Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

KO‘KRAK DEVORINING TOPOGRAFIYASI
Ta s h q i m o ‘ l j a l l a r : Ko‘krak devorining oldingi yuzasida bir qancha
su-yak bo‘rtiqlari va o‘yiqlari bor: o‘mrov suyaklari, to‘sh suyagi dastasi tepasida
joylashgan bo‘yinturuq chuqurchasi (fossa jugularis) va to‘sh o‘yig‘i (incisura
jugularis) (ThII ning pastki cheti sathiga to‘g‘ri keladi), to‘sh dastasi bilan tanasi-
ning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan burchak – angulus sterni (Lyudovik burchagi);
unga II qovurg‘alar birikadi (orqada IV–V umurtqalararo diskka to‘g‘ri keladi),
xanjarsimon o‘siq – processus xiphoideus (ThXI ga to‘g‘ri keladi ), II-XII
qovurg‘alar oldinda qo‘lga yaxshi unnaladi. I qovurg‘a o‘mrov suyagining orqasida
yotganligi sababli, qovurg‘alarni sanashda o‘mrov suyagi shartli ravishda I
qovurg‘a deb qaraladi. Ko‘krakning qorin bilan chegarasida pastdan yuqoriga,
tashqaridan ichkariga yo‘nalgan o‘ng va chap qovurg‘a ravoqlari bor. Qovurg‘a
ravog‘i yolg‘on VIII-IX-X qovurg‘a tog‘aylarining o‘zaro hamda VII qovurg‘a
tog‘ayiga birikishidan hosil bo‘ladi. VII qovurg‘a tog‘ayi to‘sh suyagi tanasi bi-
lan xanjarsimon o‘siq orasidagi o‘yiqqa birikadi. Shunday qilib, xanjarsimon
o‘siqning ikki yon tomonida, u bilan birga qovurg‘a ravoqlari orasida to‘sh-
qovurg‘a burchaklari hosil bo‘ladi.
Qovurg‘a oraliqlari oldinda orqadagiga nisbatan kengroq bo‘lib, ularning
ichida eng katta kenglikka ega bo‘lgani III qovurg‘a oralig‘i hisoblanadi.
O‘mrov suyaklarining lateral tomonida, ularning pastida o‘mrov osti (Moren-
geym) chuqurchalari (fossa infraclaviculares) ko‘rinib turadi. Ularning tubida
kurakning tumshuqsimon o‘sig‘ini (processus coracoideus) paypaslab aniqlasa
bo‘ladi. Bu chuqurchalar pastga va tashqari tomonga deltasimon–ko‘krak egati
(sulcus deltoideopectoralis) ko‘rinishida davom etadi.
Erkaklarda ko‘krak so‘rg‘ichi o‘rta o‘mrov chizig‘i bo‘ylab taxminan IV
qovurg‘a oralig‘ida joylashgan.
Muskullar jismonan shug‘ullangan yoki ozg‘in kishilarda qavarib ko‘rinib
turadi: oldinda kesik uchburchak shaklidagi ko‘krakning katta muskuli, yon to-
monlarda qorin tashqi qiyshiq muskuli bilan oldingi tishli muskul tishchalari orasida
hosil bo‘lgan pillapoyasimon chiziq (Jerdi chizig‘i) ko‘zga tashlanadi.
Ko‘krak devorining orqa tomonida, o‘rta chiziq bo‘ylab ko‘krak umurtqalari-
ning o‘tkir qirrali o‘siqlari paypaslanadi; ularni umurtqa pog‘onasining ikki yoni
bo‘ylab uzunasiga ketgan orqani to‘g‘rilovchi muskul bolishlari orasidagi o‘rta
egat bo‘ylab ko‘rish mumkin.
Kurak suyaklari II-III dan VII-VIII ko‘krak umurtqasigacha bo‘lgan oraliq-


161
ni egallaydi; uning qirrasini, tashqi va ichki chekkalarini hamda burchagini pay-
paslab aniqlasa bo‘ladi.
Ichki a’zolarning ko‘krak devoridagi aks-tasvirlarini, turli kasallik
o‘choqlarining joylashgan o‘rnini aniqlash hamda kesishlar o‘tkazish uchun yuqo-
rida aytib o‘tilgan tashqi mo‘ljallar bilan bir qatorda ko‘krak devori orqali shartli
vertikal chiziqlar o‘tkazish, uni ayrim sohalarga ajratish qabul qilingan. Ko‘krakda
shartli ko‘ndalang chiziqlar o‘tkazilmaydi, ularning o‘rniga tabiiy tashqi mo‘ljallar
– qovurg‘alardan foydalaniladi.
Ko‘krak devorida quyidagi vertikal (tikka) chiziqlar o‘tkaziladi.
·
Oldingi o‘rta chiziq ( lmediana anterior) – tana oldingi o‘rta chizig‘ining
bir qismi bo‘lib, to‘sh suyagining markazidan o‘tadi.
·
To‘sh chizig‘i (lsternalis) – to‘sh suyagining tashqi cheti bo‘ylab boradi.
·
O‘mrov o‘rta chizig‘i (lmedioclavicularis) – yoki so‘rg‘ich chizig‘i, l.
mamillaris o‘mrov chizig‘ining o‘rtasidan o‘tkaziladi; bu chiziq erkaklarda
ko‘pincha, ko‘krak so‘rg‘ichi orqali o‘tadi.
·
To‘shning yon chizig‘i (lparasternalis) - to‘sh va o‘mrov o‘rta chiziqlari
orasidagi masofaning orasidan o‘tkaziladi.
·
Oldingi qo‘ltiq osti chizig‘i (laxillaris anterior) - qo‘ltiq osti chuqur-
chasining oldingi chegarasidan pastga chiziq tortib aniqlanadi.
·
O‘rta qo‘ltiq osti chizig‘i (laxillaris media) - qo‘ltiq osti bo‘shlig‘ining
cho‘qqisidan pastga o‘tkaziladi.
·
Orqa qo‘ltiq osti chizig‘i (laxillaris posterior) - qo‘ltiq osti chuqur-
chasining orqa chegarasidan pastga o‘tkazilgan chiziqdir.
·
Kurak chizig‘i (lscapularis) - kurak suyagining pastki burchagi orqali
o‘tadi (qo‘l tushirilganda).
·
Umurtqa chizig‘i (lvertebralis) – umurtqalarning ko‘ndalang o‘siqlari
orqali o‘tadi.
·
Umurtqa yon chizig‘i (lparavertebralis) – kurak va umurtqa chiziqlari
orasidagi masofaning o‘rtasidan o‘tkaziladi.
·
Orqa o‘rta chiziq (lmediana posterior) – ko‘krak umurtqalarining o‘tkir
o‘siqlari bo‘ylab o‘tadi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish