9-MAVZU. SUG‘URTA SOHALARI VA ULARNING INTERPRETATSIYASI Sug'urta sohalari va turlari (klasslari)
O'zbekiston sug'urta bozorida sug'urtaning quyidagi sohalari mavjud. ya'ni1: Hayotni sug'urta qilish (jismoniy shaxslaming hayoti, sog'lig'i. mehnat qobiliyuti va pul ta'minoti bilan bog'liq manfaatlarini sug'urta qilish. bunda shartnoma bo'yicha sug'urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda sug'urta pullarining sug'urta shartnomasida ko'rsatib o'tilgan oshirilgan foizni o'z ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to'lovlarini (annuitetlarni) qamrab oladi): - umumiy sug'urta (shaxsiy, mulkiy sug'urta. javobgarlikni sug'urta qilish hamda hayotni sug'urta qilish sohasiga taalluqli bo'lmagan boshqa sug'urta turlari). Sug'urta tavakkalchiliklari yoki ular guruhlarining va ular bilan bog'liq majburiyatlaming umumiy xususiyatlariga muvofiq sug'urta sohalari sug'urta turlariga (klasslariga) bo'linadi. Sug'urta turlari (klasslari) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Sug'urta sohalari va turlari
r A
Hayotni sug'urta qilish sohasi (4-klass) Umumiy sug'urta sohasi (17-klass)
✓ V
rasm. O'zbekistonda sug'urta sohalari va turlari (klasslari)2.
Hayot sug'urtasi quyidagi turlami o'zida aks ettiradi. Ular butun umrga hayomi sug'urta qilish turi, vafot etishdan hayotni sug'urta qilish turi, shartnoma muddati yakunida hayot bo’lish, hayotni aralash sug'urtasi, mehnat qobiliyatini yo'qotishdan sug'urta qilishdir. Ayrim davlatlarda baxtsiz hodisadan sug'urta qilish ham hayot sug'urtasi turlaridan hisoblanadi, lekin bizning mamlakatda ushbu tur umumiy sug'urta tarmog'iga taalluqlidir.
Ota-oanalar o'z farzandlari hayotini sug'urta qildirishi
Hayot sua‘urtasi
Biznesmenlar o'z hamkorlarini sug'urta qildirishi
Kredit oluvchini hayotini kredit beruvchi sug'urta qildirishi
Individual
Jamoaviv Sug'urta javobgarligi turiga muvofiq
Daromadlarida
Sug'urta puli
Aniq
Sug'urta
ishtirok etish
kamayib
belgilangan
puli o'sib
bo'yicha sug'urta
boradigan
sug'urta puli
boruvchi
qildirish
sug'urta
bo'yicha
sug'urta
sug'urta
Sug'urta javobgarligi amal qilish muddatiga muvofiq Qamrab olish shakliga muvofiq
Sug'urtalangan
Ma’lum bir
shaxsning butun
belgilangan
umri davomida
muddatgacha
rasm. Hayot sug‘urtasining xususiyatlariga ko‘ra turlari3
Hayotni sug'urta qilish tarmog'i10
Klass tartib raqami
Klassning nomi
I klass
Havot va annuitetlar
II klass
Nikoh va tug'ilish
III klass
Hayotni uzoq muddatli sug'urta qilish
IV klass
Sog'liqni sug'urta qilish
Hayot va annuitetlar. Quyidagi hollarda sug'urta summalari to'lash bo'yicha sug'urtalovchining majburiyatlarini nazarda tutuvchi. bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi hayotni sug'urta qilish turlari jami:
sug'urta qilinuvchining sug'urta muddati tamom bo'lgungacha yoki sug’urta shartnomasida belgilangan yoshgacha yashashi;
sug'urta qilinuvchining vafot etishi; shuningdek sug'urta shartnomasi amal qilishi davridagi joriy to'lovlar (annuitetlar). Ill klass bundan mustasno.
Nikoh va tug'ilish. Nikohga kirishda yoki bola tug'ilganda sug'urta summasi to'lanishini ta’minlovchi, bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi hayotni sug'urta qilish turlari jami. Hayotni uzoq muddatli sug'urta qilish. Umrbod renta toianishi bilan birgalikda hayotni sug'urta qilish turlari jami. Sog'liqni sug'urta qilish. Ko'rsatib o'tilgan sug'urta davri kamida bcsh yildan kam bo'lmagan muddatga yoki sug'urta qilinuvchining pensiya yoshiga yetguniga qadar belgilanishi sharti bilan baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa yoki kasallik yoki kasallanish tufayli qattiq shikastlanish natijasida mehnatga layoqatlilikni yo'qotganda sug'urta summalari to'lanishini ta’minlovchi hayotni sug'urta qilish turlari jami. Bunda shartnomada ko'rsatilgan sug'urta davri sug'urtalovchi tomonidan bir tomonlama tartibda bekor qilinishi yoki o'zgartirilishi mumkin emas. Ikkinchi yirik sug'urta sohasi bu umumiy sug'urta tarmog'idir. Bunda sug'urta obyekti sifatida sug'urta manfaati ya’ni mulkiy manfaat asos bo'lib hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksiga asosan mulkiy sug'urta shartnomasiga quyidagicha ta’rif berilgan, ya’ni: Mulkiy sug'urta shartnomasiga muvofiq bir taraf (sug'urtalovchi) shartnomada shartlashilgan haq (sug'urta mukofoti) evaziga shartnomada nazarda tutilgan voqea (sug'urta hodisasi) sodir bo'lganda boshqa tarafga (sug'urta qildiruvchiga) yoki shartnoma qaysi shaxsning fovdasiga tuzilgan bo'lsa, o'sha sh&xsga (naf oluvchiga) bu hodisa oqibatida sug'urtalangan mulkka yetkazilgan zarami yoxud sug'urtalanuvchining boshqa mulkiy manfaatlari bilan bog'liq zarami shartnomada belgilangan summa (sug'urta puli) doirasida to'lash (sug'urta tovoni to'lash) majburiyatini oladi. Mulkiy sug'urta shartnomasi bo'yicha quyidagilar sug'urtalanishi mumkin: muayyan mol-mulkning yo'qotilishi (nobud bo'lishi). kam chiqishi yoki shikastlanishi xavfi; 12.2-jadval Umumiy sug'urta tarmog'i4
Klass tartib raqami
Klassning nomi
1-klass
Baxtsiz hodisalardan ehtivot shart sug'urta qilish
2-klass
Kasallikdan ehtiyot shart sug'urta qilish
3-klass
Er usti transport vositalarini sug'urta qilish
4-klass
Harakatlanadigan temiryo'l tarkibini sug'urta
5-klass
Aviatsiya sug'urtasi
6-klass
Dengiz sug'urtasi
7-klass
Yo'ldagi mol-mulkni sug'urta qilish
8-klass
Mol-mulkni olovdan va tabiiy ofatlardan sug'urta qilish
9-klass
Mol-mulkni zarardan sug'urta qilish
10-klass
Avtofuqarolik javobgarligini sug'urta qilish
11-klass
Aviatsiya sug'urtasi doirasidagi javobgarlikni sug'urta qilish
12-klass
Dengiz sug'urtasi doirasida javobgarlikni sug'urta qilish
13-klass
Umumiy fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish
14-klass
Kreditlami sug'urta qilish
15-klass
Kafillikni (kafolatlami) sug'urta qilish
16-klass
Boshqa moliyaviy tavakkalchiliklardan sug'urta qilish
17-klass
Huquqiy himoya qilish bilan bog'liq xarajatlami sug'urta qilish
• fuqarolik javobgarligi xavfi - boshqa shaxslaming hayoti. sog'lig'i yoki mol- mulkiga zarar yetkazilishi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlar bo'yicha javobgarlik, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, shuningdek shartnomalar bo'yicha javobgarlik xavfi; • tadbirkorlik xavfi - tadbirkoming kontragentlari o'z majburiyatlarini buzishi yoki tadbirkorga bog'liq boimagan vaziyatlarga ko'ra bu faoliyat shart- sharoitlarining o'zgarishi tufayli tadbirkorlik faoliyatidan kutilgan daromadlami ololmaslik xavfi. Shuningdek qonunchilikka asosan quyidagi manfaatlarni sug'urtalashga yo'l qo'yilmaydi: G'ayriqonuniy manfaatlarni sug'urtalashga yo'l qo'yilmaydi. Qimor. lotereyalar va garov o'yinlarida ishtirok etishda ko'riladigan zarami sug'urtalashga yo'l qo'yilmaydi. Garovga olinganlami ozod qilish maqsadida shaxs majburan qilishi mumkin bo'lgan xarajatlami sug'urtalashga yo'l qo'yilmaydi. Sug'urta shartnomalarining ushbu birinchi. ikkinchi va uchinchi qismlariga zid bo'lgan shartlari o'z-o'zidan haqiqiy emas. Sug'urtaning soha va tarmoqlari bo'yicha turkumlanishi
Tarmoqlar bo'yicha sug'urtalash 4 vo'nalishda olib boriladi (12.2-rasm).