- MAVZU; QUSHLAR XILMA XILLIGI TABIATDAGI VA INSONLAR HAYOTIDA TUTGAN O’RNI
Qushlar tanasi pat va parlar bilan qoplangan hamda oldingi oyoqlari qanotga aylangan, issiqonli, umurtqali hayvonlardir. Qushlar Arktikadan Antartida qirg’oqlarigacha bo’lgan hamma joyda tarqalgan. Ba’zi qushlar o’troq, ko’pchiligi yashash muhitining o’zgarishi(qish boshlanishi, qurg’oqchilik, oziq-ovqat kamayishi) va boshqa omillar ta’sirida yashash joyini o’zgartirib turadi. Qushlarning jag’ suyaklari tishsiz bo’lib, tumshuqni hosil qiluvchi shox g’ilofga o’ralgan bo’ladi. Tumshuqning shakli va katta-kichikligi ovqatlanishga va uni topish usuliga bog’liq ravishda bo’ladi. Qushlar hayotida ovozning ahamiyati juda katta, ular mayl bildirib qichqiradi, tahdid yoki tashvish bildirib, boshqa qushlarni ogohlantiruvchi tovushlar chiqaradi. Juftlanish davrida esa boshqa jinsdagilarini qo’shilishga chaqiradi. Qushlarning ko’zlari birmuncha katta bo’lib, uzoq va yaqinni ko’ra oladi. - Qushlar tanasi pat va parlar bilan qoplangan hamda oldingi oyoqlari qanotga aylangan, issiqonli, umurtqali hayvonlardir. Qushlar Arktikadan Antartida qirg’oqlarigacha bo’lgan hamma joyda tarqalgan. Ba’zi qushlar o’troq, ko’pchiligi yashash muhitining o’zgarishi(qish boshlanishi, qurg’oqchilik, oziq-ovqat kamayishi) va boshqa omillar ta’sirida yashash joyini o’zgartirib turadi. Qushlarning jag’ suyaklari tishsiz bo’lib, tumshuqni hosil qiluvchi shox g’ilofga o’ralgan bo’ladi. Tumshuqning shakli va katta-kichikligi ovqatlanishga va uni topish usuliga bog’liq ravishda bo’ladi. Qushlar hayotida ovozning ahamiyati juda katta, ular mayl bildirib qichqiradi, tahdid yoki tashvish bildirib, boshqa qushlarni ogohlantiruvchi tovushlar chiqaradi. Juftlanish davrida esa boshqa jinsdagilarini qo’shilishga chaqiradi. Qushlarning ko’zlari birmuncha katta bo’lib, uzoq va yaqinni ko’ra oladi.
Boyo’g’lilar-yapolloqqushlar oilasiga mansub yirtqich qush. Yevropa, Osiyo, Amerika va Afrikada tarqalgan. O’zbekistonda uy boyo’g’lisi uchraydi. Oyoqlari kuchli va paxmoq, tumshug’I qayrilgan, pati mayin, o’ljasini tovushsiz uchib kelib tutib oladi, ko’zlari o’tkir. Bahorda kechalari, ba’zan kunduzi ham sayraydi. Ovozi yig’lagan bolaning tovushiga o’xshaydi. Boyo’g’li mayda kemiruvchilar, kaltakesaklar, hashorotlar va mayda qushlar bilan ovqatlanadi, zararkunanda kemiruvchilarni qirib, xo’jalikka foyda keltiradi. - Boyo’g’lilar-yapolloqqushlar oilasiga mansub yirtqich qush. Yevropa, Osiyo, Amerika va Afrikada tarqalgan. O’zbekistonda uy boyo’g’lisi uchraydi. Oyoqlari kuchli va paxmoq, tumshug’I qayrilgan, pati mayin, o’ljasini tovushsiz uchib kelib tutib oladi, ko’zlari o’tkir. Bahorda kechalari, ba’zan kunduzi ham sayraydi. Ovozi yig’lagan bolaning tovushiga o’xshaydi. Boyo’g’li mayda kemiruvchilar, kaltakesaklar, hashorotlar va mayda qushlar bilan ovqatlanadi, zararkunanda kemiruvchilarni qirib, xo’jalikka foyda keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |