Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

KO‘KRAKNING O‘RTA QATLAMI
Ko‘krak devoridagi turli sohalar o‘rta qatlamlarining tuzilishi bir-biridan
ancha farq qiladi, yuza va chuqur qatlamlarining tuzilishida esa keskin tafovut
bo‘lmaydi. Shu sababli har bir soha o‘rta qatlamining qavatma-qavat tuzilishini
alohida o‘rganish maqsadga muvofiqdir (108–rasm).
Ko‘krakning old-yuqori sohasi
Ch e g a r a l a r i: yuqorida – o‘mrov suyagi, pastda – katta ko‘krak muskuli
va V qovurg‘aning pastki qirg‘og‘i, medial tomonda – o‘rta qo‘ltiq chizig‘i va
uning deltasimon–ko‘krak egati bo‘ylab boruvchi davomi.
Mazkur sohaning o‘mrov suyagidan III qovurg‘agacha, ya’ni sut bezining
yuqorigi chegarasigacha bo‘lgan qismi yelka kamarining o‘mrov osti sohasiga
tegishli bo‘lib, uning tuzilishi tegishli II bobda bayon etilgan. Sohaning yuza qa-
vatini III qovurg‘adan pastda, asosan sut bezi egallaydi (ayollarda).
Ko‘krakning old-pastki sohasi
Ch e g a r a l a r i: yuqorida – V qovurg‘a va katta ko‘krak muskulining
pastki cheti, pastda - qovurg‘a ravog‘i, medial tomonda – to‘sh chizig‘i, lateral
tomonda – o‘rta qo‘ltiq chizig‘i.
Qorin devoriga chegaradosh bo‘lgan bu sohani qorin devoriga tenglashti-
rish mumkin, chunki qorin bo‘shlig‘idagi ko‘pgina a’zolarning aks-tasvirlari shu
sohada aniqlanadi. Bundan tashqari mazkur soha orqali ko‘krak bo‘shlig‘iga ochib
kiradigan, shuningdek, kombinatsiyalangan torakoabdominal kesim (qizilo‘ngach-
oshqozon anastomozlarida) o‘tkaziladi.
Sohani ko‘krakning xususiy fassiyasi – fascia pectoralis qoplaydi. Bu fassiya
medial tomonda qorin to‘g‘ri muskulining g‘ilofiga birikadi, pastda qorinning
xususiy fassiyasi ko‘rinishida davom etadi.
Xususiy fassiyaning ostidagi qavatda, lateral va yuqori tomonda oldingi tishli
muskul (m.serratus anterior), medial va pastda qorinning tashqi qiyshiq muskuli
(m.obliquus abdominis externus) joylashgan. Oldingi tishli muskulning yuqorigi
qovurg‘alardan boshlanuvchi tishlari ko‘krakning old-yuqori sohasida, katta va
kichik ko‘krak muskullarining ostida joylashgan. Muskulning ayrim tutamlari
(tishlari) bir-biridan kletchatka yordamida ajralib turadi va qon bilan boy
ta’minlangan. Shu sababli, bu muskulning pastki 4-5 tishidan tashqi bronx oqma-
larini berkitishda oyoqchali transplantant shaklida foydalanish mumkin. Oldingi
tishli va qorin tashqi qiyshiq muskullari tishlari pastki qovurg‘alarning tashqi yuza-
lariga o‘zaro ketma-ket birikkanligi natijasida ularning orasida yuqoridan pastga,
ichkaridan tashqariga yo‘nalgan pillapoya shaklidagi chiziq (Jerdi chizig‘i) hosil
bo‘ladi.


168
Qorinning tashqi qiyshiq muskuli pastga va medial tomonga yo‘nalib,
aponevrozga davom etadi. Bu aponevroz qorin to‘g‘ri muskuli g‘ilofining oldingi
devorini hosil qilishda qatnashadi.
Tashqi qiyshiq muskulning ostidagi qavatda qorinning to‘g‘ri muskuli joy-
lashgan; u pastki uchta qovurg‘aning tog‘aylari ustida yotadi va qoringa davom
etadi. Uning ostida kletchatka qatlami bor.
Oldingi tishli muskul fassiyasi bilan ko‘krak qafasini qoplovchi fastsiya orasi-
da ham kletchatka bo‘lib, u orqa tomonda kurak oldi bo‘shlig‘ining oldingi yorig‘i
kletchatkasiga davom etadi.
112-rasm. Ko‘krakning oldingi-yon devoridagi tomirlar va nervlarning
topografiyasi.
1–katta ko‘krak muskulining distal oxiri; 2–bilakning medial teri nervi; 3–
yelka ikki boshli muskuli kalta boshchasining payi; 4–oraliq nervi; 5–
tumshuqsimon-yelka muskuli; 6–deltasimon muskul; 7–
v

cephalica
; 8–
ko‘krakning tumshuqsimon o‘sig‘i; 9–yelka chigali; 10–
a

thoracoacromialis
;
11–qo‘ltiq osti arteriyasi; 12–qo‘ltiq osti venasi; 13–o‘mrov osti limfa
tugunlari; 14–o‘mrov osti muskuli; 15–qovurg‘alararo nervning oldingi teri
shoxlari; 16–kichik ko‘krak muskuli; 17–oldingi qovurg‘alararo parda
(boylamlar); 18–oldingi tishli muskul; 19–
v

thoracoepigastrica
; 20- ko‘krak
limfa tugunlari; 21–ko‘krakning lateral arteriyasi shoxi va ikkinchi ko‘krak-
qorin usti venasi; 22–
a

thoracica
lateralis

n

thoracicus
longus
; 23–
subpektoral limfa tugunlari; 24–
n

thoracodorsalis
; 25–orqaning serbar
muskuli; 26–
n

intercostobrachialis
.



Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish