Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


Uyqu uchburchagining topografiyasi



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

149
Uyqu uchburchagining topografiyasi
Bu uchburchakning chegaralarini medial tomonda kurak-til osti muskuli-
ning yuqori qorinchasi, lateral tomonda – to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon muskuli,
yuqorida ikki qorinchali muskulning orqa qorinchasi hosil qiladi. Uyqu uchbur-
chagi qisman to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon sohasi, qisman til osti suyagi pastki
sohalaridan hosil bo‘ladi. Uyqu uchburchagi sohasidan o‘tuvchi tomir va nervlar
to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon muskulini tashqariga tortilganda ko‘rinadi.
Umumiy uyqu arteriyasi to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon muskuli bilan uchinchi
fastsiyaga o‘ralgan kurak-til osti muskulining yuqori qorinchasi orasidagi burchak
bissektrisasi bo‘ylab o‘tadi. Arteriyaning oldingi yuzasi bo‘ylab, uning g‘ilofi ustida,
qiyshiq yo‘nalishda I-III bo‘yin nervlari tolalaridan hosil bo‘lgan bo‘yin ilmoq nervi-
ning yuqori shoxi - ramus superior ansae cervicalis (r.dessendens n.hypoglossi BNA)
o‘tadi. Ramus superior til osti nervining yoyi bilan birlashadi, bu yoy tashqi hamda
ichki uyqu arteriyalarini oldindan kesib o‘tadi. Keyin m.digastricus va m.stylohyoideus
ostiga yo‘nalib jag‘ osti uchburchagi sohasiga boradi.
Qalqonsimon tog‘ayning yuqori qirrasi ro‘parasida a.carotis communis ikki
tarmoqqa bo‘linadi. Bu bo‘linishdan hosil bo‘lgan tomirlar shunday joylashadiki,
a.carotis externa chuqurda va tashqarida, a.carotis interna esa yuza va ichkarida
joylashadi. Umumiy uyqu arteriyasining bifurkatsiyasi har xil sathda bo‘lishi
mumkin va ko‘pincha yuqoriga siljigan bo‘ladi.
Bir tomirni ikkinchi tomirdan farqlashda shundan foydalanish mumkinki,
tashqi uyqu arteriyasi qator shoxlar bersa, ichki uyqu arteriyasi bo‘yinda, odatda,
tarmoq bermaydi. Tashqi uyqu arteriyasining birinchi tarmog‘i, medial va pastga,
qalqonsimon bezga yo‘naluvchi yuqori qalqonsimon arteriya hisoblanadi.
Yuqori qalqonsimon arteriyaning chiqish joyidan yuqorida tashqi uyqu ar-
teriyasini oldindan yuz venasining yirik poyasi yuqoridan pastga va ichkaridan
tashqariga kesib o‘tadi. Yuz venasiga quyiluvchi yuqori qalqonsimon vena va til
venasi ko‘p hollarda bir-biri bilan anastomozlashganligi sababli uyqu uchbur-
chagining yuqori bo‘limida tashqi uyqu arteriyasining boshlanish qismini qoplo-
vchi vena chigali hosil bo‘ladi.
Ichki va tashqi uyqu arteriyalaridan chuqurda qiyshiq-ko‘ndalang yo‘nalishda
yuqori hiqildoq nervi (nlaryngeus superior) o‘tadi (sayyor nervning tarmog‘i).
Tomirlar orqasida hiqildoqning konstriktoriga va m.cricothyreoideusga ramus ex-
ternus-ni berib, nerv (r.internus nomi bilan) oldinga yo‘naladi. Yuqori hiqildoq
arteriyasi (yuqori qalqonsimon arteriyaning tarmog‘i) bilan birga nerv til osti suya-
gi katta shoxlaridan pastda qalqon-til osti pardasini teshib kirib hiqildoqning shil-
liq qavatida tarqaladi.
Yuqori hiqildoq nerv poyasi yoki tashqi shoxi depressor nervining (n.depressor
cordis) hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Ichki uyqu arteriyasining ichki devori bo‘ylab
boruvchi depressor nervi arteriya g‘ilofi ichida bo‘yin simpatik nerv tolalari bilan
bog‘lanadi va yurak nerv chigalining hosil bo‘lishida ishtirok etadi.
Umumiy uyqu arteriyasidan tashqarida, bo‘yinning oldingi yuzasi yaqinida
ichki bo‘yinturuq venasi joylashgan bo‘lib, u uyqu uchburchagining yuqori bo‘limida
ichki uyqu arteriyasidan tashqarida joylashadi. Venaning skeletga nisbatan holati
bo‘yin umurtqalarining ko‘ndalang o‘siqlari bo‘ylab o‘tkazilgan chiziqqa mos keladi.
Umumiy uyqu arteriyasi hamda ichki bo‘yinturuq venasi orasida va bir oz
orqada sayyor nerv ichki uyqu arteriyasi va ichki bo‘yinturuq venasi orasida joy-


150
lashadi. Ichkaridan umumiy uyqu arteriyasiga, uyqu uchburchagi sohasida, qalqon-
simon bezning yuqori qutbi tegib turadi, bezning shu qismiga yuqori qalqonsi-
mon bez arteriyasi keladi, bezdan yuqorida esa halqum joylashgan.
Umumiy uyqu arteriyasining bifurkatsiya qismida karotid refleksogen soha
joylashadi. U shunga o‘xshash boshqa sohalar bilan birga qon aylanishini boshqa-
rishda katta ahamiyatga egadir. U uyqu koptokchasidan (glomus caroticum) ibo-
rat bo‘lib, ichki uyqu arteriyasining bo‘rtib chiqqan joyi (sinus caroticus) hisob-
lanadi, unga til-halqum, sayyor, simpatik nerv tolalari keladi.
Uyqu arteriyasi va beshinchi fassiyadan chuqurda simpatik nerv joylashadi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish