Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

BO‘YIN FASSIYALARI
Bu yerda jarrohlik amaliyotida ko‘proq qo‘l keladigan V.N.Shevkunenko
sxemasi keltiriladi. Bu sxemaga ko‘ra bo‘yinda beshta fassial qatlam farqlanadi
(91-rasm).
1. Birinchi fassiya (fascia colli superficialis) tana yuza (teri osti) fassiyasi-
ning bir qismi hisoblanadi. U bo‘yinning teri osti muskuli, platysma uchun g‘ilof
hosil qiladi.
2. Ikkinchi fassiya yoki bo‘yin xususiy fassiyasining yuza varag‘i (lamina
superficialis fasciae colli propriae) bo‘yinni hamma tomondan o‘rab, to‘sh-o‘mrov-
so‘rg‘ichsimon muskuli va trapetsiyasimon muskul hamda jag‘ osti so‘lak bezi
uchun g‘ilof hosil qiladi. Pastda o‘mrov va to‘sh suyagining oldingi yuzasiga biri-
kadi, yuqorida – pastki jag‘ning pastki qirrasiga, yon tomonlarda to‘siqlar vosita-
sida bo‘yin umurtqalarining ko‘ndalang o‘siqlariga birikadi: bu to‘siqlardan biri
ikkinchi fassiyani ko‘ndalang o‘siqlarga birikuvchi beshinchi fassiya bilan
bog‘laydi, boshqasi esa ikkinchi fassiya bilan bo‘yin tomir-nerv tutami g‘ilofini
bog‘laydi, u ham ko‘ndalang o‘siqlarga birikadi. Yuzda bo‘yinning ikkinchi fassi-
yasi fascia parotideomasseterica–ga o‘tadi va bu fassiya quloq oldi so‘lak beziga
g‘ilof hosil qilish bilan birga chaynov muskulini qoplaydi.


134
3. Uchinchi fassiya yoki bo‘yin xususiy fassiyasining chuqur varag‘i (lami-
na profunda fasciae colli propriae) boshqacha - aponeurosis omoclavicularis tra-
petsiyasimon shaklda bo‘lib, yuqorida til osti suyagiga, pastda esa o‘mrov suya-
gi va to‘sh suyagining orqa yuzasiga birikadi. Bu fassiyaning yon chegaralarini
kurak-til osti muskuli hosil qiladi va bu fastsiya unga g‘ilof hosil qiladi. Fassiya
hiqildoq, kekirdak, qalqonsimon bez oldida joylashgan boshqa muskullarga
(mm.sternohyoideisternothyreoideithyreohyoidei) ham g‘ilof hosil qiladi. Uchin-
chi fastsiya uni bo‘yinning tomir-nerv tutami g‘ilofiga birlashtirib turuvchi fassiya
to‘siqlari yordamida bo‘yin pastki umurtqalarining ko‘ndalang o‘siqlariga birika-
di. Ikkinchi va uchinchi fassiyalar bo‘yinning o‘rta chizig‘ida o‘zaro qo‘shilib
bo‘yinning oq chizig‘ini hosil qiladi. U 2-3 mm kenglikda bo‘lib, to‘sh suyagi-
ning bo‘yinturuq o‘yig‘iga 3 sm cha yetib bormaydi, bu yerda ikkinchi va uchin-
chi fassiyalar bir-biridan ajraladi; bunda ikkinchi fastsiya to‘sh va o‘mrov suyak-
larining oldingi yuzasiga, uchinchi fastsiya esa ularning orqa yuzasiga birikadi.
Ular orasida kletchatka bo‘shlig‘i hosil bo‘ladi.
4. To‘rtinchi fassiya – bo‘yinning ichki fassiyasi (fascia endocervicalis).
Unda ikkita: pariyetal va visseral varaqlar tafovut qilinadi. Oxirgisi bo‘yin ichki
a’zolari: halqum, qizilo‘ngach, hiqildoq, kekirdak va qalqonsimon bezni o‘raydi.
Pariyetal varaq visseraldan oldinda va yon tomonlarda bo‘lib, muskullar
(mm.sternohyoideussternothyreoideusthyreohyoideusomohyoideus) g‘ilofining
orqa devoriga tegib turadi hamda bo‘yinning ichki uchburchagidagi tomir-nerv
tutamiga (a.coroticus communisv.jugularis internan.vagus) g‘ilof hosil qiladi.
Umurtqalarning ko‘ndalang o‘siqlariga birikuvchi bu g‘ilof ichida to‘siqlar bo‘lib,
ular arteriya, vena va nerv uchun alohida kameralar hosil qiladi (91-rasm).
5. Beshinchi fassiya (fascia prevertebralis) bo‘yin ichki fassiyasi pariyetal
varag‘ining bir qismi bo‘lib, bo‘yin ichki a’zolaridan orqada, umurtqa pog‘onasida
yotadi. Bu fassiya simpatik nerv poyasini va bo‘yin umurtqalari tanasi hamda
ko‘ndalang o‘siqlarida joylashgan muskullarni (mm.longus colli va longus capi-
tis) qoplaydi. Yon tomonlarda bo‘yinning tashqi uchburchagi sohasiga davom etadi
va u yerda narvonsimon muskullarga (mm.scalenus anteriormedius va posteri-
or) hamda tomir nerv tutamiga (a.,v.subclaviaplexus brachialis) g‘ilof hosil qiladi.
Pastda fascia prevertebralis fascia endothoracicaga o‘tadi. Narvonsimon mus-
kullarni va o‘mrov osti tomirlarni qoplab, fassiya pastda oldinga o‘tib m.subclavius
va o‘mrov suyagini qoplaydi hamda o‘mrov usti chuqurchasini o‘mrov osti chu-
qurchasidan chegaralab turadi. Bu to‘siqni o‘mrov usti hamda osti limfa tomirlarini
bog‘lovchi limfa tomirlari teshib o‘tadi.
Yuqorida aytilganidek, bo‘yin fassiyalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki shoxlari yor-
damida umurtqalarning ko‘ndalang o‘siqlariga birikadi. Shuning natijasida bo‘yin
oldingi va orqa bo‘limlarga bo‘linadi.
Bo‘yin fassiyalari vena tomirlari devorlariga biriktiruvchi to‘qima yorda-
mida mustahkam birikkan bo‘ladi va ular venoz tomirlar shikastlanganda ular-
ning yopilib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi. Suning uchun bo‘yinda, hatto kichik ve-
nalar shikastlanishida ham, yurak o‘ng bo‘lmachasi yaqin joylashganligi va ko‘krak
qafasining havoni tortish xususiyati sababli havo emboliyasi juda oson yuz beri-
shi mumkin.


135
92-rasm. Bo‘yinning 2-fassiyasi
va uning hosilalari.
1–
gl

parotis
; 2–quloq oldi bezi
o ‘ r i n d i g ‘ i n i j a g ‘ o s t i b e z i
o‘rindig‘idan ajratib turuvchi
fassiya to‘sig‘i; 3–to‘sh-o‘mrov-
so‘rg‘ichsimon muskulining
g‘ilofini hosil qiluvchi 2-fassiya;
4–
m

sternocleidomastoideus
;
5–
n

auricularis
magnus
;
6–
spatium
interaponeuroticum
suprasternale
; 7–to‘sh-o‘mrov-
so‘rg‘ichsimon muskulining
g‘ilofiga yuborilgan jelatin
moddasi; 8–
gl

submandibularis
.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish