- SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT UNVERSITETI
- FARMAKALOGIYA KAFEDRASI
- MODDA ALMASHINUVIGA TA’SIR ETUVCHI VOSITALAR.
- GORMONAL PREPARATLAR.
Gormonlar kimyoviy tuzilishiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: -
- 1. Oqsil va peptid tuzilishiga ega gormonlar (gipotalamus, gipofiz, qalqonsimon
- bez oldi bezi, me’da osti bezining Langergans orolchalari gormoni.
- 2.Steroid birikmalar (buyrak usti bezining po’stloq va jinsiy bezlar gormoni.
- 3. Aminokislota unumlari (qalqonsimon bez gormoni)
Схема ендокринной системы OQSIL VA PEPTID TUZILISHIGA EGA GORMONLAR TA’SIR MEXNIZMI STEROID TUZILISHGA EGA BO’LGAN GORMONLAR TA’SIR MEXANIZMI - OQSIL VA PEPTID
- TUZILISHIGA EGA GORMONLAR
Gipofizning gormonal va antigormonal preparatlari - Gipofiz bosh miya asosida turk egarida joylashgan bo’lib, gipotalamusning davomi hisoblanadi. U asosan 3 qismdan iborat: old, orqa va o’rta bo’laklar. Old va o’rta bo’laklari bez hujayralaridan iborat va adenogipofiz nomi bilan birlashtiriiadi. Adenogipofizda adrenokortikotrop, somatotrop, tireotrop, follikulostimullovchi, lyuteinlovchi va laktotrop gormonlar ishlanadi. Ularning hosil bo’lishi gipotalamusning maxsus kuchaytiruvchi (rilizing) va susaytiruvchi (statin) gormonlari tomonidan boshqarib turiladi. Adrenokortikotrop gormon (AKTG) -gipofiz oldingi qismidagi bazofil hujayralarda ishlab chiqarilib, kimyoviy tuzilishi bo’yicha 39 aminokislotalardan tashkil topgan murakkab peptid.
AKTG maxsus reseptorlar bilan ta’sirlashib, adenilatsiklazani faollashtiradi va hujayralardagi s-AMFni ko’paytiradi. Natijada xolesterinni kortikosteroidlarga aylanishi jadallashadi. AKTG buyrak usti bezida glyukokortikoidlar hosil bo’lishini kuchaytiradi. AKTG ni ishlatilganda buyrak usti bezi faoliyati susaymaydi, lekin uzoq vaqt ta’sir etganda bu bez zo’riqishi mumkin. Hazm yo’llarida parchalangani uchun mushak orasi va vena ichiga yuboriladi. Preparatning ta’sir muddati 6 soat. Nojo’ya ta’sirlari: shish, arterial bosimning ko’tarilishi, uyqusizlik, regenerasiya jarayonlarining susayishi bo’lishi mumkin. Gipertoniyaning og’ir shakllari, qandii diabet, me’da va o’n ikki barmoq ichak yara kasalligi, o’tkir endokardit, yurak yetishmovchiligida AKTG ni qo’llash mumkin emas. - AKTG maxsus reseptorlar bilan ta’sirlashib, adenilatsiklazani faollashtiradi va hujayralardagi s-AMFni ko’paytiradi. Natijada xolesterinni kortikosteroidlarga aylanishi jadallashadi. AKTG buyrak usti bezida glyukokortikoidlar hosil bo’lishini kuchaytiradi. AKTG ni ishlatilganda buyrak usti bezi faoliyati susaymaydi, lekin uzoq vaqt ta’sir etganda bu bez zo’riqishi mumkin. Hazm yo’llarida parchalangani uchun mushak orasi va vena ichiga yuboriladi. Preparatning ta’sir muddati 6 soat. Nojo’ya ta’sirlari: shish, arterial bosimning ko’tarilishi, uyqusizlik, regenerasiya jarayonlarining susayishi bo’lishi mumkin. Gipertoniyaning og’ir shakllari, qandii diabet, me’da va o’n ikki barmoq ichak yara kasalligi, o’tkir endokardit, yurak yetishmovchiligida AKTG ni qo’llash mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |