Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Simpatik nerv topografiyasi
Zamonaviy ma’lumotlarga ko‘ra, simpatik nerv poyasi bo‘yinda taxminan
2/3 hollarda to‘rtta (yuqori, o‘rta, oraliq va pastki), taxminan 1/3 hollarda esa
uchta tugundan iborat bo‘ladi, bunda yuqori va pastki tugunlar doimiy bo‘lib,
o‘rta va oraliq tugunlar doimiy emas.
Bo‘yin simpatik poyasi bosh va bo‘yinning uzun muskullari ustida, umurtqa
oldi fassiyasining orasida yoki orqasida joylashadi.
101-rasm. Bo‘yin simpatik
poyasining topografiyasi.
1–
gl
.
parotis
; 2–
v

jugularis
interna
;
3–
gl
.
submandibularis
;
4–
m

mylohyoideus
;
5–
m

hyoglossus
;
6–
n

hypoglossus
;
7–
n

laryngeus
superior
;
8–
a

lingualis
;
9–
m

thyreohyoideus
;
10–
a

carotis
externa
;
11–
a

carotis
interna
;
12–
a

thyreoidea
superior
;
13, 29–
m

omohyoides
;
14–
ramus
superior
ansae
cervicalis
;
15–
m

sternothyreoideus
; 16–
m

sternohyoideus
;
17–
ramus
inferior
ansae
c e r v i c a l i s
; 18–
g a n g l i o n
cervicale
medium
trunci
symphatici

a

thyreoidea
inferior
; 19–
ganglion
cervicale
intermedium

a

vertebralis
; 20–
m

longus
colli
; 21–
ganglion
stellatum
; 22–
ansa
subclavia

a

subclavia
; 24–
m

scalenus
anterior
;
25–
n

phrenicus
; 26–
a

transversa
colli
; 27–
n

subclavius
; 28–
plexus
brachialis
; 30–
m

trapezius
; 31–
m

scalenus
posterior
; 32–
m

scalenus
medius
; 33–
a

cervicalis
ascendens
; 34–
m

levator
scapulae
; 35–
ansa
cervicalis
; 36–
plexus
cervicalis
; 37–
ganglion
cervicale
superius
trunci
sympatici
; 38–
m

sternocleidomastoideus
.


151
Tugunlar va ular bilan bog‘langan tolalarning borligi simpatik poyani oson
topishga yordam beradi. Sayyor nervni simpatik nerv bilan chalkashtirmaslik uchun
shuni esda tutish kerakki, sayyor nerv umurtqa oldi fassiyasidan oldinda joylashadi
va erkin siljiydi.
Simpatik nervining yuqori bo‘yin tuguni, odatda, umurtqa oldi fassiyasidan
oldinda, sayyor nervning medial tomonida, II-III bo‘yin umurtqalarining
ko‘ndalang o‘siqlari ro‘parasida yotadi.
O‘rta tugun VI bo‘yin umurtqasi sathida yotadi va pastki qalqonsimon ar-
teriyaga yondoshib, ko‘pincha undan yuqorida joylashadi.
Oraliq tugun umurtqa arteriyasining oldingi-ichki yuzasida joylashadi. Un-
ing joyi VII bo‘yin umurtqasiga mos keladi. Tugun topografiyasining o‘ziga xos-
ligi shundaki, undan chiquvchi ikkita shox, umurtqa arteriyasini oldindan va
orqadan aylanib o‘tib oraliq tugunni pastki tugun bilan bog‘laydi, yana bir shoxi
ilmoq shaklida o‘mrov osti arteriyasini aylanib o‘tadi.
Simpatik nervning pastki bo‘yin tuguni, odatda, birinchi ko‘krak tuguni bi-
lan qo‘shilib yulduzsimon tugun (ganglion stellatum) hosil qiladi. Bu tugun tri-
gonum scalenovertebrale sohasida bo‘yinning uzun muskuli ustida yotadi (101-
rasm). Yulduzsimon tugunning skeletotopik holati VII bo‘yin umurtqasining
ko‘ndalang o‘sig‘iga va birinchi qovurg‘a boshchasiga mos keladi. Yulduzsimon
tugunning ko‘p qismini o‘mrov osti arteriyasi, uning yuqori qutbini esa umurtqa
arteriyasi qoplaydi. Tugunning pastki qismi plevra gumbaziga tegib turadi. Plevra
gumbaziga umurtqa oldi fastsiyasidan chiquvchi to‘siq birikkan bo‘lib, ular
lig.costopleurale va lig.vertebropleurale deb nomlanadi. Bular yulduzsimon tu-
gunni o‘mrov osti va umurtqa arteriyalaridan ajratib turadi.
Yulduzsimon tugun topografiyasining o‘ziga xosligi shundaki, undan yaxshi
rivojlangan umurtqa nervi chiqib, umurtqa arteriyasining orqa devorida joylashadi
va u bilan birga bo‘yin umurtqalari ko‘ndalang o‘simtalaridagi kanalga kiradi.
Simpatik nervning tugunlari bo‘yin nervlari bilan rami communicantes yor-
damida bog‘lanadi.
Simpatik nervning har bir tugunidan yurakka va bo‘yinning ichki a’zolariga
boruvchi nervlar hamda sayyor nervi bilan tutashtiruvchi shoxlar chiqadi: bo‘yin
simpatik poyasi bilan til-halqum va diafragma nervlari orasida doimiy bo‘lmagan
biriktiruvchi tolalar bo‘ladi; II-IV bo‘yin tugunlaridan o‘pkalarga tolalar boradi.
Yuqori tugundan yuqoriga, ichki uyqu arteriyasini va uning bosh ichidagi tarmoq-
larini kuzatib boruvchi n.caroticus ketadi.
Simpatik nervning bo‘yin qismi ko‘z olmasi (m.dilatator pupillae), qovoq
(mm.tarsales) va ko‘z kosasi (m.orbitalis) muskullarini innervatsiya qilishda ishtirok
etadi. Simpatik nervning yurak tolalari, asosan, o‘rta va oraliq tugunlardan chiqadi.
Bu tolalar bir-biri bilan ko‘p tarmoqli tolalar orqali bog‘lanadi va sayyor nervning
yurak tolalari bilan qo‘shilib yuza va chuqur yurak-aorta chigalini hosil qiladi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish