Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

YUZNING SOHALARI
KO‘Z KOSASI SOHASI
Umumiy tavsifi
Bu soha ko‘z kosasiga va uning tarkibiga to‘g‘ri keladi. Ko‘z kosasiga kir-
ish ko‘z kosasi to‘sig‘i (septum orbitale) deb nomlanuvchi mustahkam fassiya
bilan yopilgan. U orqali qovoqlar ko‘z kosasiga kirish qismini chegaralovchi su-
yaklar-ning suyak usti pardasiga birikadi. Shunday qilib, ko‘z kosasi sohasi ikki
qismga: ko‘z kosasi to‘sig‘i oldida joylashib, qovoq sohasini (regio palpebralis)
tashkil qiluvchi yuza va ko‘z kosasi to‘sig‘i orqasida joylashib, o‘zida ko‘z olma-
si va uning muskullari, tomirlar, nervlar va yog‘ to‘qimasini tutuvchi chuqur qism
(xususiy ko‘z kosasi sohasi) ga bo‘linadi.
KO‘Z KOSASI SOHASI, REGIO ORBITALIS PROPRIA
Ko‘z kosasining to‘rtta devori bo‘lib, ularni bosh gumbazi, bosh suyagi aso-
si va yuzning suyaklari tashkil qiladi. Yuqori devori, o‘z navbatida, boshning ol-
dingi chuqurchasi va peshona kavagining tubi hisoblanadi. Ko‘z kosasining tubi-
ni tashkil qiluvchi pastki devori, o‘z navbatida, yuqori jag‘ bo‘shlig‘i tomi hisob-
lanadi. Lateral devorni ponasimon va yonoq suyaklari tashkil qiladi. Medial de-
vori orqadan ponasimon sinusga, oldindan esa g‘alvir labirintning katakchalariga
tegib turadi. Ko‘z kosasining medial devorida oldingi va orqa g‘alvirsimon teshiklar


120
bo‘lib, ular orqali shu nomli tomir va nervlar o‘tadi. Shunday qilib, burun yon-
dosh bo‘shliqlaridagi yallig‘lanish jarayoni ko‘z kosasi kletchatkasiga bevosita
hamda tomir-nerv tutami kletchatkasi bo‘ylab tarqalishi mumkin.
Ko‘z kosasi orqa qismida, uning lateral va yuqori devori orasidagi chegara-
da ko‘z kosasini o‘rta bosh chuqurchasi bilan bog‘lovchi ko‘z kosasining yuqori-
gi yorig‘i joylashgan. Lateral va pastki devori chegarasida ko‘z kosasining pastki
yorig‘i bo‘lib, u ko‘z kosasini qanotsimon-tanglay, chakka va chakka osti chuqur-
chalari bilan tutashtiradi. Bu ikkala yoriqdan tomirlar va nervlar o‘tadi.
Ko‘z kosasi bo‘shlig‘ining oldingi qismini ko‘z olmasi egallaydi. Ko‘z ol-
masining orqasida va yon tomonida ko‘p miqdorda yog‘ kletchatkasi joylashib, ko‘z
olmasiga yostiqcha hosil qiladi va shu bilan birga bu yerdan o‘tuvchi muskullar,
tomirlar va nervlarni o‘raydi. Ko‘z olmasi yog‘ to‘qimasiga bevosita tegib turmay-
di, balki mustahkam biriktiruvchi to‘qimali (Tenon) kapsula – vagina bulbi, (fascia
bulbi Tenoni BNA) orqali ajralib turadi. Ko‘z olmasi uning ichida bemalol harakat-
lanadi.
Ko‘z kosasi bo‘shlig‘ida yettita muskul joylashgan bo‘lib, ulardan bittasi
84-rasm. Ko‘z kosasining ko‘z soqqasining orqasidan o‘tkazilgan frontal
qirqimi.
1-
n

lacrimalis
; 2-
v

ophtalmica
; 3-ko‘z kosasining yuqori devori; 4-
n
.
supraorbitalis
; 5-
m

rectus
superior
; 6-
m

levator
palpebrae
superioris
; 7-
n

frontalis
; 8-
m

obliquus
superior
; 9-
n

trochlearis
; 10-
a

ophthalmica
et
n

nasociliaris
; 11-
m

rectus
medialis
; 12-ko‘z kosasining ichki devori; 13-
g‘alvirsimon labirint; 14-
m

rectus
inferior
; 15-ko‘z kosasining pastki devori;
16-burun o‘rta chig‘anog‘i; 17-o‘rta burun yo‘li; 18-burun pastki chig‘anog‘i;
19-pastki burun yo‘li; 20-yuqori jag‘ kavagi (Gaymor bo‘shlig‘i); 21-
n
.
infraorbitalis
; 22-
rami
n

oculomotorius
; 23-
n

opticus
; 24-
n

abducens
;
25-
m

rectus
lateralis
; 26-ko‘z kosasining tashqi devori; 27-
m

temporalis
.


121
yuqori qovoqqa (m.levator palpebrae superior), qolgan oltitasi esa bevosita ko‘z
olmasiga tegishli. Ular ko‘z olmasining oq pardasiga birikadi, shulardan to‘rttasi
to‘g‘ri muskullar (yuqori, pastki, tashqi va ichki), ikkitasi qiyshiq (yuqori va past-
ki) muskullar. Tashqi to‘g‘ri muskulni nabducens, yuqori qiyshiqni – ntrochle-
aris va qolganlarini hamda yuqori qovoqni ko‘taruvchi muskulni – noculomoto-
rius innervatsiyalaydi.
Ko‘z kosasining markazini ko‘ruv nervi (n.opticus) egallaydi. Qolgan hosila-
lar 84-rasmda ko‘rsatilgandek, ko‘ruv nervi atrofida joylashgan. Ko‘ruv nerviga
ko‘ruv teshigi yaqinida tashqi tarafdan kiprik tuguni (ganglion ciliare) yondashadi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish