Bog'liq QIZILO’NGACH, QORIN BO’SHLIG’I A’ZOLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
QIZILO’NGACH, QORIN BO’SHLIG’I A’ZOLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT. ME’DA
tayyorladi: karimov diyorbek
QIZILO’GACH
Qizilo‘ngach (oesophagus) oldindan orqaga biroz yassilangan nay bo‘lib, ovqat luqmasini halqumdan me’daga o‘tkazib beradi. Uning uzunligi 25—30 sm. Qizilo‘ngach VI—VII bo‘yin umurtqalari sohasidan boshlanib, X—XI ko‘krak umurtqalarining chap tomonida me’daning kirish qismiga o‘tib ketadi. Unda uch: bo‘yin, ko‘krak va qorin qismlari tafovut qilinadi.
Qizilo‘ngachning bo'yin qismi (partes cervicalis) VII bo‘yin umurtqasi sohasiga to‘g‘ri keladi. Uning old tomonida kekirdak, orqasida umurtqa pog‘onasi, yon tomonlarida esa orqaga qaytuvchi hiqildoq nervi va umumiy uyqu arteriyasi joylashgan.
Qizilo’ngachning ko‘krak qismi (partes thoracica) eng uzun qismi bo‘lib, orqa ko‘ks oralig‘ida umurtqa pog‘onasining oldida joylashgan.
U IX ko‘krak umurtqasi sohasida biroz chapga va oldinga yo‘nalib, umurtqa pog‘onasidan uzoqlashadi. Uning ko‘krak qismining old tomonida IV ko‘krak umurtqasigacha bo‘lgan sohada kekirdak joylashsa; IV ko‘krak umurtqasi sohasida aorta ravog‘i, IV—V ko‘krak umurtqasi sohasida esa chap bosh bronx kesib o‘tadi. Qizilo‘ngach ko‘krak qismining pastki bo‘lagi oldingi yuzasida chap, orqa yuzasida esa o‘ng adashgan nerv joylashadi.
Qizilo‘ngach ko‘krak qismining pastki bo‘lagi oldingi yuzasida chap, orqa yuzasida esa o‘ng adashgan nerv joylashadi.
Qizilo‘ngachning qorin qismi (partes abdominalis) 1—3 sm bo‘lib, jigar chap bo‘lagining orqa yuzasiga tegib turadi.
Qizilo‘ngachning uchta anatomik toraymasi bo‘lib, ulaming birinchisi VI—VII bo‘yin umurtqasi sohasida halqumning qizilo‘ngachga o‘tish joyida (constrictio pharyngoesophagealis), ikkinchisi IV—V ko‘krak umurtqasi sohasida, qizilo‘ngachning chap bosh bronx bilan kesishgan joyida bronxial torayma (constrictio bronchialis), uchlnchisi qizilo'ngachning diafragmadan o‘tgan joyida diafragmal torayma (constrictio phrenica).
Bundan tashqari, qizilo‘ngachda ikkita fiziologik torayma ham bor: 1. Aortal torayma qizilo'ngachning aorta bilan kesishgan joyida. 2. Kardial torayma qizilo‘gachning me'daga o‘tish joyida.
Qizilo'ngachning devori quyidagi qavatlardan iborat:
Shilliq qavat (tunica mucosa) nisbatan qalin bo‘lib, unda yaxshi bilingan mushak qatlami bor. U icliki tomondan ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan. Shilliq pardada bo'ylama burmalar, a’zo bo‘shlig‘iga ochiladigan qizilo‘ngachning shilliq ishlab chiqaruvchi bezlari (glandulae oesopbageae) va yakka-yakka limfoid tugunchalari bor.
Shilliq osti qavat (tela submucosa) yaxshi rivojlangan bo'lgani uchun shilliq qavatda bo‘ylama burm alar hosil qiladi va qizilo‘ngachning ko‘ndalang kesmasida uning bo‘shIig‘i yulduzsimon shaklda ko‘rinadi. Bo'ylama burmalar ovqat luqmasi o‘tgan vaqtda tekislanib, qizilo‘ngach bo‘shlig‘i kengayadi.
Mushak qavat (tunica muscularis) ikki: tashqi bo'ylama va ichki aylanma qavatdan tashkil topgan. Qizilo‘ngachning yuqori qismida mushak qavati ko'ndalang-targ‘il mushaklardan iborat bo‘lib.