Nutqning grammatik qurilishini baholash.
Reja:
1. Nutqning rivojlanmay qolganligidagi grammatik xatolar.
2.Nutqi rivojlanmagan bolalarda so‘zning bo‘g‘in tuzilishidagi xatoliklari.
Nutq grammatik tuzilishini shakllanish darajasini baxolash paytida shuni esda tutish kerakki, nutqi me'yorida rivojlanadigan bo‘lsa 5 yoshga borib bola ot, sifatlarni birlik va ko‘plikda barcha kelishiklarda to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Ot qanday vazifani bajaradi?
Birlik va ko`plikni farqlang.
Gapda bosh va ikkinchidarajali bo`laklarni sanab bering.
Bola 3-4 yoshida barcha oddiy ko‘makchilarni to‘g‘ri qo‘llay oladi, gaplashganda ulardan bemalol foydalanadi.
(yonida, ichida, ustida, tagida, birga, ichidan, yoniga, orqasiga, keyin)
So‘z tuzish bo‘yicha birinchi ko‘nikmalar 4 yoshda aniqlanadi. Bu kichraytirish- erkalatish qo‘shimchalar yordamida yasalgan otlar.
5 yoshda bolalar sifat va otlarni son bilan birgalikda bosh kelishikda to‘g‘ri foydalanish shakllanadi.
6 yoshida bola nutqida murakkab ko‘nikmalarni qo‘llay oladi.
Nutqning rivojlanmay qolganligidagi grammatik xatolar.
Nutqning grammatik vositalardan foydalanish va tushunishdagi nuqsonlar “agrammatizm” termini bilan ifoda topadi.
Impressiv agrammatizm
ekspressiv agrammatizm
Impressiv agrammatizm
bola so‘zda qo‘shimchasi yoki ko‘makchisi o‘zgarsa so‘z ma'nosining o‘zgarilishini farqlamaydi.
Ekspressiv agrammatizmni quyidagi o‘ziga xos grammatik xatoliklar ifodalaydi:
-gapda so‘zlar tartibi o‘zgarishi (inversiya);
-kelishik qushimchalarini noto‘g‘ri qo‘llash;
-Ko‘makchilarni tashlab ketish yoki noto‘g‘risiga almashtirish;
-So‘z yasash qobiliyati shakllanmaganligi.
Bog‘langan nutq, so‘z boyligi, nutqni grammatik tuzish bilan birgalikda logopedik tekshirishda tovushlar talaffuzini xam o‘rganiladi.
So‘zning bo‘g‘in tuzilishini egallash darajasini aniqlash uchun quyidagi vazifalar taqdim etiladi:
turli tuzilishi murakkab so‘zlarni logoped ketidan takrorlash
(archa, o‘rgimchak, shkaf, pushka, qalam, mototsikl, velosiped va xk);
Bo‘gin tuzilishi va talaffuzi qo‘pol buzilgan bo‘lsa bir qator bo‘ginlardagi tovushlarini o‘zgartirib gapirib ko‘rish tavsiya etiladi:
- har xil unli va undosh tovushlar (tamoku);
- har xil undosh, lekin bir xil unli tovushlar (mabata);
- har xil unli, lekin bir xil undosh tovushlar (kakoku);
- So‘zni ritmik tasvirini taqillatib ifoda etish.
logoped tomonidan maxsus ajratilgan rasmlarni mustaqil ravishda nomlash. So‘zlar talaffuziga qarab ajratiladi, tovush so‘zning boshida, o‘rtasida, oxirida kelishi (sabzi, hassa, gilos);
bo‘ginlari tuzilishi bo‘yicha murakkab so‘zlardan iborat gaplarni takrorlash (“Kutubxonachi kitoblarni tarqatdi”).
Nutqi rivojlanmagan bolalarda so‘zning bo‘g‘in tuzilishidagi xatoliklari:
- Bo‘ginlar sonini kamaytirilishi, ko‘proq - undoshlar ikkita bo‘lib kelganda (tol-stol);
- ortiqcha tovushlar va bo‘ginlarni qo‘shish (limont-limon);
- tovush va bo‘ginlarni o‘rnini almashtirish (kalakpa);
- tovush va bo‘ginlarni o‘zgartirish (saf-shkaf);
- Bo‘g‘inlar qolib ketishi (xokechi-xokeychi);
- antitsipatsiya (astobus-avtobus).
Artikulyatsion apparatning: lab, til, tish, jag, tanglaylarning tuzilishini va xarakatchanligini ko‘rib chiqish kerak. Ularning me'yorga mosligi aniqlanishi kerak.
Tekshirish jarayonida quyidagi anomal vaziyatlar uchrashi mumkin:
Lablar - qalin, ingichka, kalta;
Tishlar - siyrak, qiyshiq, mayda, jag‘ aylanmasidan tashqarida, yirik, orasida ochiq joy yuk, ochiq joy katta; tepa yo past kurak tishlar yo‘q;
Jag‘ (tishlam) - ochiq oldinga chiqqan, ochiq bir tomonga og‘gan, prognatiya (tepa jag‘ oldinga chiqqan), progeniya (past jag‘ oldinga chiqqan);
Tanglay - baland, gotik, tor, sillik, kalta, past;
Til - keng, kichik, tor.
Artikulyasiya a'zolarini xarakatchanligini tekshirish uchun bolaga quyidagi topshiriqlar beriladi:
tilni burunga, iyakka, chap, keyin esa o‘ng quloqqa yetkazish
til uchini og‘izdan chiqarib tepaga ko‘tarish va shu xolatda uzoqroq ushab turish,
tilni kengaytirish, keyin esa torlashtirish,
tilni chulpillatmoq
til uchini labning chap burchagiga, keyin o‘ng burchagiga tekkizish, ritmni o‘zgartirib turish
lablarni oldinga qarab cho‘chchaytirish, keyin esa tabassum qilib kengaytirish.
lablarni til bilan yalab olish;
Aynan bolalarni tovushlar talaffuzida nuqsonlarni bartaraf etishda sodda usullardan boshlash lozim.Masalan “S” harfi bola nutqida ko‘p uchraganligi bois shundan boshlaymiz:
“S” tovushini bug‘inlarda mustahkamlsh
Sa-sa-sa-sa so-so-so-so
ci-ci-ci-ci su-su-su-su
se-se-se-se so‘-so‘-so‘-so‘
Hosil bo‘lishiga qarab “s” tovushini ochiq va yopiq bo‘g‘inlardan foydalaniladi.
As-as-as-as os-os-so-os
Is-is-is-is us-us-us-us
Es-es-es-es o‘s-o‘s-o‘s-o‘s
Logopedik xulosa nutqning xolatini ochib beradi xamda boladagi o‘ziga xos qiyinchiliklarni bartaraf etishga yo‘nalgan bo‘ladi. Bu individual yondashuvni frontal va guruxli mashg‘ulotlarda to‘g‘ri tashkil etishda muximdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |