145
da to‘rtta bo‘lib, ular qalqonsimon bez qopchasidan tashqarida (qopcha bilan fas-
sial g‘ilof o‘rtasida), yon bo‘laklarning orqa yuzasida,
har ikki tomonda ikkitadan
bo‘ladi (98-rasm). Bunda yuqori bezchalar uzuksimon tog‘ayning pastki qirrasi
sathida yoki qalqonsimon bez yon bo‘laklarining yuqori va o‘rta qismlari
o‘rtasidagi chegarada, pastkilari – pastki qalqonsimon arteriya
bezga birinchi tar-
moqlarini bergan joyida yoki yon bo‘laklarning pastki qutbidan 1,5-2 sm yuqori-
da joylashadi.
Halqum
Halqum
(pharynx) boshning asosidan VI bo‘yin umurtqasigacha borib, o‘sha
joyda qizilo‘ngachga o‘tadi. Halqumning uchta bo‘limi farq qilinadi:
1)
epipharynx (burun-halqum) – yuqori bo‘lim – gumbazdan qattiq tanglaygacha;
2)
mesopharynx (og‘iz-halqum) – o‘rta bo‘lim –
qattiq tanglaydan til osti
suyagigacha;
3)
hypopharinx (halqumning hiqildoq qismi) – pastki bo‘lim – qizilo‘ngachga
o‘tish joyigacha.
Qisman burun-halqum hamda halqum og‘iz qismining devorlarida va qis-
man qo‘shni a’zolarda limfa to‘qimasi to‘plamlari bo‘lib, ularning yig‘indisi
Valdeyer halqum halqasi deb nomlanadi. Bunga ko‘p miqdordagi alohida joy-
lashgan follikulalardan tashqari: 1) tanglay ravoqchalari orasida joylashgan va
halqumning yuqori qisuvchi muskuliga tegib
turuvchi tanglay murtaklari; 2)
halqum orqa devori yuqori bo‘limining shilliq osti qavatida joylashgan halqum
bezi; 3) burun-halqum-ning yon devorlarida, Yevstaxiy naylari teshigi yaqinida
joylashgan
nay murtaklari; 4) til ildizidagi – til murtagi kiradi.
Halqumning yuqorigi ikki bo‘limi atrofida parafaringeal bo‘shliq joylasha-
98-rasm. Bo‘yinning qon tomir-
nerv tutami.
1–
n
.
glossopharyngeus
; 2–
n
.
vagus
;
3–
n
.
a c c e s s o r i e s
; 4–
m
.
pterygoideus
medialis
; 5, 21–
n
.
laryngeus
superior
; 6–
aditus
l a r y n g e s
; 7 , 1 6 –
a
.
c a r o t i s
communis
,
v
.
jugularis
interna
et
n
.
vagus
; 8–
glandula
thyreoidea
;
9, 15–
a
.
thyreoidea
inferior
; 10–
a
.
subclavia
dextra
et
n
.
laryngeus
inferior
; 11–
tr
.
brachiocephalicus
et
n
.
vagus
dexter
; 12–
v
.
cava
superior
; 13–
arcus
aortae
et
n
.
l a r y n g e u s
i n f e r i o r
; 14–
oesophagus
; 17 -
n
.
laryngeus
superior
et
a
.
laryngea
; 18–
n
.
hypoglossus
; 19–
v
.
facialis
; 20–
n
.
glossopharyngeus
.
146
di. Halqumning hiqildoq qismi orqasida umurtqa oldi fassiyasi bilan qoplangan
bo‘yinning uzun muskullari
va umurtqa tanalari joylashadi, oldinda – hiqildoq,
yon tomonlarida – qalqonsimon bezning yuqori qutbi va umumiy uyqu arteriy-
alari joylashadi (93-rasm).
Halqumning hiqildoq qismida, oldingi devorining yon devorga o‘tish joyi-
da, shilliq qavatda har ikki tomondan vertikal chuqurchalar – noksimon cho‘ntak
(recessus piriformis) bo‘lib, halqum dahlizining yon tomonlarida joylashadi. Yu-
qorida u
plica pharyngoepiglotticagacha boradi, uni
m.
stylopharyngeus hosil qila-
di. Bu burma ostida, noksimon cho‘ntakda, shilliq pardaning boshqa burmasi -
plica n.
laryngei bo‘lib, uni halqum shilliq pardasida
ramus internus n.
laryngei
superioris hosil qiladi.
Halqumni qon bilan ta’minlanishida
aa.
pharyngea ascendens,
palatina as-
cendens,
thyreoidea superior et inferior ishtirok etadi.
Halqumni sayyor, til-halqum va bo‘yin simpatik
nervlari shoxlaridan hosil
bo‘lgan halqum chigali innervatsiya qiladi (9/-rasm). Halqumdan limfa bo‘yinning
chuqur limfa tugunlariga (
v.
jugularis interna yo‘nalishi bo‘ylab) oqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: