Mustaqil ishi tayyorladi: G’anijonov Diyorbek Tekshirdi: Mirzabekova Feruza mavzu: sezgi organlari reja



Download 56,81 Kb.
bet1/4
Sana23.06.2023
Hajmi56,81 Kb.
#953125
  1   2   3   4
Bog'liq
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA TALIM


ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA TALIM YO’NALISHI 105-GURUH TALABASI DIYORBEK G’ANIJONOVNING ODAM ANATOMIYASI FANIDAN
MUSTAQIL ISHI




Tayyorladi:G’anijonov Diyorbek
Tekshirdi:Mirzabekova Feruza ______
MAVZU: SEZGI ORGANLARI


REJA:

  1. Sezgi organlari haqida umumiy malumot

  2. Sezgi organlarining embrional taraqqiyoti

  3. Ko’rish analizatorlari haqida umumiy ma’lumot

  4. Teri sezgi organlarining tuzilishi retseptorlar

  5. Hid bilish analizatori

Odamlarning kundalik hayotida tashqi va ichki muhitdan tinmay kelib turadigan taʼsirotlarni idrok etib, analiz (tahlil) qila- digan murakkab nerv mexanizmlaridan iborat anatomik-fiziolo- gik tizimlar analizatorlar deb nom olgan. Analizatorlar kat- ta yarimsharlari poʻstlogʻida joylashib, barcha sezgi aʼzolari bi- lan markazga intiluvchi sezgi nerv tizimi bilan aloqada boʻladi. Analizatorlarning periferik uchlariga retseptorlar deyiladi. Har xil taʼsirotlarni (teri, quloq, koʻz, taʼm, hid bilish) tashqaridan qabul qiladigan retseptorlar ekstroretseptorlar deb ataladi. Ichki aʼzolardan keluvchi taʼsirlar introretseptorlar to- monidan qabul qilinib, uzatib beriladi. Bu aʼzolar vegetativ nerv tizimi orqali innervatsiya qilinadi. Skelet muskullari, pay va boʻgʻimlarning yuzasidagi muskullar qisqarganda yoki taranglashib boʻshashganida sezib beradigan retseptorlarga proprioretseptorlar deyiladi.(Э.К.Қодиров 2003)


Sezgi a’zolari — organizmni tashqi m uhit bilan bog’laydigan a'zolardir.
Ta'sir quyidagi yo'llar bilan qabul etiladi: teri sezgisi, hid biluv y o lla ri, ta’m biluv yo‘llari, k o ‘ruv a’zolari. eshituv a ’zolari.
H a r bir sezgi a’zosi 3 bo‘lim dan iborat bo'ladi:
1) retseptor— tashqi ta ’sirotlarni qabul qiluvchi nerv tolalari;
2) oraliq nerv tolalari (k o n d u k to r) — ta 'sir k o ‘zg‘alishini m arkazdagi
o'zaklarga uzatuvchi yo'llar;
3) analizatorlar va ularning bosh miya po'stlog'idagi markazlari.(F.N.Baxodirov 2005).
Sezgi a’zolari organizm ning tashqi m uhit bilan aloqasini bog‘lovchi
m urakkab tuzilishga ega hosilalardir. U lar tashqi ta ’sir energiyasini qabul
qilib, uni nerv impulsiga aylantirib, miyaga yetkazib beruvchi anatom ik
tuzilm alardan iborat. Sezgi a ’zolariga tushayotgan tashqi m uhitning turli
ta ’siri natijasi miya yarim sharlari po‘stlog‘i ishtirokida dunyoni sezishning
turli: sezish, qabul qilish va faraz qilish shakllarida paydo bo‘ladi. H ar turU
tashqi ta ’sir teri, ko‘rish, eshitish, hidlov va tam bilish a ’zolari bilan qabul
qilinadi. Sezgi a’zolari vositasida odam tashqi muhitni sezadi, unga moslashadi
va uning ta ’siriga m a’lum bir harakat bilan javob beradi. B a’zi b ir tashqi
ta ’sir buyum ga bevosita tekkan vaqtda seziladi (kontakt sezgi): bunga teri
sezgisi (og‘riq, harorat), tilning shilliq pardasidagi so‘rg‘ichlar ovqatni
m azasini bilishi misol bo‘ladi. Boshqa bir ta ’sirlar uzoqdan seziladi (distant
sezgi): ko‘rish a ’zosi nu m i, eshitish a’zosi tovushni, hidlov a ’zosi turli
hidlam i. Sezgi a ’zolari faqat tashqi ta ’sirlam i qabul qiladi. Bu ta ’sirlam ing
tahlili esa bosh miya po‘stlog‘ida b o ‘lib, bu yerga ta ’sirot nervlar orqali
boradi. T a’sirlami qabul qilish, o ‘tkazish va tahlil qilishda ishtirok etadigan
elem entlar yig‘indisini sezgi a’zolarini I.P. Pavlov analizator deb ataydi.
Analizator tashqi muhitning murakkab ta’sirini alohida elementlarga ajratadi.
A nalizator uch qism dan iborat:
1. Periferik qism - retseptor, kimyoviy va
fizik ta’sir energiyasini qabul qilib, nerv qo‘zg‘alishiga aylantirib beradi.
2. 0’tkazuvchi qism - konduktor, qo‘zg‘alishni retseptordan p o ‘stloq osti
markazlari, keyin esa yarimsharlar po‘stlog‘iga o ‘tkazadi.
3. Analizatom ing po‘sdoq markazida kelayotgan qo‘zg‘alishlar tahlil qilinadi va boshqa markazlar
bilan aloqalar paydo bo‘ladi. M arkaz qancha yuqori joylashsa, qo‘zg‘alishlar
shuncha nozik tahlil qilinib m a’lum bir sezgi paydo bo‘ladi.
Sezgilar ikki guruhga b o ‘linadi:
1. A trof m uhitdagi hodisalar va
predm etlam ing xususiyatlarini sezish (og‘riq, bosim va harorat sezgisi,
eshitish, ko'rish, tam bilish, hid bilish sezgisi).
2. Tananing ayrim qismlari
harakati va ichki a’zolar holatini sezish (harakat sezgisi, tana m uvozanati
sezgisi, a’zolar va to ‘qim alar sezgisi). Shularga asosan sezgi a ’zolari ikki
guruhga bo‘linadi.
1. Tashqi sezgi a’zolari impulsni ekstraretseptorlardan qabul qiladi. U lar
beshta: teri sezgisi, eshitish, ko‘rish, ta’m bilish va hid bilish a ’zolari.
2. Ichki sezgi a’zolari: a) impulslami propriotseptiv sohadan: mushaklar,
bo‘g‘im lar va m uvozanat a ’zosi (ichki quloq) propriotseptoriaridan qabul
q ilu v ch i.
b) Intratseptiv soha ichki a’zolar va qon tomirlardagi interoretseptorlardan qabul qiladi. Ichki a’zolardan keluvchi impulslar m o’tadil
holatda sezilmaydi. U lar m a’lum bir kasalliklarda og‘riq shaklida bilinadi.(A.G’.Axmedov 2007).
Sezgi a’zolari (analizatorlar yoki sensor tizimlar) uzoq vaqt davom
etgan tarixiy rivojlanish jarayonida shakllanib, murakkablashib, ta’sirotning
alohida turlariga moslashib borgan. Evolutsiya davomida odam va hayvonlar
organizmida sezuvchi hujayralar-retseptorlaming maxsuslashgan to‘plamlari
hosil bo‘lgan.
I.M.Sechenov harakat analizatorini o ‘rganib, sezish retseptorlari bilan
harakat retseptorlari bir-biriga bog‘liqligini aniqlagan. Uning fikricha,
odamning sezgi a’zolari hayvonlar sezgi a’zolaridan tubdan farq qiladi.
Keyinchalik l.P.Pavlov analizatorlaming morfofunksional tuzilishini
o ‘rganib chiqdi. Uning fikricha, ta’sirlovchilar ta'sirini qabul qilishda va
asab impulslarini o ‘tkazishda qatnashadigan neyronlaming butun
majmuasini, shuningdek bosh miya po‘stlog4ining sensor (sezuvchi)
neyronlarini yagona tizim hisoblab, ularni “analizator” deb nomlash
mumkin.
Ma’lumki, asab oxirlari-retseptorlarning ta’sirlanishiga javoban albatta
asab tizimining ishtiroki bilan organizmda ro‘y beradigan rcaksiyalar refleks
deb ataladi. Turli retseptorlar tuzilmasi va funksiyalari bilan bir-biridan farq
qiladi. ulardan bir qismi muayyan ta’sirotlarni sezishga maxsus moslashgan
a’zolarda, masalan, ko‘zda, quloqda b o ‘ladi. Ko‘ruv retseptorlari ko‘zning
to‘r pardasida bo‘lib, ko‘zning optik tizimi yorug‘lik nurlarini to‘r pardasida
fokuslaydi. Quloq tovush tebranishlarini eshituv retseptorlariga o ‘tkazadi.
Turli retseptorlar o ‘zlari uchun adekvat bo‘lgan ta’sirlovchilar ta’sirini
sezishga moslashgan.
Retseptorlarning quyidagi turlari bor: mexanoretseptorlar-tegishni
sezadigan taktil retseptorlar, cho‘zilish va bosilishni sezadiganpressoretseptorlar va baroretseptorlar; tovush tebranishlarini sezadiganfonoretseptorlar yoki vestbuloretseptorlar; xemoreretseptorlar-muayyan
kimyoviy birikmalaming ko‘rsatadigan ta’sirini sezadi; fotoretseptorlaryorug4lik ta’sirini sezadi; osmoretseptorlar-osmotik bosimning o ‘zgarishini
sezadi. Retseptorlar analizatoming periferik (atrofdagi) qismidir. Afferent
neyronlar va o ‘tkazuvchi y o ‘llar analizatoming markaziy oxirlari
hisoblanadi. Morfologik tafovut va fiziologik ixtisoslashganligi jihatdan farq
qiladigan ko‘pgina retseptor apparatlar bor. Retseptorlaming morfofiziologik tafovutiga va retseptorlardan ko‘pchiligining ixtisoslashgan ko‘p
hujayrali a'zolar-resepsiya a'zolarida ekanligida namoyon bo‘ladi. Resepsiya
a'zolari ta’sirotlarni retseptor hujayralariga yoki asb oxirlariga o ‘tkazishga
moslashgandir. Retseptorlarning ixtisoslashaganligi shunda ko rinadiki,
birinchidan, ular ta\sirotlarning muayyan turi yorug‘lik, tovush, kim yoviy,
mexanik, issiq, sovuq va shunga o ‘xshash ta’sirotlarni qabul qilishga
moslashgan, ikkinchidan, ular juda yuksak darajada qo‘zg ‘aluvchan bo‘ladi,
ya’ni minimal miqdordagi tashqi ta’sirot energiyasi bilan qo‘zg ‘ala oladi.
Retseptorlar ichki va tashqi retseptorlar dcb ikkita katta guruhga
bo‘linadi. Ichki retseptorlar-interoretscptorlar-yuboradigan impulslar ichki
a’zolaming holati haqida (visseroretseptorlar) va tana hamda undagi ayrim
qismlarning fazodagi vaziyati, harakati to‘g ‘risida (vestibuloretseptorlar va
proprioretseptorlar) xabar berib turadi. Tashqi retseptorlareksteroretseptorlar-tashqi olamdagi narsa va hodisalarning xossalari,
ularning organizmga ta’siri to‘g ‘risida signal berib turadi.
Ba’zi retseptorlar organizmdan ancha olisdagi narsalardan keluvchi
ta’sirotlarni qabul qila oladi. Bunday rctseptorlar distant (masofadagi)
retseptorlar deb ataladi. Ularga ko‘ruv, eshituv, hid biluv retseptorlari kiradi.
B oshqa kontakt (teguvchi) retseptorky* faqat bevosita o ‘ziga tegib turgan,
ya’ni retseptor tizimi yaqin yotgan narsalardan kciuvchi ta’sirotIarni qabul
qila oladi.
Shunday qilib, retseptorlar-analizatoming periferik bo‘limi hisoblanadi.
Afferent (sezuvchi) neyronlar va o ‘tkazuvchi y o ‘llar analizatoming
o‘tkazuvchi boMimini tashkil ctadi. Bosh miya po‘stlog‘ining retseptorlardan
qo‘zg‘alishni qabul qiladigan qismlari analizatoming markaziy oxirlari deb
ataladi.
Analizatorning pcriferik bo‘limi (retseptor) maxsus asab tuzilmasi
bo‘lib, tananing turli qismlarida (teri, pay, ko‘z, quloq, burun, til,ichki
a’zolar, qon tomirlari va hokazo) joylashgan. Retseptorlarning soni juda
ko‘p, masalan, terining lsm 2 sathida 200-400 tagacha, butun sathida esa 8
mln ga yaqin retseptor bor. Barcha *chki a’zolarida taxminan 1 mlrd ga
yaqin retseptor mavjud. Tashqi va ichki muhitda paydo b olgan axborot
retseptorlar orqali qabul qilinadi.
Analizatorlarning o ‘tkazuvchi qismi-bu sensor (sezuvchi) asab tolasidan
iborat bo‘lib, u retscptordan ta’sirotni qabul qilib bosh miya po‘stlog‘ining
proyeksion mintaqasiga yetkazadi.
Analizatoming markaziy (po‘stloqdagi) qismi bosh miya po‘stlog‘ining
turli sohalarida joylashgan va sezuvchi asab markazlaridan iborat. Bu
markazlarda muayyan sezgi a’zolaridagi retseptorlardan kclgan ta’sir tahlil
qilinib, ularning mazmuniga ко‘га (sintez) javob reaksiyasi hosil bo‘ladi
( 162-rasm).Analizatoming yuqorida aytilgan uchala qismining qaysi biri
shikastlansa, muayyan sezgi a’zoning faoliyati buziladi.(E.Nuritdinov 2005).


Download 56,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish