164
pensorium mammae) nomini olgan. Kapsu-
ladan tashqariga, bezni qoplovchi teriga ham-
da ichkariga (chuqurga)
biriktiruvchi
to‘qimali to‘siqchalar boradi. Oxirgilari bez-
ning bo‘lakchalarini bir-biridan ajratib turadi.
Sut bezini fiksatsiya qilishda yuqori-
da aytib o‘tilgan fassial tuzilmalardan
tashqari uni o‘rab turuvchi yog‘ kletchat-
kasi ham muhim ahamiyatga ega.
Bezni ol-
dindan qoplovchi teri osti yog‘ kletchatka-
si ancha qalin bo‘lib, bez kapsulasining
orqasidagi yuza fassiya bilan katta ko‘krak
muskulini qoplovchi chuqur fastsiya orasi-
da joylashgan
kletchatka esa birmuncha
yupqa va g‘ovakdir. Retromammar
kletchatka nomini olgan bu qavat sut bez-
ining ko‘krak qafasiga nisbatan oson siljish-
ini ta’minlaydi. Sut bezi rakida o‘smaning
chuqurga o‘sib kirishi natijasida sut bezi-
ning siljishi cheklanib qolish mumkin (109-
rasmga qarang).
Retromammar kletchatkada ko‘pincha sinovial qopcha bo‘ladi.
Uning yi-
ringli yallig‘lanishi retromammar flegmonaga (109-rasm) sababchi bo‘ladi.
Sut bezi terisining markazida uning so‘rg‘ichi joylashgan. So‘rg‘ichning
to‘garagidagi teri ham jigarrang pigmentlangan bo‘lib, u so‘rg‘ich doirasi
(areola
mammae) deb ataladi. Uning terisidagi ko‘p sonli yog‘ va ter bezlari doira yuzasi-
ga g‘adir-budur ko‘rinish beradi. So‘rg‘ich doirasining ostida teri osti kletchatka-
si bo‘lmaganligi tufayli u kapsulaga bitishib ketgan.
Xuddi shu yerga sut bezi
bo‘lakchalarining yo‘llari keladi va ko‘pincha, so‘rg‘ichning asosida diametri 5-6
109-rasm. Sut bezlarida yiringli
jarayonning joylashish sxemasi.
1–
mastitis
anteglandularis
;
2–
mastitis
intraglandularis
;
3–
mastitis
retroglandularis
(retromammar mastit).
110-rasm. Sut bezining
tuzilishi.
1-
fascia
superficialis
;
2-g‘ovak biriktiruvchi
to‘qima;
3-yog‘
kletchatkasi;
4-
papilla
mammae
;
5-
ductus
lactiferi
;
6-bezsimon to‘qima;
7-
stroma
; 8-
p l e u r a
parietalis
;
9-
mm
.
intercostal
e
s
;
10 -
m
.
pectoralis
major
.
165
mm bo‘lgan ampula shaklidagi kengaymalar –
(sinus lactei) hosil qiladi (110-rasm).
Har bir shunday sinusga 2-3 ta yo‘l kelib quyiladi. Sinuslar yana torayib,
so‘rg‘ichning cho‘qqisiga 8-15 ta alohida-alohida teshiklar vositasida ochiladi. Ba’zan
bunday sinuslar bo‘lmasdan, har bir yo‘l so‘rg‘ichga alohida ochilishi ham mumkin.
So‘rg‘ichning konussimon, noksimon va silindrsimon shakllari farq qilinadi.
Bulardan tashqari ba’zan “yassi so‘rg‘ich” yoki “botiq so‘rg‘ich” shakllari ham
uchraydi. Bunday so‘rg‘ichlar konussimon shakldagi iemizishni qiyinlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: