159
107-rasm. Ko‘krak qafasining shakllari.
a - keng va qisqa; b - tor va uzun.
Ko‘krakning shakllarini 2 turli guruhga ajratish mumkin:
Birinchi – keng va qisqa shakli – ko‘krak qafasi aylanasining kattaligi,
qovurg‘a ravoqlari hosil qilgan to‘sh osti burchagining kattaligi (120q dan yu-
qori), qovurg‘alarning
deyarli gorizontal joylashuvi, to‘sh suyagi va qovurg‘a ora-
liqlari-ning nisbatan keng bo‘lishi, ko‘krak qafasi yuqori aperturasi oldingi–orqa
o‘lchamining nisbatan kattaroq bo‘lishi bilan farqlanadi va ko‘proq braximorf
qomatli kishilarda uchraydi (107- rasm, a).
Ikkinchi – tor va uzun shaklida ko‘krak qafasi aylanasi va to‘sh osti burcha-
gi kichikroq (90-100q), qovurg‘alar qiyalab joylashgan, qovurg‘a oraliqlari va
to‘sh suyagining eni tor, to‘sh usti (bo‘yinturuq)
chuqurchasi yaqqol ifodalangan,
ko‘krak yuqori aperturasining oldingi–orqa o‘lchami nisbatan katta bo‘ladi.
Ko‘krakning bu shakli ko‘proq dolixomorf qomat tuzilishiga ega bo‘lgan odam-
larga xos bo‘ladi (107-rasm, b).
Ushbu aytib o‘tilgan 2 xil shakldan tashqari, ko‘krakning oraliq shakllari
ham uchraydi.
Ko‘krakning shakli qomat tuzilishidan tashqari, jinsga va yoshga ham bog‘liq
bo‘ladi. Ayollarda yaxshi rivojlangan sut bezlari borligi ko‘krakning yuqorigi yarmi
qiyofasini o‘zgartirib yuboradi; ularda muskullarning
erkaklarnikiga nisbatan
kuchsiz taraqqiy etganligi hamda teri osti qavatidagi yog‘ning mo‘lligi gavdaga
yumaloqlashgan ko‘rinish beradi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar ko‘kragining shakli asosi pastga qaragan kesik
konusga o‘xshaydi. Bunga sabab, ularning jigari katta, yelka kamari muskullari
esa zaif rivojlanganligidadir.
Yosh o‘tishi bilan ko‘krak
qafasi yassilashib, qovurg‘a–umurtqa hamda to‘sh
osti burchaklari kichiklashib boradi. Katta yoshdagi kishilarning ko‘kragi asosi
yuqoriga qaragan kesik konus shakliga ega bo‘ladi.
Keksa yoshdagilarda muskul va suyak tizimidagi, xususan, umurtqalararo
tog‘aylardagi atrofiya jarayonlari oqibatida orqa bo‘ylama o‘lchami (balandligi)
kamayadi, oldingi balandligi esa, qovurg‘alarning pastga egilishi natijasida biroz
160
kattalashadi. Bunda ko‘krakning shakli konus shaklini yo‘qotib, silindr shakliga
o‘tishi mumkin.
40 yoshdan o‘tgandan keyin qovurg‘a tog‘aylarining
qotishi oqibatida
ko‘krak qafasining nafas harakatlariga monand ekskursiyasi ham cheklanadi.
Qovurg‘alar qayishqoqligi kamayganligi sababli bu yoshdagilarda torakotomiya-
da ko‘krak qafasini ochish uchun qovurg‘ani rezeksiya qilish maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
Ko‘krak devori suyaklari (ayniqsa, umurtqa pog‘onasining) va muskullar-ning
kasalliklari yoki ko‘krak (qorin) bo‘shlig‘i a’zolarining patologik o‘zgarishi ko‘krak
shaklining o‘zgarishiga olib keladi (masalan, o‘pka emfizemasida – bochkasimon
ko‘krak, yurakning tug‘ma nuqsonida – “yurak o‘rkachi” shakllanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: