N-XOLINORESEPTORLARGA TA’SIR ETUVChI DORI VOSITALAR
N-xolinoreseptorlar har-xil a’zolarda joylashgan (karotid koptokchasida, buyrak usti bezining
mag’iz qismida, gangliyalarda, skelet mushaklarida, MNS) va ularning kimyoviy birikmalariga
bo’lgan sezuvchanligi har-xil. Shuning uchun tibbiyot amaliyotida asosan gangliyalarga, nerv-mushak
sinapslarga va karotid koptokchasiga ta’sir etuvchi dorilar koproq ahamiyat kasb etadi.
N-xolinoreseptorlarga ta’sir etuvchi vositalar 2 guruhga bo’linadilar:
1.
N-xolinomimetiklar
2.
N-xolinolitiklar
N-xolinolitiklar o’z navbatida yana 2 guruhga bo’linadilar:
1.
Ganglioblokatorlar
2.
Miorelaksantlar.
N-XOLINOMIMETIKLAR
Bu guruh moddalari N-xolinoreseptorlarni bevosita qo’zg’atadilar. Bu guruh dorilar N-
xolinoreseptorlarga bo’lgan ta’siri ikki bosqichli bo’lib, avval qo’zg’atadilar, keyin esa qamallaydilar.
N-xolinomimetiklar guruhining boshida alkaloid-nikotin turadi. U tamaki bargida (Nicotina tabacum)
bor.
NIKOTIN
– zahar bo’lib, davo vositasi sifatida qo’llanilmaydi.
U teri va shilliq qavatlarda oson so’riladi. Nikotin faqat Nn-xolinoreseptorlarni tanlab qo’zg’atadi.
Nikotinga ayniqsa, gangliyalarda joylashgan xolinoreseptorlar sezgirdirlar. Bu qozg’alish postsinaptik
membranalarning depolyarizasiyasi bilan amalga oshadi. Qamallash esa asetilxolin bilan raqobat
qilganligidan kelib chiqadi. Nikotin AX-ning sintezi, ajralish va parchalanishiga ta’sir etmaydi. Buyrak
usti bezining xrommafin hujayralari xolinning qo’zgatuvchi ta’siriga sezgirdirlar. Shuning uchun
nikotinning kichik dozalari ham giperadrenlinemiya chaqiradi. Nikotin ta’siriga karotid koptokchalari
ham o’ta sezgir bo’lganligidan nafas va qon aylanish markazlari reflektor qozg’aladilar.
Gangliyaga ta’sir etuvchi dozalaridan anchagina katta miqdorda nikotin nerv-mushak
o’tkazuvchanligini avval oshiradi, so’ngra susaytiradi.
Nikotinning juda oz miqdorlari ham MNS dagi N-xolinoreseptorlarga ta’sir etadi.
Nikotinning rezorbtiv ta’sirida MNS tomonidan bo’ladigan o’zgarishlar asosiy o’rin egallaydi.
Doza oshirilsa bu o’zgarishlarga (periferik nerv sistemasi) gangliyaga bo’lgan ta’siri qo’shiladi va
asosan parasimpatik nervlarning qozg’alishida kuzatiladigan o’zgarishlar ro’y beradi: qorachiq
torayishi, so’lakay, ko’ngil aynash, qayt qilish…
Lekin shu bilan qatorda qon bosimi oshadi (simpatik gangliy, giper-adrenalinemiya va
vazopresinni gipofizning orqa qismida ajralishi, karotid koptokcha qozg’alishi, hamda nikotinning qon
tomir mushaklarini bevosita qisqartirishi tufayli) taxikardiya, ba’zan ekstrosistoliya, paroksizmal
taxikardiya rivojlanadi. Shuning uchun nikotin stenokardiyaning rivojlanishiga olib keladi.
Nikotinning qayta-qayta ta’siridan unga ko’nikish rivojlanadi, shuning uchun kashandalarda
nikotin bilan zaharlanish belgilari sezilmaydi. Lekin unga talab ortadi, xumor qilish bo’ladi va chekish
unga zaruriyat bo’lib qoladi. Hasharotlarning nerv sistemasining nikotin falajlagani uchun, uni qishloq
xo’jaligida insektisid sifatida ishlatiladi.
N-xolinomimetiklar ichida dori sifatida lobelin, stitizin va subexolin bilvosita nafas analeptiklari
sifatida qo’llaniladi.
LOBELIN
(
Lobelini hydrochloridum
) – Lobeliain flata o’simligidan olinadigan alkaloid.
Nikotinga o’xshab karotid koptokchasidagi reseptorlarga ta’sir etadi va reflektor yo’l bilan nafas
markazini va unga qo’shni markazlarni qo’zg’atadi. Simpatik gangliya va buyrak usti bezining miya
qismini qo’zq’atish hisobiga, qon bosimini oshiradi. Bu ta’sirot nafas markazini reflektor
qozg’aluvchanligi saqlangan holdagina amalga oshadi (ya’ni morfin, is-gazi bilan zaharlanganda) lekin
chuqur narkozda (hamma reflekslar so’ngan bo’ladi) bu preparat yordam bermaydi.
SITIZIN
(Cytisus Saburnum va Thermopsis lancoalata o’simliklaridan olinadi) – alkaloid. Nafasni
lobelinga qaraganda kuchliroq qo’zq’atadi. 0,15% eritma sititon nomi bilan ataladi (chiqariladi).
Ta’siri jihatidan lobelin singari N-xolinoreseptorlarni qo’zg’atadi. Sititon venaga yuboriladi. Ta’siri
qisqa. Ikkala dori ham qon bosimini oshishi zararli bo’lgan hollarda (ateroskleroz, o’pka shishi)
ishlatilmaydi. Ikkala preparat tamakiga qarshi (kashandalikka qarshi) qo’llaniladigan, «Tabeks»,
«Lobesil» tabletkasi tarkibiga kiradi.
Bular kabi ta’sir sintetik preparat subexolin (korkoniy) ga ham xos. Bu preparat ham reflektor yo’l
bilan nafas markazini qo’zg’atadi. Nafas analeptigidir. Lekin stititon va lobelindan farq qilib, MNS ga
kirmaydi, kam zaharli.
ANABAZIN
- insektisid sifatida qishloq xo’jaligida qo’llaniladi. Nikotinga o’xshaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |