Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Qon bilan ta’minlanishi. Sut bezi to‘qimasini, terisining medial qismini,
so‘rg‘ich hamda so‘rg‘ich doirasini ko‘krak ichi arteriyasining III-VI teshib
o‘tuvchi shoxlari – rr. rerforantes III-IV athoracicae internae hisobiga hosil
bo‘luvchi sut bezining ichki arteriyalari ta’minlaydi. Bezning lateral qismi terisi-
ni hamda qisman parenximasini ko‘krakning yon arteriyasidan chiquvchi bezning
tashqi arteriyalari ta’minlaydi; bu shoxlar 10 foiz hollarda so‘rg‘ich bilan are-
olani ham vaskulyarizatsiyalaydi. Shuning uchun ham, sut bezidagi turli plastik
operatsiyalarda, ayniqsa so‘rg‘ichni yangi joyga ko‘chirib o‘tkazishda, athorac-
ica lateralis va uning shoxlarini saqlab qolishga harakat qilish zarur.
Sut beziga yana qovurg‘alararo arteriyalarning III-VII oldingi va yon teshib o‘tuvchi
shoxlaridan, eng yuqorigi ko‘krak arteriyasidan ham tarmoqlar keladi (110-rasm).
Bezning chuqur venalari yuqorida aytib o‘tilgan arteriyalarni kuzatuvchi ve-
nalarga quyiladi. Yuza venalari esa chigal hosil qilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘ltiq
osti, yoki tashqi bo‘yinturuq venalariga quyiladi.
Limfa tizimi. Sut bezining limfa tizimi uning parenximasida joylashgan
chuqur limfa kapillyarlari to‘ri hamda teri ostida va teri ichida joylashgan yuza
limfa to‘rlaridan, shuningdek, olib ketuvchi limfa tomirlaridan va regionar limfa
tugunlari-dan iborat. Ayollarda ko‘p uchraydigan sut bezi rakida aksar aynan shu
limfa tomirlari orqali o‘sma hujayralarining metastazlanishi ro‘y beradi (111-rasm).
Yuza va chuqur limfa to‘rlari o‘zaro anastomozlashib, areola osti limfa to‘rini
hosil qiladi (sut bezi raki metastazida teridagi tomirlarning infiltratsiyasi natijasi-
da “teri yo‘lkalari” hosil bo‘ladi). Uning olib ketuvchi tomirlari, asosan, katta
ko‘krak muskulining qirg‘og‘i bo‘ylab, uning fassiyasi ichida yoki tashqarisida,
ko‘krakning yon arteriyasi bilan yonma-yon qo‘ltiq osti limfa tugunlariga boradi
(13, 111 va 112-rasmlar). Bu limfa tomirlari yo‘lida, oldingi tishli muskulning
uchinchi tishida joylashgan limfa tuguni (Zorgius tuguni – katta ko‘krak muskuli
qirg‘og‘i ostida, III qovurg‘a sathida joylashgan) birinchilardan bo‘lib metastazga
uchraydi.
Demak, olib ketuvchi asosiy limfa kollektori qo‘ltiq ostida joylashgan.
Bezning orqa yuzasidan chiquvchi 2-3 ta limfa tomiri katta ko‘krak muskuli
orqali o‘tgach, fascia clavipectoralisni teshib, o‘mrov osti venasi bo‘ylab joy-
lashgan o‘mrov osti limfa tugunlari (105-rasm) (lninfraclavicularis)ga (transpe-
ktoral yo‘l), undan o‘mrov usti Truaze limfa tugunlariga boradi. Bu tomirlar
ko‘pincha katta va kichik ko‘krak muskullari orasida joylashgan Rotter limfa tu-
gunlari (lnninterpectorales)ga, undan markaziy qo‘ltiq osti yoki o‘mrov osti tu-
gunlariga ham borishi mumkin (interpektoral yo‘l).
Limfaning bevosita o‘mrov ostiga oqishi qo‘shimcha yo‘l hisoblanadi.
O‘mrov osti tugunlari qo‘ltiq osti tugunlari bilan o‘zaro bog‘langan. Limfa o‘mrov
osti tugunlaridan o‘mrov usti va bo‘yin limfa tugunlariga, ulardan vena tomirlari-


166
ga quyiladi va shuning bilan olib ketuvchi tomirlar rak hujayralarining qon o‘zani
bo‘ylab tarqalib ketishini ta’minlaydi.
Sut bezining medil kvadrantlaridan limfaning to‘sh yon chizig‘i bo‘ylab I-V
qovurg‘a oraliqlarini teshib o‘tib, ko‘krak ichi arteriyasi bo‘ylab joylashgan to‘sh
atrofi limfa tugunlariga (lnninterpectoralessgll.sternales) quyiladi. Paraster-
nal tugunlarning olib ketuvchi tomirlari o‘mrov usti tugunlariga boradi. Ba’zan
limfa tomirlari parasternal tugunlarda to‘xtalmasdan yoki unda to‘xtalib, traxeo-
bronxial va peribronxial tugunlarga boradi.
Ko‘krak devori orqali o‘tuvchi qovurg‘alararo limfa tomirlari bo‘ylab limfa
plevraga, parasternal tugunlarga, orqa qovurg‘alararo va umurtqa atrofi tugun-
lariga oqadi. Umurtqa atrofi limfa tugunlari bevosita umurtqa tanalari atrofida
joylashgan bo‘lib, limfovenoz anastomozlarga ega; bundan tashqari ularning
tomirlari bevosita ko‘krak limfa yo‘liga quyilishi mumkin. Sut bezi rakida plevra,
o‘pka va umurtqalarning zararlanishini qovurg‘alararo limfa yo‘lining mavjudli-
gi bilan tushuntirish mumkin.
Bezning pastki-medial qismidagi limfa to‘ri epigastral sohadagi to‘r bilan
tutashgan. Bu tomirlar qorin to‘g‘ri muskuli g‘ilofining ikkala varag‘i orqali o‘tib,
qorinparda oldi kletchatkasi va jigarning toj boylamidagi limfa to‘riga quyiladi.
Asosiy limfa kollektori bo‘ylab limfa qarama-qarshi tomondagi qo‘ltiq osti
tugunlariga, ikkinchi sut beziga, yuqori va pastki qorin usti arteriyalari bo‘ylab
joylashgan limfa tomirlari orqali chov, qorinparda orti va qorin bo‘shlig‘idagi
limfa tugunlariga oqib boradi (111-rasm).
111-rasm. Sut bezidan
limfaning oqib ketish yo‘llari.
a: 1 - areola osti limfa chigali;
2-sut bezining yuza limfa
to‘rlari orasidagi anastomozlar;
3-qo‘ltiq osti limfa tugunlari
guruhi;
4-
lnn

paramammariae
;
5-
lnn

sternales
; 6-sut bezi limfa
to‘rining qorin osti limfa to‘riga
davom etishi; 7-oraliq limfa
tuguni;
b: 1 - bez parenximasining limfa
to‘ri; 2-areola osti limfa chigali;
3-qo‘ltiq osti limfa tugunlari
guruhi;
4-
lnn

sternales
;
5-
lnn

subclaviculares
;
6-sut bezining yuza limfa
to‘rlari orasidagi anastomozlar.


167
Innervatsiyasi II-VII qovurg‘alararo nervlarning lateral shoxlari va bo‘yin
chigali shoxlari hisobiga amalga oshiriladi.
Erkaklar sut bezi taraqqiy etmagan, uning kattalashuvi ginekomatsiya deb
yuritiladi. Ba’zan polimatsiya, ya’ni qo‘shimcha sut bezlarining bo‘lishi kuzati-
ladi; ular qo‘ltiq ostida, ko‘krakning oldingi devorida, chov, son sohalarida joy-
lashishi mumkin. Qo‘shimcha so‘rg‘ichlar bo‘lishini politeliya deyiladi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish