Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

127
QULOQ OLDI-CHAYNOV SOHASI,
REGIO PAROTIDEOMASSETERICA
Quloq oldi-chaynov sohasini yonoq yoyi, pastki jag‘ning pastki qirrasi, tashqi
eshituv yo‘li va so‘rg‘ichsimon o‘siqning oxiri, chaynov muskulining oldingi
qirg‘og‘i chegaralab turadi.
Teri osti yog‘ kletchatkasidan yuz nervining mimika muskullariga boruvchi
ko‘p sonli shoxlari o‘tadi.
Yuzaki fassiyani olib tashlagandan keyin xususiy fassiya (fascia parotideo-
masseterica) ochiladi. Fassiya suyak bo‘rtiqlariga (yonoq yoyiga, pastki jag‘ning
pastki qirrasiga va burchagiga) birikadi. U quloq oldi so‘lak beziga kapsula hosil
qiladi, shunday qilib u bezning orqa qirrasida ikki varaqqa ajralib, uning oldingi
qirrasida qo‘shiladi. Keyin fassiya chaynov muskulining tashqi yuzasini uning
oldingi qirg‘og‘igacha qoplaydi. Quloq oldi-chaynov fassiyasi oldindan mustah-
kam varaqni tashkil qiladi. U nafaqat bezni o‘raydi, balki uning ichiga, bo‘laklar
orasiga o‘siqlar beradi. Shuning uchun bezda yiringli yallig‘lanish jarayoni (yir-
ingli parotit) bir tekis va bir vaqtda rivojlanmaydi.
Quloq oldi bezi (glandula parotis) chaynov muskulida yotadi, uning ko‘p
qismi pastki jag‘ orqasida joylashgan. Bez fassiya va muskullar bilan o‘ralgan
hamda uning ichidan o‘tuvchi tomirlar va nervlar bilan birgalikda muskul–fassiya
bo‘shlig‘ini (spatium parotideum) to‘ldiradi. Bu bo‘shliqni fascia parotideomas-
seterica-ning varaqlari va muskullar: m.masseterm.pterygoideus medialis (ular
orasida pastki jag‘), m.sternocleidomastoideus chegaralab turadi. Yuzning chuqur
qismida bu bo‘shliqni chakka suyagining bigizsimon o‘sig‘idan boshlanuvchi mus-
kullar va pastdan m.digastricusning orqa qorinchasi chegaralab turadi.
Spatium parotideum yuqorida tashqi eshituv yo‘liga tegib turadi, uning tog‘ayida
kemtik bo‘lib, limfa tomirlarini o‘tkazadi. Bezning fassial bo‘shlig‘idagi bu joy “zaif
joy” hisoblanib, yiringli parotitlarda yemirilib, tashqi eshituv yo‘liga ochiladi.
Spatium parotideum pastdan gl.submandibularis chuqurchasidan mustah-
kam fassial varaq bilan chegaralanib, pastki jag‘ burchagini to‘sh-o‘mrov-
so‘rg‘ichsimon muskul qiniga tutashtiradi (87-rasm).
Spatium parotideum medial tomondan berkitilmagan bo‘lib, shu joyda qu-
loq oldi bezining halqum o‘sig‘i bigizsimon o‘siq va ichki qanotsimon muskul
o‘rtasidagi oraliqni to‘ldirib turadi. Bu joy fassial qoplov bilan o‘ralmagan bo‘lib
(bezning fassial g‘ilofidagi ikkinchi “zaif joy”) bu joyda o‘siq bevosita halqum
oldi bo‘shlig‘iga tegib turadi (87-rasm). Bu hol yiringli jarayonning bir bo‘shliqdan
ikkinchi bo‘shliqqa o‘tishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Bez ichidan tashqi uyqu arteriyasi, jag‘ orti venasi, yuz va quloq-chakka
nervlari o‘tadi (82-rasm).
A.carotis externa bez ichida oxirgi shoxlariga bo‘linadi: 1) a.temporalis su-
perficialis – o‘zidan a.transversa facieini beradi va n.auriculotemporales ham-
rohligida chakka sohasiga boradi; 2) a.maxillaris -yuzning chuqur sohasiga o‘tib
ketadi.
N.fascialis bezning tashqi yuzasi yaqinida joylashgan chigal - plexus paroti-
deus-ni hosil qiladi (68, 82-rasmlar). Bezning ichida, va bevosita uning kapsulasi
ostida limfa tugunlari (lnn.parotidei) yotadi.


128
Quloq oldi bezida (spatium parotideum) rivojlangan yiringli jarayon yuz
nervi-ning falajiga olib kelishi yoki bez ichidan o‘tuvchi tomirlarning (tashqi uyqu
arteriyasi, jag‘ orqa venasi) yiringli yemirilishida ko‘p qon ketishiga sabab bo‘lishi
mumkin.
Quloq oldi so‘lak bezining chiqaruv yo‘li (ductus parotideus) chaynov
muskulining oldingi yuzasida, yonoq yoyidan 2-2,5 sm pastroqda joylashgan. Og‘iz
bo‘shlig‘i dahliziga yo‘nalishida ductus parotideus lunj muskulini m.masseterning
oldingi qirrasi yonida (ba’zan lunj yog‘ tanasini ham) teshib o‘tadi (68, 88-89-
rasmlar).
Chiqaruv yo‘lining og‘iz dahliziga ochilish joyi taxminan ikkidan bir hollar-
da yuqoridagi birinchi va ikkinchi katta jag‘ (oziq) tishlari orasiga to‘g‘ri keladi.
88-rasm. Yuzning chuqur sohasi topografiyasi.
1–
m

temporalis
; 2–
aa
., 
vv
., 
nn

temporales
profundi
; 3-
a

sphenopalatina
;
4–
crista
infratemporalis
ossis
sphenoidalis
; 5–
m
.
pterygoideus
lateralis
;
6–
maxilla
; 7–
a
., 
n
.
buccalis
(
n
.
buccinatorius
– 
BNA
); 8–
gll

buccales
; 9–
ductus
parotideus
; 10–
m
.
buccinator
; 11–
m
.
pterygoideus
medialis
; 12–
n
.
lingualis
; 13–
m
.
masseter
; 14–
plexus
venosus
pterygoideus
; 15–
a
., 
n
.
alveolaris
inferior
; 16–
v

retromandibularis
; 17–
n

facialis
; 18–
a
., 
v
.
maxillaris
; 19–
a
., 
v

temporalis
superficialis

n
.
auriculotemporalis
.



Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish