Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


YUZNING CHUQUR SOHASI,  REGIO FACIALIS PROFUNDA



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

129
YUZNING CHUQUR SOHASI,  REGIO FACIALIS PROFUNDA
Yuzning chuqur sohasi o‘z ichiga, asosan, chaynov apparatiga tegishli bo‘lgan
turli tuzilmalarni qamrab oladi. Shuning uchun uni jag‘-chaynov sohasi deb ham
atashadi. Sohaning asosini yuqori va pastki jag‘lar hamda ponasimon suyakdan
boshlanuvchi chaynov muskullari: pastki jag‘ning bo‘g‘im o‘sig‘iga birikuvchi
m.pterygoideus lateralis va pastki jag‘ burchagining ichki yuzasiga birikuvchi
m.pterygoideus medialis hosil qiladi.
Pastki jag‘ning shoxi olib tashlangandan keyin tomirlar, nervlar va kam miq-
dordagi yog‘ to‘qimasi ko‘rinadi. N.I.Pirogov birinchi bo‘lib pastki jag‘ shoxi
bilan yuqori jag‘ do‘mbog‘i orasida joylashgan kletchatka oraliqlarini – yuzning
chuqur sohasini ta’riflagan. U yuzning bu qismini jag‘lar orasi sohasi deb nom-
lab, bu joyda ikkita oraliqni tafovut qildi. Ulardan biri – chakka-qanotsimon oralig‘i
(interstitium temporopterigoedeus) – pastki jag‘ning tojsimon o‘sig‘iga birikuv-
chi chakka muskulining oxirgi qismi bilan lateral qanotsimon muskul orasida
joylashgan; ikkinchi, har ikkala lateral va medial qanotsimon muskullar orasidagi
qanotsimonaro oraliqdir (interstitium temporopterygoideum) (88-89-rasmlar).
Bir-biri bilan tutashuvchi bu ikkala oraliqda kletchatka bilan o‘ralgan tomirlar
va nervlar o‘tadi. Hammasidan yuzada venoz chigal, plexus pterygoideus joylashgan.
Uning katta qismi lateral qanotsimon muskulning tashqi yuzasida, u bilan
chakka muskuli orasida, ya’ni chakka-qanotsimon oralig‘ida joylashgan. Chiga-
lning boshqa qismi esa m.pterygoideus lateralis-dan chuqurroqda joylashgan. Vena
chigalidan chuqurroqda va qanotsimonaro oraliqda arteriyalar va nervlarning shox-
lari joylashgan (88-89-rasmlar).
A.maxillarisni ikkala oraliqda ham ko‘rish mumkin. Buni arteriya bo‘ylab
uchta yoy hosil bo‘lgani bilan tushuntirsa bo‘ladi. Shundan oxirgi ikkitasi,
N.I.Pirogov ko‘rsatganidek, qanotsimonaro va chakka-qanotsimon oralig‘ida joy-
lashgan. Arteriyadan ko‘pgina shoxlar chiqadi. A.meningea media qirrasimon teshik
orqali kalla bo‘shlig‘iga kiradi; a.alveolaris inferior shu nomdagi venalar va nerv
bilan birga pastki jag‘ning kanaliga kirib ketadi; a.alveolaris superior yuqori jag‘
teshigi orqali tishlarga tomon yo‘naladi; a.palatina descendens qanot-tanglay
kanaliga yo‘nalib, keyin qattiq va yumshoq tanglayga boradi (89-rasm).
N.mandibularis tashqi qanotsimon muskul bilan berkitilgan oval teshikdan
chiqib, bir nechta shoxlarga bo‘linib ketadi (89-rasm), ulardan n.alveolaris inferi-
or ikkala qanotsimon muskullar va pastki jag‘ shoxining ichki yuzasi orasidan
o‘tadi, so‘ngra pastki jag‘ kanalining teshigigacha tushadi; undan orqada shu nomli
arteriya va vena o‘tadi. N.lingualis oval teshikdan birmuncha nariroqda kelib
qo‘shiluvchi chorda tympani bilan birga, n.alveolaris inferior kabi, faqat undan
oldinroqda yotadi va og‘iz tubining shilliq qavati ostida o‘tib, unga hamda tilning
shilliq pardasiga tarmoqlar beradi.
Pastki jag‘ nervidan chaynov muskullariga shoxlar, xususan, nntemporales
profundi; lunj muskulini teshib o‘tib, lunjning terisi va shilliq pardasini ta’minlovchi
lunj nervi (nbuccalis), quloq oldi bezi orqali chakka sohasiga yo‘naluvchi (n.
auriculotemporalis) chiqadi. Pastki jag‘ nervining chuqur yuzasida, oval teshik-
ning pastida quloq tuguni, ganglion oticum joylashgan bo‘lib, unda til-halqum
nervining quloq oldi beziga boruvchi parasimpatik tolalari tugaydi. Bu bezga kel-


130
89-rasm. Yuzning chuqur sohasi topografiyasi (qanotsimon vena chigali
va tashqi qanotsimon muskul olib tashlangandan keyingi ko‘rinish).
1-19 raqamlar bilan 88-rasmdagi kabi tuzilmalar ifodalangan (q. 88-rasm); 20–
n
.
mandibularis
; 21–
n

maxillaris
; 22–
lamina
lateralis
processus
pterygoidei
ossis
sphenoidalis

m

pterygoideus
medialis
; 23–
chorda
tympani
; 24–
m

platysma
;
25–
n

mylohyoideus
; 26–
gaster
posterior
m

digastricus
; 27–
m
.
sternocleidomastoideus
; 28–
m

stylohyoideus
; 29–
n

auriculotemporalis
bilan
n

facialis
orasidagi bog‘lovchi tarmoq; 30–
a

meningea
media
.
uvchi postganglionar sekretor tolalar quloq-chakka nervining tarkibida bo‘lib (n.
Facialis)ning shoxlari orqali bezning to‘qimasiga kiradi.
Sohaning chuqur qismida, qanot-tanglay chuqurchasida ganglion pterygo-
palatinum joylashadi. Uch shoxli nervning ikkinchi shoxi ham shu yerga keladi,
undan gangliyga qanot-tanglay nervlari (nn.pterygopalatini) kiradi. Bundan
tashqari, gangliyga qanotsimon kanalning nervi keladi. Gangliydan canalis ptery-
gopalatinus orqali qattiq hamda yumshoq tanglayga boruvchi (apalatina de-
scendens bilan birgalikda) nnpalatini va burun bo‘shlig‘iga (foramen sphenopa-
latinum orqali) kiruvchi rr. nasales posteriores chiqadi.



Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish