Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Qizilo‘ngach (bo‘yin qismi)
Qizilo‘ngachning uchta: bo‘yin, ko‘krak va qorin bo‘limi tafovut qilinadi.
Qizilo‘ngachning umumiy uzunligi 25 sm atrofida bo‘ladi. Uning boshlang‘ich
bo‘limida birinchi torayish joyi bor; ikkinchi torayish joyi kekirdak bifurkatsi-
yasiga mos keladi, uchinchisi esa ko‘krak-qorin to‘sig‘i orqali o‘tish joyida bo‘ladi.
Qizilo‘ngachning faqat boshlanish qismi hamda diafragmadan o‘tish joylari fik-
satsiyalangan, vertikal hamda gorizontal yo‘nalishda ancha siljiydi.
Qizilo‘ngachning boshlanishi uzuksimon tog‘ayga to‘g‘ri keladi, bu VI bo‘yin
umurtqa tanasining pastida bo‘ladi (qizilo‘ngachning boshlanishi oldingi tishlar-
dan o‘rtacha 15 sm masofada bo‘ladi). Qizilo‘ngach bo‘yin qismining uzunligi
(uzuksimon tog‘aydan to‘sh o‘yig‘igacha) - 4,5-5 sm. Qizilo‘ngach uzuksimon
tog‘ayning orqasida joylashgan bo‘lib, u bilan mustahkam bog‘langan. Qolgan
qismida uning oldida kekirdak joylashadi. Bo‘yin sohasida qizilo‘ngach o‘rta
chiziqqa nisbatan chapga siljigan bo‘lib, kekirdak bilan birga egat, sulcus tra-
cheooesophageus hosil qiladi, u yerda chap qaytuvchi nerv va limfa tugunlari
joylashadi. O‘ng tomonda shu nomli nerv kekirdakning orqasida qizilo‘ngachning
yon devoriga yondoshgan holda joylashadi. Orqada qizilo‘ngach umurtqa pog‘onasi
va unda joylashgan bo‘yinning uzun muskullariga taqaladi; ularni beshinchi fassiya
(fascia prevertebralis) ajratib turadi. Qizilo‘ngach orqasidagi yog‘ qatlami
to‘rtinchi va beshinchi fassiyalar orasidagi bo‘shliqni (spatium retroviscerale)
to‘ldiradi. U yuqoriga – halqum orqa kletchatkasiga, pastda esa – orqa ko‘ks oralig‘i
kletchatkasiga davom etadi. Qizilo‘ngachning boshlang‘ich qismiga yon tomon-
lardan qalqonsimon bez bo‘laklarining pastki qutblari tegib turadi, bunda chap
yon bo‘lak, hatto qizilo‘ngachning orqa devoriga yetishi mumkin. Shu joyda, uzuk-
simon tog‘aydan 1,5-2 sm masofada, qizilo‘ngachning yon devorini qalqonsimon
bez pastki qutbi-ning orqa yuzasiga yo‘naluvchi pastki qalqonsimon arteriya kesib
o‘tadi. Qizilo‘ngachning yon tomonida, o‘ngda, taxminan 1 sm va chapda bir necha
mm masofada umumiy uyqu arteriyasi joylashadi (98-rasm).


147
Qizilo‘ngachning bo‘yin qismini pastki qalqonsimon arteriyaning shoxlari
qon bilan ta’minlaydi. Nervlanishi – har ikkala qaytuvchi nerv tolalari hisobidan
bo‘ladi. Limfa tomirlari bo‘yinning chuqur limfa tugunlarida tugaydi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish