inga eggandagiga qaraganda ko‘payadi.
Kekirdakning boshlanishi skeletotopik VI-VII bo‘yin umurtqalararo
tog‘ayiga yoki VII bo‘yin umurtqasining yuqori qirrasiga to‘g‘ri keladi: kekirdak
bo‘yin qismining oxiri oldinda to‘sh suyagining o‘yig‘iga, orqada – II yoki III
ko‘krak umurtqasiga to‘g‘ri keladi.
Kekirdakning boshlanish bo‘limi oldindan qalqonsimon bezning bo‘yinchasi
bilan, yon tomonlardan – uning bo‘laklari bilan qoplanadi. Bezdan pastda, kekirdakn-
ing oldida kletchatka bo‘shlig‘i (spatium pretracheale) bo‘lib, uning ichida venalar va
limfa tugunlari joylashadi. Kekirdakning orqa devoriga qizilo‘ngach taqalib joylasha-
di. Kekirdakning yon tomonlarida, uning yuqori qismida qalqonsimon bezning yon
bo‘laklari, pastki qismida, to‘sh o‘yig‘i yaqinida uyqu arteriyalari joylashadi.
Kekirdak bo‘yin qismining qon bilan ta’minlanishi ko‘proq pastki qalqonsimon
arteriyalar hisobiga innervatsiyasi qaytuvchi nervlar hisobiga amalga oshiriladi.
Qalqonsimon bez va qalqon orqa bezlari
Qalqonsimon bez (glandula thyreoidea) ikki yon bo‘laklar va bo‘yincha
qismidan iborat. Bezning har bir bo‘lagida yuqori va pastki qutblari tafovut qili-
nadi (97- va 98-rasmlar). Taxminan 1/3 hollarda bo‘yincha qismidan yuqoriga
yo‘nalgan qo‘shimcha piramidal bo‘lak (lobus pyramidalis) bo‘lishi mumkin. Bu
bo‘lak bez bo‘yinchasi bilangina emas, balki uning yon bo‘laklari bilan bog‘langan
bo‘lishi ham mumkin. Ba’zi hollarda bez bo‘yinchasi bo‘lmaydi.
Qalqonsimon bez o‘zining xususiy qopchasiga va fassial g‘ilofiga ega bo‘ladi.
Uning fassial g‘ilofi to‘rtinchi fassiyaning visseral varag‘i hisobiga hosil bo‘ladi.
Bezning qopchasi bilan uning g‘ilofi o‘rtasida yog‘ qatlami bo‘lib, unda arteriy-
alar, venalar, nervlar va qalqon orqa bezlari joylashadi.
To‘rtinchi fassiya bezdan qo‘shni a’zolarga o‘tuvchi boylam tusidagi pishiq
tolalar beradi. O‘rta boylam bir tomondan, bez bo‘yinchasi bilan, ikkinchi tomon-
dan, ko‘ndalang yo‘nalishda uzuksimon tog‘ay va kekirdakning birinchi tog‘ayi
o‘rtasida tortilgan. Yon boylamlar bezdan boshlanib, uzuksimon va qalqonsimon
tog‘aylarga tortiladi.
Qalqonsimon bez bo‘yinchasi kekirdakdan oldinda joylashadi (uning bi-
rinchidan-uchinchi yoki ikkinchidan-to‘rtinchi tog‘ayigacha). Yon bo‘laklar
kekirdak, hiqildoq, qalqonsimon tog‘ay, halqum va qizilo‘ngachga taqalib turadi
hamda umumiy uyqu arteriyalarining medial yarmini qoplaydi. Bezning orqa yu-
zasiga o‘rta chiziqqa yaqinroq n.laryngeus recurrens taqalib joylashadi (97-rasm).
Qalqonsimon bezni oldindan mm.sternohyoideisternothyreoidei va omo-
hyoidei qoplaydi.


144
Bezning qon bilan ta’minlanishida ikkita yuqori va ikkita pastki qalqonsi-
mon arteriyalar, 12 foiz hollarda - yana a.thyreoidea ima qatnashadi. Pirogov bu
arteriyani qalqonsimon bezning beshinchi arteriyasi deb nomlagan.
Qalqonsimon bez arteriyalari ikkita kollaterallar tizimini hosil qiladi: a’zo
ichida (qalqonsimon arteriyalar hisobiga) va a’zodan tashqarida (halqum,
qizilo‘ngach, kekirdak va yaqin joylashgan muskul tomirlari anastomozlari hiso-
biga). Vena tomirlari bezning bo‘laklari va bo‘yinchasi sohasida chigallar hosil
qiladi. Bez bo‘yinchasi va undan pastda hosil bo‘lgan chigaldan (plexus thyreoi-
deus impar) vv.thyreoideae inferiores et imae hosil bo‘ladi. Vv.imae kekirdak
oldida joylashgan bo‘lib, v.brachiocephalica sinistraga quyiladi (97-rasm).
Qalqonsimon bez nervlari har ikki tomonda simpatik poya va ikkala hiqildoq
nervlaridan chiqadi. Qaytuvchi hiqildoq nervi qalqonsimon bezning pastki qutbida
pastki qalqonsimon arteriyalari bilan kesishib, undan oldinda yoki orqada joylashadi.
N.laryngeus recurrensning shikastlanishi ovoz muskullari pareziga va to-
vushning buzilishiga olib keladi.
Qalqonsimon bezdan limfa, asosan, kekirdakdan oldinda va yon tomonlarda
joylashgan tugunlarga oqadi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish