Anatomiya N; 4 Yurak muskullariga tegishli tog’ri fikrlarni aniqlang



Download 21,25 Kb.
Sana15.07.2021
Hajmi21,25 Kb.
#120365
Bog'liq
Anatomiya 4


Anatomiya N; 4
1.Yurak muskullariga tegishli tog’ri fikrlarni aniqlang

1) tuzilishi skelet muskullariga o’xshash 2) sekin va kuchsiz qisqaradi 3) qisqarishi odam ixtiyoriga bog’liq 4) tez va kuchli qisqaradi 5) ko’ndalang chiziqli bo’ladi 6) qisqarishi odam ixtiyoriga bog’liq emas.

A) 1.2.6 B) 2.3.5 C) 2.5.6 D) 4.5.6

2.Oyoqni uch boshli (q) va ikki boshli ( p) muskullarini vazifasini aniqlang.

A) q-oyoqni tovondan bukish p-oyoqni chanoqdan bukish

B) q-oyoqni tovondan bukish p-oyoqni chanoqdan yozish

C) q-oyoqni chanoqdan yozish p-oyoqni tovondan bukish

D) q-oyoqni chanoqdan bukish p-oyoqni tovondan bukish

3.Ishlashi odam ixtiyoriga bog’liq bo’lmagan (a); bo’lgan (b) muskullarni aniqlang. 1) qo’lning ikki boshli muskuli; 2) qovuq devoridagi muskullar; 3) yurak; 4) ichak devoridagi muskullar; 5) oyoqning ikki boshli muskuli; 6) qo’l muskullari;

A) a-1,5,6; b-2,3,4 B) a-1,3; b-2,4 C) a-2,4; b-1,6 D) a-1,5; b-2,3

4.Virusli immun tanqisligi davrlarini va qancha vaqt davom etishini aniqlang.

a) inkubatsiya.b) latentlik.c) o’tkir.d) terminal g) OITSdan oldingi davr.

1) 14 kundan 1 yilgacha 2) 7-14,bazan 30 kungacha 3) 5-10 yil davom etadi etadi 4) 1-2 yil davom etadi 5) 3 yilgacha ba’zan 1 yilgacha

A) a-1;b-2;c-3;d-4;g-5 B) a-1;b-3;c-2:d-5;g-4

C) a-3;b-2;c-1;d-4;g-5 D) a-5;b-4;c-3;d-2;g-1

5.Tog’ri fikrlar sonini aniqlang 1) arteriya qoni och qizil tusda bo’ladi 2) o’pka kapilyarlarida oksigemoglobin→ O2 va gemoglobinga parchalanadi 3) eritrositlarni 70%dan ko’prog’i teri va jigarda saqlanishi mumkin 4) vena qoni to’q qizil rangli bo’ladi 5) qon plazmasida agglu-tinogen mavjud 6) kamqonlikga uchragan bemorda qon hajmi ozgarmaydi.eritrositlar miqdori kamayadi 7) tromboplastin fermenti protrombin fermentini trombinga aylantiradi 8) zuluklarni so’lak bezla-ridagi girudin moddasi qon ivishiga tosqinlik qiladi

A) 8 ta B) 7 ta C) 6 ta D) 5ta

6.Leykotsitlarga tegishli fikrlarni toping 1) yadrosiz qon hujayralari 2) qizil ilik,ayrisimon bez,taloqda hosil boladi 3) yadroli qon hujayrasi hisoblanadi 4) 2-5 kun yashaydi 5) qizil qon tana-chalari ham deyiladi 6) shakli o’zgaruvchan, faol harakatlanadi 7) 120 kun yashaydi 8) limfa suyuqligida eritrositlar kabi bo’lmaydi

A) 1.2.7 B) 2.5.8 C) 3.4.6 D) 4.5.6

7.Yog’on ichakga xos xususiyatlar…………….

A) K vitamini sintezlanadi,vorsinkalarga ega. B) keyingi qismi appendiks bilan tugaydi

C) ichki yuzasida mayda tukchalar bor D) suvning asosiy qismi qonga shimiladi


8.Quyidagilarni to’g’ri juftlang. 1) jigarning infeksiyasiz kasalligi 2) jigar hujayralarini yemirilishi 3) oqava suv orqali tarqaladigan kasallik 4) oshqozonosti bezi kasalligi 5) oshqozon kasalligi a) gepatit; b) sirroz; d) gastirit; e) pankreatit; f) xolera

A) 1-a; 2-b; 3-f; 4-e; 5-d B) 1-a; 2-b; 3-e; 4-f; 5-d

C) 1-e; 2-b; 3-f; 4-a; 5-d D) 1-e; 2-d; 3-f; 4-b; 5-a
9.Tishlarning sement (a) va dentin (b) kabi qimlariga tegishli ma’lumotlarni mos ravishda aniqlang.

A) a-tarkibida P,Ca va Mg minerallari mavjud b-koronka ostidagi qism

B) a-tish ildizini qoplash vazifasini bajaradi b-tarkibi suyakka o’xshaydi

C) a-tarkibi suyakka o’xshash b- tarkibida P,Ca va Mg minerallari mavjud

D) a-pulpa ostida joylashgan b-tarkibida P,Ca va F minerallari mavjud
10.Ter bezlari nayga o’xshab qaysi teri qavatida kalavasimon chigallarni hosil qiladi

A) gipoderma B) chin teri qavati

C) teri osti yog’ qavati D) epidermis
11.Quyidagi kasalliklar va ular zararlaydigan organlarni aniqlang

a) prostatit; b) sistit c) uretrit; d) nefrit 1) buyrak yallig’lanishi; 2) siydik chiqarish yo’li 3) qovuq yallig’lanishi; 4) prosta yallig’lanishi

A) a-2; b-4; c-3; d-1 B) a-4; b-3; c-2; d-1

C) a-4; b-2; c-3; d-1 D) a-3; b-4; c-2; d-1


12.Nefronlarga bog’liq bo’lmagan ma’lumotlarni aniqlang. 1) buyrakni tuzilish va funksional birligi hisoblanadi; 2) har bir nefron uzunligi 6-8 mm; 3) zararlansa uretrit yuzaga keladi; 4) 1 juft buyrakdagi nefronlar uzunligi 100 km ga yetadi; 5) har bir buyrakda 2-2,5 mln bo’ladi; 6) har bir nefron Shumlyanskiy-Baumen kapsulasiga ega;

A) 1,3,5 B) 2,4,6 C) 1,4,6 D) 2,3,5


13.Bosh suyaklar soniga teng keluvchi suyaklar berilgan qatorni toping.

A) chin qovurg’alar,.son, yelka kamari.to’sh. qo’lning kurak suyaklari

B) qolni barmoq suyaklari.boyin umurtqalari

C) ko’krak umurtqalari.bilak-tirsak suyaklari

D) o’mrov,qovurg’alar,
14.Tana,bir nechta o’simtalar va teshikdan iborat bo’lgan suyak shakliga ko’ra qanday guruhga kiradi

A) uzun g’ovak B) yassi C) kalta g’ovak D) g’alvirsimon


15.Ko’mik qismi g’ovak,o’rta qismi tig’iz moddadan iborat,ichi g’ovak bo’ladigan suyaklar guruhini aniqlang.

A) yelka bilak kurak o’mrov B) qovurg’a to’sh o’mrov

C) son boldir barmoq suyaklari D) tepa yuz kurak chanoq
16.Tayoqchasimon (1), kolbachasimon (2) hujayralarga xos bo’lgan fikrlarni toping.

a) zararlanishi natijasida daltonizm kelib chiqishi mumkin; b) aniq ko’rish markazi shu hujayralardan iborat; c) bu hujayralar ko’rish markazining chetlarida joylashadi; d) tungi ko’rish retsoptorlari hisoblanadi; e) hujayra-larning soni 6-7 mln bo’ladi; f) zararlanishi tufayli shabko’rlik kelib chiqishi mumkin.

A) 1-b,d,f; 2-a.c.e; B) 1-a.b.e; 2-d,c,f C) 1-c,d,f; 2-a,b,e; D) 1-a,c,e; 2-b,d,f
17.Yo’ldoshga tegishli bo’lmagan fikrlarni belgilang.

A) murtak parda vorsinkalari va bachadon devoir shilliq pardasining birga yopishib o’sishidan hosil boladi

B) ona va homila o’rtasida gaz va moddalar almashinib turadi

C) homilani shikastlanishdan asraydi

D) hosil bo’lishi bilan homila davri boshlanadi

18. Quyida keltirilgan javoblardagi qaysi suyaklarning yig‟indisi sog‟lom odam umurtqa pog‟onasining kifoz qismidagi umurtqalarining umumiy soniga teng?

A) soxta qovurg‟alar + yelka kamari suyaklari

B) chap qo‟ldagi uzun g‟ovaksuyaklar + chin qovurg‟alar

C) yassi tuzilgan yelka kamari suyaklari + ko‟krak qafasining kalta g‟ovak suyaklari

D) chap qo‟lning uzun naysimon suyaklari + chin qovurg‟alari


19. Ko’z soqqalari pardalari va ularga xos tuzilish belgilarini juftlab ko’rsating.

a) oqsil parda, b) tomirli parda, d) to’r parda, e) kamalak parda

1) qon tomirlari va pigmentli hujayralardan iborat, oldingi qismi kamalak pardani hosil qiladi; 2) yorug’likka sezgir kolbasimon va tayoqchasimon hujayralardan iborat; 3) oldingi qismi tiniq muguz qavatni hosil qiladi; 4) tomirli pardaning oldingi rangli qismi

A) a-1; b-3; d-2; e-4; B) a-2; b-4; d-1; e-3.

C) a-3; b-2; d-4; e-1. D) a-3; b-1; d-2; e-4
20.Induksion tormozlanishga mos ma’lumotni aniqlang.

A) nerv markazlari hujayralaridagi energiya arfi bilan bog’liq

B) notanish ta’sirlovchining nerv markaziga ta’sirida paydo bo’ladi;

C) shartsiz tormozlanish turiga mansub

D) bu tormozlanish to’qimalarni yemirilishdan saqlab qoladi
21..Muvozanatlashmagan,harakatchan (a) va muvozanatlashgan, kamharakat (b) tiplarni aniqlang.

A) a-xolerik; b-melanxolik; B) a-sangivinik; b-flegmatik

C) a-flegmatik; b-sangivinik; D) a-xolerik; b-flegmatik
22.Katta qon aylanish sistemasi uchun mos kelmaydigan to’g’ri javobni aniqlang.

1) chap bo’lmacha; 2) o’ng qorincha; 3) chap qorincha; 4) o’ng bo’lmacha; 5) o’pka arteriyasi; 6) o’pka venalari 7) kovak venalar; 8) aorta qon tomiri;

A) 1,4,8 B) 3,4,7 C) 1,2,5 D) 3,5,6
23.Ikki tavaqali klapan joylashgan yurak kameralariga tegishli ma ‘lumotlarni aniqlang.

1) kata qon aylanishda ishtirok etadi; 2) venoz qon qabul qiladi; 3) vena qon tomiri kiradi; 4) kichik qon aylanishda ishtirok etadi; 5) arterial qon qabul qiladi; 6) venoz qon chiqaradi; 7) arteriya qon tomiri orqali qon chiqadi;

A) 1,4,5 B) 2,3,6 C) 1,3,6 D) 2,4,7
24.Oraliq miya bilan mantiqiy bog’liq bo’lgan javobni aniqlang.

A) miya oyoqchalari, to’rt tepalikdan iborat;

B) ko’z soqqasi va yuz muskullarini harakatlantiruvchi markazlar mavjud;

C) kulrang moddasi ichki organlar ishini muvofiqlashtirib turadi;

D) shikastlansa ignaga ip o’tkaza olmaydi;
25.Nafas olishga xos fikrlarni aniqlang.

a) Nafas olishda tashqi qovurg’alararo muskul qisqaradi. b) Diafragma muskuli bo’shashadi.

c) qovurg’alar pastga tortililib diafragma qorin bo’shlig’iga osilib tushadi.

d) ichki qovurg’alararo muskul bo’shashib, ko’krak qafasi kengayadi. e) diafragma muskuli qisqaradi

A) a,e B) c,d C) a,b D)b,d

26. Nuqtalar o’rniga mos javobni tanlang.

Melatonin gormoni . . .

1) limfotsitlar hosil bo‟lishini kuchaytirib, immune sistema shakllanishiga ijobiy ta‟sir etadi; 2) jinsiy bezlar faoliyatini kuchaytiradi; 3) jinsiy bezlar funksiyasini pasaytirib, bolani vaqtidan oldin balog„atga yetishiga imkon bermaydi; 4) organizmda pigment almashinuviga ta‟sir ko„rsatadi; 5) gipofizning gonadotrop gormoniga ta‟sir etib, bolani vaqtidan oldin balog„atga yetishini sekinlashtiradi

A) 4, 5 B) 1, 3 C) 2, 5 D) 1, 4
27. Quyidagi qaysi belgilar С vitaminiga tegishli.

1) oqsillar va karbonsuvlar almashinuviga ta'sir qiladi; 2) organizmning o‘sishi va rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatadi; 3) kalsiy va fosfor almashinuvida ishtirok etadi; 4) o‘simliklarning yashil qismi, ayniqsa novdasida hamda ko‘katlarda mavjud; 5) yetishmasligi oqibatida singa kasalligi yuzaga keladi; 6) yetishmasligi oqibatida yosh bolalarda raxit kasalligi yuzaga keladi; 7) sabzavot va tuxum sarig‘ida mavjud

A) 1, 3, 6 B) 2, 3, 5, 7 C) 1, 3, 6 D) 1, 4, 5

28. U gazeta va jurnallar nomini hididan biladi, musiqa to’lqinlarini butun tanasi bilan eshitadi, hid bilish qobiliyati juda kuchayadi. Bu ma’lumot qaysi sezgi organi zararlangan odamga tegishli.

A. ko’r va kar B. faqat ko’r C. faqat kar D. bunday holat kuzatilmaydi
29.Siydik pufagiga xos xususiyatlar?

1. chanoq bo’shlig’ida joylashgan, 2. dumg’aza suyagi old qismida joylashgan, 3. shakli elipissimon, 4. shakli tuxumsimon, 5. cho’qqi , tana va tubi farqlanadi. 6. old, o’rta va tubi farqlanadi, 7. siydik yo’liga ochiladi, 8. buyrak jomiga ochiladi.

A. 1,4,5,7 B. 2,3,6,8 C. 3,5,7,1 D. 1,3,5,8

30. Sochning teri sirtiga chiqib turgan qismi (a), terida joylashgan qismi (b), soch ildizi joylashgan (c) qismlarni aniqlang.

A. a- soch o’qi, b- soch xaltasi, c- soch o’qi B. a-soch ildizi, b- soch o’qi, c- soch xaltasi

C. a- soch xaltasi, b-soch ildizi, c- soch o’qi D. a-soch o’qi, b- soch ildizi, c- soch xaltasi



O’qituvchi; Nurmatova Dilnoza Mustafaqulovna.
Download 21,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish