Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Ko‘krakning orqa-pastki sohasi
C h e g a r a l a r i : yuqorida – kurak suyagining pastki burchagi orqali
o‘tkazilgan ko‘ndalang chiziq, pastda – XII qovurg‘a bo‘ylab oldinga XI va X
qovurg‘alarning oldingi uchlariga o‘tkazilgan chiziq, medial – umurtqa chizig‘i,
lateral – o‘rta qo‘ltiq osti chizig‘i.
Xususiy fassiyaning yuza varag‘i yuza qavatdagi orqaning serbar muskulini
o‘raydi, chuqur varag‘i uning ostidagi oldingi tishli va orqa-pastki tishli musk-
ullarga g‘ilof hosil qiladi. Yuza va chuqur fassiya varaqlari orasida hamda oldingi
tishli muskul bilan ko‘krak qafasi o‘rtasida kletchatka qavati bor.
Ko‘krakning orqa-o‘rta (umurtqa) sohasi
C h e g a r a l a r i : yuqorida - VII bo‘yin umurtqasining, pastda XII ko‘krak
umurtqasining o‘tkir qirrali o‘sig‘i orqali o‘tkazilgan ko‘ndalang chiziqlar, yon
tomonlardan - umurtqa chiziqlari.
Umurtqa sohasi ensiz bo‘lishiga qaramasdan unga umurtqa pog‘onasining
ko‘krak bo‘limi va orqa ko‘ks oralig‘i a’zolari akslanadi, shuningdek, bu tuzilma-
larga operativ ochib kirish uchun kesimlar o‘tkaziladi.
Xususiy fassiyaning yuza varag‘i barcha bo‘yin va ko‘krak umurtqalarining
o‘tkir o‘siqlaridan boshlanuvchi trapetsiyasimon muskulga hamda pastki ko‘krak
va bel umurtqalari o‘tkir o‘siqlari bilan pastki qovurg‘alardan boshlanuvchi orqan-
ing serbar muskuliga g‘ilof hosil qiladi. Bu varaq, shuningdek, bo‘yin va ko‘krak
umurtqalarining o‘tkir o‘siqlaridan boshlanuvchi, trapetsiyasimon muskul ostida
yotuvchi rombsimon muskullarni ham qoplaydi.
Chuqur varaq ko‘krak orqa fassiyasi (fascia thoracodorsalis) nomini olgan. Bu
fassiya yaxlit va qalin, aponevroz ko‘rinishidagi varaqdan iborat bo‘lib, medial to-
monda umurtqalarning o‘tkir qirrali o‘siqlariga, lateral tomonda qovurg‘alarning bur-
chaklariga birikib, umurtqalarning o‘tkir qirrali o‘siqlari, yoylari, ko‘ndalang o‘siqlari
va qovurg‘a burchaklaridan hosil bo‘lgan suyak tarnovini (arig‘ini) ko‘prik shaklida
bekitadi. Natijada, orqa o‘rta chiziqning ikkala yon tomonida umurtqa pog‘onasi bo‘ylab


171
uzunasiga ketgan ikkita suyak-fibroz kanallari hosil bo‘ladi (114-rasm).
Ko‘krak orqa fassiyasi lateral tomonda yupqalashib, ko‘krak qafasidagi qovurg‘alar
va tashqi qovurg‘alararo muskullarni qoplaydi; pastga (ya’ni belga) esa ko‘krak-bel fassi-
yasi ko‘rinishida yuza va chuqur varaqlarga ajralgan holda davom etadi.
Umurtqaning yon suyak-fibroz kanallari ichida orqaning chuqur muskullari
3 qavat bo‘lib joylashgan (114-rasm).
Birinchi (yuza) qavatda bosh va bo‘yinning tasmasimon muskullari (yuqori-
da) hamda umurtqa pog‘onasini to‘g‘rilovchi muskul (merector spinae) joylash-
gan. Oxirgi muskul juda kuchli taraqqiy etgan bo‘lib 3 ta porsiyaga: lateral to-
mondagi yonbosh-qovurg‘a muskuli (miliocostalis), oraliqdagi - uzun muskul
(m.longissimus) va medial tomondagi - qirrali muskul (mspinalis)ga ajralgan.
Ikkinchi, o‘rta qavatda ko‘ndalang–qirrali muskul (mtransversospinalis),
chuqur qavatda esa kalta qirralararo, ko‘ndalang o‘siqaro muskullar joylashgan.
Ushbu qavatlarni bir-biridan umurtqa yoni kanali ichidagi kletchatka qat-
lamlari ajratib turadi.
Kanalning ichida qovurg‘alararo arteriyalarning orqa shoxlari (rrposteriores
aaintercostales), ko‘krak orqa-miya nervlarining orqa shoxlari tarmoqlanadi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish