Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


BO‘YINNING KLETCHATKA BO‘SHLIQLARI



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

BO‘YINNING KLETCHATKA BO‘SHLIQLARI
Aytib o‘tilgan fassial qatlamlar orasida kletchatka bo‘shliqlari hosil bo‘ladi.
Ikkinchi va uchinchi fassiyalar orasida spatium interaponeuroticum supraster-
nale bor, unda oldingi bo‘yinturuq venalarini bog‘lab turuvchi arcus venosus jug-
uli va ayrim hollarda limfa tugunlari joylashadi. Bu bo‘shliq to‘sh suyagi o‘yig‘idan
yuqorida bo‘lib, 2-3 sm balandlikka ega (92- va 93-rasmlar). U to‘sh-o‘mrov-
so‘rg‘ichsimon muskuli orqasida joylashgan ko‘r xalta (saccus caecus retrostern-
ocleidomastoideus) bilan tutashgan.
Bu xalta oldindan m.sternocleidomastoideus g‘ilofining orqa devori bilan,
orqadan – uchinchi fassiya, pastdan – o‘mrovning orqa yuzasi bilan chegaralana-
di. Xaltada yog‘ to‘qimasi bilan o‘ralgan oldingi bo‘yinturuq venasining oxirgi
qismi, limfa tomirlari va ayrim hollarda limfa tugunlari joylashgan bo‘ladi.
To‘rtinchi fassiyaning pariyetal va visseral varaqlari orasida spatium previscerale
hosil bo‘ladi va til osti suyagidan to‘sh o‘yig‘igacha davom etadi. Uning kekirdak
ro‘parasiga to‘g‘ri keladigan qismi spatium prethracheale deb ataladi (93-rasm).
Unda limfa tugunlari, toq qalqonsimon vena chigali (plexus thyreoideus im-
par), undan boshlanuvchi vv.thyreoideae inferiores va o‘rta chiziq bo‘ylab bir-
ikkita vv.thyreoideae imae va 12 foiz hollarda (V.L.Gruber ma’lumotiga ko‘ra)
truncus brachiocephalicusdan yoki kam hollarda aorta ravog‘idan chiqib,
vv.thyreoideae imaedan o‘ngda joylashuvchi a.thyreoideae ima bor. Spatium
prethrachealening pastki bo‘limida, o‘ngda truncus brachiocephalicus va undan
chiquvchi a.carotis communis dextra joylashadi. Vena qon oqimi buzilganda spa-
tium prethrachealeda chap yelka-bosh (nomsiz) venasi, shuningdek, yosh bola-
larda, bo‘qoq bezining yuqori qutbi ham joylashadi.
Pastda, to‘sh suyagi dastasi ro‘parasida, kekirdak oldi bo‘shlig‘i oldingi ko‘ks
oralig‘idan to‘siq bilan chegaralangan bo‘lib, bu to‘siqni to‘rtinchi fassiya pariye-


136
tal varag‘ining to‘sh suyagi orqa yuzasidan kekirdakning visseral varag‘iga o‘tish
joyi hosil qiladi. To‘siq orqali qon va limfa tomirlari o‘tgan bo‘lib, ular orqali bir
tomondagi bo‘shliqning kletchatkasi ikkinchi tomondagisi bilan bog‘lanadi.
Fascia endocervicalisning visseral varag‘i bilan fascia prevertebralis orasi-
da ichki a’zolar orqa bo‘shlig‘i (spatium retroviscerale) hosil bo‘ladi; u orqa ko‘ks
oralig‘i bo‘shlig‘i bilan bog‘langan bo‘lib, bosh suyagi asosidan diafragmagacha
boradi. Bo‘yinning ichki uchburchagidagi tomir-nerv tutami bo‘ylab har ikki to-
monda yoriq - spatium vasonervorum bo‘ladi, uni tomirlar g‘ilofi chegaralaydi.
Yoriqda kletchatka va limfa tugunlari bo‘lib, u yuqorida bosh asosigacha davom
etadi, pastda esa oldingi ko‘ks oralig‘iga o‘tadi.
Bo‘yin tashqi uchburchagining kletchatka bo‘shlig‘i ikkinchi va beshinchi
fassiyalar orasida bo‘ladi: to‘rtinchi fassiya bo‘yinning tashqi qismida bo‘lmaydi,
uchinchi fassiya esa faqat kichik uchburchak – trigonum omoclaviculare sohasida
bo‘ladi. Bu bo‘shliqni yon tomondan bo‘yinning asosiy tomir-nerv tutami g‘ilofi
va trapetsiyasimon muskul qirg‘og‘i, qo‘ltiq osti chuquridan esa o‘mrov sohasida
beshinchi fassiya bilan ikkinchi fassiyani bog‘lab turuvchi ko‘p sonli biriktiruv-
chi to‘qima hisobiga hosil bo‘lgan to‘siq chegaralab turadi. Yog‘ to‘qimasidan
93-rasm. Hiqildoq
bo‘shlig‘ining sagittal (A) va
frontal (B) qirqimlaridagi
tasviri.
A: 1-hiqildoq bo‘shlig‘ining
yuqorigi (vestibulyar) bo‘limi;
2–o‘rta (boylam) bo‘limi; 3–
pastki (boylam osti) bo‘limi;
4–qizilo‘ngach; 5–
spatium
prevertebrale
;
6–
fascia
prevertebralis
;
7–traxeya; 8–oldingi ko‘ks
oralig‘i kletchatkasi;
9–
truncus
brachiocepha-
licus
(
a

anonyma

BNA
); 10–
v

brachiocephalica
dextra
;
11–
gl

thymus
;
12–
nodi
l y m p h a t i c i
mediasti-nales
anteriores
;
13–
arcus
venosus
juguli
; 14–
bo‘yin-ning ikkinchi fassiyasi;
15–bo‘yinning uchinchi fassi-
yasi; 16–to‘rtinchi fassiya-
ning pariyetal varag‘i va
uning visseral varag‘iga
o‘ralgan qalqonsimon bez; 17–
spatium
previscerale
; 18–
m

sterno-
thyroideus
; 19–uzuksimon tog‘ay; 20–
plica
vocalis
; 21–qalqonsimon tog‘ay;
22–
plica
ventricularis
; 23–
m

thyreohyoideus
; 24–hiqildoq usti tog‘ayi;
25–til osti suyagi.


137
tashqari, bo‘yinning tashqi bo‘shlig‘ida qon va limfa tomirlari, nervlar, limfa tu-
gunlari bo‘ladi. O‘mrov usti chuqurchasining orqa-pastki burchagidan trapetsi-
yasimon muskul ostiga ketuvchi kletchatka orqali o‘mrov usti kletchatka bo‘shlig‘i
trapetsiya osti bo‘shlig‘i bilan bog‘lanadi. Vasa suprascapularia bo‘ylab o‘mrov
usti kletchatkasi qirra usti chuqurchasi kletchatkasi bilan bog‘lanadi. Bo‘yinning
tashqi uchburchagi yog‘ kletchatkasida o‘tuvchi limfa tomirlar boshqa soha
tomirlari bilan anastomoz hosil qiladi.
Trigonum colli lateraleda beshinchi fassiya ostida joylashgan chuqur kletchatka
bo‘shlig‘i o‘mrov osti tomirlari va yelka chigalini o‘raydi va shu tomir-nerv tutami
yo‘nalishi bo‘ylab qo‘ltiq ostidagi tomir g‘ilofi kletchatkasi bilan tutashadi.
Aytib o‘tilgan kletchatka bo‘shliqlaridan tashqari bo‘yinda chuqur ostiofib-
roz bo‘shliq (spatium prevertebrale) bor, u bo‘yin umurtqalari bilan beshinchi
fassiya orasida joylashgan. Bu yerda bo‘yinning uzun muskullari (mm.longus colli
va longus capitis), ular ustida simpatik nerv poyasi joylashadi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish