Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

132
SOHALARGA BO‘LINISHI
Bo‘yin sohasi o‘rta chiziq orqali o‘ng va chap tomonlarga bo‘linadi. Ularn-
ing har biri ikkita katta - tashqi va ichki uchburchaklarga bo‘linadi. Ichki uchbur-
chak pastki jag‘ning pastki qirrasi, to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon muskuli va o‘rta
chiziq bilan chegaralanadi. Tashqi uchburchak o‘mrov suyagi, to‘sh-o‘mrov-
so‘rg‘ichsimon muskuli va trapetsiyasimon muskul bilan chegaralangan (90-rasm).
Ichki uchburchak sohasida asosiy tomir nerv tutamini umumiy uyqu arteri-
yasi, ichki bo‘yinturuq venasi va sayyor nerv, tashqi uchburchak sohasida o‘mrov
osti arteriyasi, venasi va yelka chigali hosil qiladi.
Ichki bo‘yin uchburchagi yana ikkita kichik uchburchaklarga bo‘linadi: 1)
jag‘ osti uchburchagi (trigonum submandibulare, s. regio submandibularis); uni
pastki jag‘ning pastki qirrasi va ikki qorinchali muskulning ikkala qorinchasi che-
garalaydi. Bu uchburchak jag‘ osti so‘lak bezi va jag‘ osti limfa tugunlari joylash-
gan yerga to‘g‘ri keladi; 2) uyqu uchburchagi (trigonum caroticum) uyqu arteri-
yasiga to‘g‘ri keladi va ikki qorinchali muskulning orqa qorinchasi, to‘sh-o‘mrov-
so‘rg‘ichsimon muskulining oldingi qirg‘og‘i, kurak-til osti muskulining yuqori
qorinchasi bilan chegaralanadi (90-rasm).
Bo‘yinning tashqi uchburchagi (trigonum colli laterale) sohasida ham ikkita
uchburchak tafovut qilinadi, ular bir-biridan kurak-til osti muskulining pastki qorin-
chasi yordamida ajralib turadi: 1) yuqorigi - katta (trigonum omotrapezoideum)
orqadan trapetsiyasimon muskul qirrasi, oldindan to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon
muskuli bilan, pastdan kurak-til osti muskuli bilan chegaralanadi; 2) pastki - kichik-
roq (trigonum omoclaviculare) yuqoridan kurak-til osti muskuli, oldindan to‘sh-
o‘mrov-so‘rg‘ichsimon muskuli, pastdan o‘mrov suyagi bilan chegaralanadi (90-
rasm). Bu uchburchak sohasida o‘mrov osti arteriyasi aniqlanadi. Bo‘yin terisida bu
joyga katta o‘mrov usti chuqurchasi (fossa supraclavicularis major) to‘g‘ri keladi.
Kichik o‘mrov osti chuqurchasi, fossa supraclavicularis minor -
m.sternocleydomastoideus ning to‘sh va o‘mrov oyoqchalari orasiga to‘g‘ri keladi.
90-rasm. Bo‘yinning
uchburchaklari va
sohalari (sxema).
1–
regio
submentalis
;
2–
trigonum
caroticum
;
3–
trigonum
omotracheale
;
4–
trigonum
omotrapezoideum
;
5–
trigonum
omoclaviculare
.


133
91-rasm. Bo‘yin fassiyalari
ko‘ndalang kesmada (sxema).
I–birinchi fastsiya, II–
ikkinchi, III–uchinchi, IV–
to‘rtinchi, V–beshinchi fassiya.
1–narvonsimon muskul;
2–pretraxeal muskullar;
3–
m

sternocleidomastoideus
;
4–
m

platysma
; 5–
a

carotis
communis

n
.
vagus

v

jugularis
interna
; 6–qizilo‘ngach;
7–kekirdak; 8–qalqonsimon bez.
Bo‘yinning ikkala ichki uchburchaklari (o‘ng va chap) bo‘yin katta oldingi
to‘rtburchagini hosil qiladi. Bu to‘rtburchak til osti suyagidan o‘tkazilgan gori-
zontal chiziq yordamida ikkita: regio suprahyoidea va regio infrahyoidea deb
ataluvchi sohalarga ajraladi. Birinchisida bitta engak osti va ikkita jag‘ osti so-
halari tafovut qilinadi. Bo‘yinning oldingi to‘rtburchagi bo‘yinning oldingi soha-
si (regio colli anterior) deb ataladi. Bo‘yinning to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon
muskuliga mos keluvchi sohasi regio sternocleidomastoidea deb ataladi.
Bo‘yinning tashqi uchburchagidan orqada bo‘yinning orqa sohasi (regio colli
posterior) joylashadi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish