Lo’livachchaning ko’rganlari
2021-yil endi oyoq tashlab, yura boshlagan payt. Osmonda bahor havosi kezadi. O’n kunlik qahraton sovuqdan keyin kunlarning bu yusinda iliqlashib ketishi odamlarga xush yoqdi shekilli. Hamma ustki qalin kiyimlarini yechgan va turli yumushlar bilan andarmon edi. Katta soylikning ikki chetida joylashgan qishloq uylarining oldida odamlar gavjumlashib qolgan. To’da-to’da bo’lishib narda o’ynar, yoki quyuq gurunglashib o’tiradi. Har bitta uyning oldida kamida bita qora mol bog’langan, uning yonida esa tug’ilganiga atigi bir hafta bo’lgan ola-bula buzoqchasi qoqilgan qoziq atrofida har yonga o’ynoqlab borib keladi. Qishloq soyligi o’rtasida tegirmonxonaning ovozi keladi. Undan ustki kiyimi oppoq bo’lib ketganini ko’rasiz, tegirmonxonaning oldida esa, bitta aravaning boshi yerga qadalgan, nariroqda esa eshak bog’lab qo’yilgan. Bir kishi bir qop unni orqalab chiqib tegirmonxonaning oldida turgan aravaga ortadi.
Biz kelib tushgan joyda cho’ponlarning qo’y-echkilari o’rmalashadi. Yerda endi-endi ko’z yorigan o’tlar qishning o’rtasida bahorning nomiga til yugurtiradi. Bu yerdagi tabiatning jonli mavjudot bilan uyg’unligini meni o’zimga tortdi. Bir yondagi qirlar yuziga qarasangiz to’da-to’da otlar suruviga ko’zingiz tushadi. Bir tarafda esa egasiz qo’ylar, boshida tormazi yo’q echkilar. Biz bu yerda yana ikki-uch kun turishimiz aniq. Yilning boshidagi bir haftalik sovuqdan so’ng, bizning ham bu qishloqda ko’proq tunashimizga to’g’ri kelib qoldi. Chunki izg’irinda safar azobi qattiq bo’ladi. Qo’lingizga otning yuganiga yopishib qolgandek, o’zingiz esa uning ustida qotib qolganga o’xshaysiz, butun jismingizga sovuq o’z ta’sirini ko’rsatib ulguradi. Shuning uchun o’sha sovuqda qolmasligimiz uchun hali biroz muddat o’zimizni keyingi safarga tayyorlab olishimiz kerak.
Bu qishloq qanday nom bilan ataladi men bilmayman. Biroq odamlari mehmondo’st ekan. To’nov kuni ayam bilan bir momonikigaa bordik. Bilmadim, ayam bilan avvaldan tanish bo’lganmi, bizni quchoq ochib kutib oldi. Choy qo’ydi, ichishdik. Ovqat olib keldi, yeyishdik. Buyog’iga ikki kampirning gapxonasi boshlandi. Ikkalasining og’ziga termulib o’taraverib, og’zim og’rib ketdi. Yelkamning orqa tomoni zirillay boshladi. Oyoqlar eshib qoldi. Ayamni turtaman. Indamay o’tirdi. Hech og’ziga gap tugamaydi. Go’yoki yangi yeyilgan taom uning chag’ini ochib yuborgan. Va nihoyat men kutgan payt keldi. Ikkala shamg’illoq buzuq traktor to’xtagani shunchalik xursand bo’lib ketdimki. O’rnimdan turishim bilan hovliga otilgandim. Manov yaramas, qo’tir kampirning kuchuki tashlanib qolsa deng. Yaxshiyam uyning devoriga suyalgan tayog’imni olib olganim yuqsa, bilmadim buni “kuchuvachcha”meni nima qilardi. Boyagi momo itini hayhaylab uning ortiga haydab yubordi. Ayam esa parvoyi falak, haligi tishlari to’klib ketgan, o’ziga o’xshash momo bilan xayrlashardi.
Ayamdan xafa bo’ldim. Loaqal senga hech nima qilmadimi deb so’ramadi ham. Boshqa uylarga ham kirishimizni aytganida sabrim chidamadi. Yo’q dedim men ketaman. Shu kuni erta qaytdik.
Boyagi kampirnikiga borganimizdan so’ng menda bu qishloqni odamlari ham bizga o’xshar ekanda degan tasavvur uyg’undi. Yo’q kamina lo’livachcha adashgan ekan. Ertasiga ham odamlarning uylariga sadaqa ilinjida kirib chiqdik. Bu yerni bolalariga hayron qoldim. Nuqul bizni ko’rishgan zahoti qochishadi. Keyin e’tibor bilan qarasangiz nimadir pana qilib bizni poylashayotgan bo’ladi. Haligi yo’qorida aytib o’tganimdek bu yerni odamlarini o’zimizga o’xshamasligini birinchi kirgan uyimizdanoq bildim. Sababi ayam uzun tayog’ini ko’tarib olib nuqul sadaqai raddi balo, sadaqa qiling degan suziga ham bir novcharoq ammo ro’malini kampirlarnikiga o’xshab bog’lab olgan ayol qahr bilan o’shqira ketdi. Qarasam biz tomoga ikkita olapar yugurib kelyapti. Ayam, qarg’ay-qarg’ay darvozaga yo’l oldi. Ortidan yetib oldim. U tinmasdan bor ovozi bilan qarg’aga o’xshab qaqilab borardi. Shu kuni yana o’ntaga yaqin uyga kirdik. O’zimizga yetarli ulushni ololmagan bo’lsakda, biroq qo’lga tushgani haam anchagina ekanligidan ko’nglimiz xotirjaam bo’ldi. Qishloqning o’rtasigacha kirib ketgan ekanmiz, o’zimizning chaylaga kelib olgunimizcha bo’ribosarlarga talanib keldik.
Bu yerda qishloqning chekka joylarida odamlar bir-biridan uzoq-uzoq masofada yashashar ekan.
Qish kunlarida bahor havosi ko’ylakchan yurishga majbur qiladi. Ertasiga yana safarga otlanadigan bo’ldik. Sababi bu yerdan o’zimiz uchun yetarli ulushni olib bo’ldik, bundan tashqari shunday issiq kunlarning birida o’zimiz uchun boshqa manzillarni makon tutib olsak, keyin sovuq tushgan mahali bemalol issiqqina chaylalarimizda yashayveramiz. Bizning hayotimiz safardan iborat. Bir joyda muqim yashashga o’rganolmaymiz. Mana bugun ham ko’ch kuronimizni yig’ishga tushdik. Bu qishloqqa hali yana qaytib kelishimizni sezib turibman. Sababi haligi ayamning qadrdon dugonasi yana kelinglar deya tayinlagani yodimda.
Qishloq atrofini o’rab olgan qirlar yuzini qoraytirib yo’lga otlanar ekanmiz. To’da-to’da bolachlarning bizga g’ayritabiiy nigoh bilan qarayotganini sezaman. Tepalikning ustidan qishloq naqadar kata ekanligini angladim. Atrofda bahor kayfiyati seziladi. Lekin tepamizdagi quyosh qishning zahri hali sezilib turganini anglatadi.
Jamshidbek Amirov
Do'stlaringiz bilan baham: |