Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Hiqildoq
Hiqildoq (larynx) skeletini to‘qqizta tog‘ay hosil qiladi. Skeletning asosini
esa VI bo‘yin umurtqasi ro‘parasida joylashgan uzuksimon tog‘ay hosil qiladi.
Uzuksimon tog‘ayning oldingi qismi ustida qalqonsimon tog‘ay joylashadi.
Qalqonsimon tog‘ay til osti suyagi bilan parda (membrana hyothyreoidea) yorda-
mida bog‘langan; uzuksimon tog‘aydan qalqonsimon tog‘ayga mm.sricothyreoidei
va lig.cricothyreoideum boradi.
Hiqildoq, kekirdak va qalqonsimon bezning operatsiyalarida qalqonsimon
tog‘ay va uning o‘yig‘i hamda uzuksimon tog‘ayning oldingi yarmi, ya’ni yoyi
asosiy mo‘ljal hisoblanadi.
Hiqildoq V bo‘yin umurtqasi yuqori qirrasidan VI bo‘yin umurtqasi pastki
qirrasigacha bo‘lgan sohani egallaydi va shunday qilib ikki umurtqa - V va VI
ro‘parasida joylashadi. Yosh bolalarda hiqildoq yuqoriroqda joylashib, III bo‘yin
umurtqasining yuqori qirrasigacha yetadi. Qariyalarda hiqildoq pastga tushadi,
uning pastki chegarasi VII bo‘yin umurtqasi sathida bo‘ladi. A’zo oldindan hiqil-
doq oldi muskullari bilan qoplanadi; yon tomonlardan qalqonsimon bezning yon
bo‘laklari joylashadi. Hiqildoqning orqasida halqum joylashgan bo‘lib, halqum
oldingi devorining shilliq qatlami hiqildoq orqa devorini qoplaydi (96-rasm). Hi-
qildoq o‘zining yuqori bo‘limi (hiqildoq usti tog‘ayi) bilan til ildiziga yetadi, pastda
kekirdakka o‘tadi.
Hiqildoq bo‘shlig‘ida uchta bo‘lim tafovut qilinadi: 1) yuqorigi – (hiqildoq
dahlizi, vestibulum laryngis) hiqildoq usti tog‘ayidan ovoz boylamlarigacha; 2)
o‘rta (boylamlararo bo‘lim - regio glottica) – chin va soxta ovoz boylamlarining
o‘rniga mos keladi; 3) pastki – boylam osti qismi (regio subglottica).
Hiqildoqning ko‘ndalang kesimi qum soat shaklini eslatadi (93-rasm). Yu-
qori-da hiqildoq chin ovoz boylamlari tomonga torayib boruvchi karnay shakliga
o‘xshaydi. Hiqildoqning boshlang‘ich qismi hiqildoqning kirish qismi - aditus
laryngis deb nomlanadi. Uni oldindan – hiqildoq usti tog‘ayi, orqadan –
cho‘michsimon tog‘aylar cho‘qqisi, yon tomonlardan - plicae aryepiglottica che-
garalaydi. Hiqildoqning yon devorlarida, chin va soxta ovoz boylamlari orasida
tirqish – Morgani hiqildoq qorinchalari ( ventriculi laryngis) bo‘lib, uning bo‘shlig‘i
yuqoriga qaragan ko‘r xalta - sacculus laryngis bilan tugaydi.
Hiqildoq siljuvchan a’zo bo‘lib, boshning harakatiga, qo‘shni a’zolar ho-
latiga (masalan, halqum), tilning vaziyatiga qarab o‘zining holatini o‘zgartirib
turadi.
Boshni orqaga tashlab, og‘iz ochilganda, hiqildoq pastga tushadi, hiqildoq
usti tog‘ayi gorizontal joylashib hiqildoqqa kirish qismini berkitadi. Tilni chiqar-
ganda hiqildoq yuqoriga ko‘tariladi, hiqildoq usti tog‘ayi vertikal holatga yaqin-
lashadi va hiqildoq ochiq bo‘ladi. Yuqorida aytilgan dalillar birinchi marotaba
N.I.Pirogov tomonidan aniqlangan bo‘lib, intratraxeal narkoz berganda, bron-
xografiyada va boshqa muolajalarda katta ahamiyatga ega.
Yuqori va pastki qalqonsimon arteriyalarning tarmoqlari hiqildoqning qon
bilan ta’minlanish manbai hisoblanadi. Hiqildoqni simpatik nerv va sayyor nerv


142
tarmoqlari innervatsiya qiladi. Yuqori va pastki hiqildoq nervlari (nn.laryngei su-
perior et inferior) sayyor nerv shoxlari tarmog‘i bo‘lib, ulardan pastdagisi qay-
tuvchi nervning oxirgi shoxi hisoblanadi.
Yuqori hiqildoq nervi ko‘proq hiqildoqning sezuvchi nervi hisoblanib, un-
ing yuqori va o‘rta bo‘limlarining shilliq pardasini va uzuk-qalqonsimon muskulini
innervatsiya qiladi; qolgan hamma muskullar pastki hiqildoq nervi hisobiga in-
nervatsiya qilinadi; bunisi ko‘proq harakatlantiruvchi nerv hisoblanib, hiqildoq-
ning pastki bo‘limi shilliq qavatini ham ta’minlaydi. Hiqildoqdan limfa oqimi,
96-rasm. Halqum bo‘shlig‘ining topografiyasi.
1– 
sinus
petrosus
superior
; 2–
sinus
sigmoideus
; 3–
bulbus
v

jugularis
superior
; 4–
tonsilla
pharyngea
; 5–
septum
nasi
; 6–kalla suyagi asosining
tog‘ayi; 7–
choana
; 8–
sinus
petrosus
inferior
; 9–
torus
tubarius
; 10–
torus
levatorius
; 11–
velum
palatinum
; 12–
uvula
; 13–
arcus
palatopharyngeus
; 14–
tonsilla
palatina
; 15–pastki jag‘ suyagi; 16–
radix
linguae
; 17–
epiglottis
; 18–
plica
aryepiglottica
; 19–
incisura
interarytenoidea
; 20–halqumning oldingi devori; 21–
gl
.
thyreoidea
; 22,
24–qizilo‘ngach; 23–traxeya; 25–
pars
laryngea
pharyngis
; 26–
aditus
laryngis
; 27–
recessus
piriformis
; 28–
plica
pharyngoepiglottica
; 29–
gl
.
submandibularis
; 30–
pars
oralis
pharyngis
; 31–
m

stylohyoideus
; 32–
m

pterygoideus
medialis
; 33–
pars
nasalis
pharyngis
; 34–ikki qorinchali
muskulning orqa qorinchasi; 35–
gl
.
parotis
; 36–
recessus
pharyngeus
; 37–
processus
mastoideus
.


143
asosan, bo‘yinning chuqur limfa tugunlariga yo‘naladi. Hiqildoq oldi, kekirdak
oldi va kekirdak orti tugunlari boylam osti bo‘shlig‘i tomirlarining bir qismi uchun
birinchi bosqich tugunlar bo‘lib xizmat qiladi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish