Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


Bosh chanog‘ining orqa chuqurchasi topografiyasi



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Bosh chanog‘ining orqa chuqurchasi topografiyasi
Orqa bosh chanog‘i chuqurchasining oldingi qismida miya ko‘prigi va uzun-
choq miya joylashgan, chuqurchaning qolgan qismini miyacha to‘ldirib turadi.
Qattiq miya qobig‘ining sinuslaridan orqa chuqurchada joylashgan eng muhimi
ko‘ndalang va ensa sinuslari hisoblanadi (75-rasm). Boshning orqa chuqurchasidagi
teshiklar quyidagicha joylashgan (74 va 76-rasm): eng oldinda, chakka suyagi
piramidasining orqa devorida ichki eshituv teshigi (porus acusticus internus) yo-
tadi. Bu teshik orqali alabyrinthi (abasilaris-dan) va nervlar - nn.facialis (VII),
vestibulocochlearis (VIII), intermedius o‘tadi. Orqaroqda bo‘yinturuq teshigi (fora-
men jugulare) joylashgan bo‘lib, uning oldingi qismi orqali nnglossopharengeus
(IX), vagus (X) va accessorius nervlari, orqa qismidan esa - vjugularis interna
o‘tadi. Orqa chuqurchaning markaziy qismini katta ensa teshigi (foramen occipi-
tale magnum) egallaydi va u orqali orqa miya o‘z qobiqlari bilan (aavertebrales)


109
va uning shoxlari (aaspinales anteriores) hamda posterioresplexus venosi cere-
bralis interni va qo‘shimcha nervning (naccessorius) orqa miya ildizlari o‘tadi.
Katta ensa teshigining yon tomonlarida canalis hypoglossi joylashgan, u orqali n.
hypoglossus (XII) va plexus venosus vertebralis bilan vjugularis internani tuta-
shtiruvchi 1-2 ta vena o‘tadi. Sigmasimon egatda yoki uning yonida foramen mas-
toideum joylashgan, u orqali ensa venasini va bosh asosining tashqi venalarini S-
simon sinus bilan tutashtiruvchi vemissaria mastoidea o‘tadi.
Boshning orqa chuqurchasi sohasidagi sinishlarda quloq orqasidagi teri os-
tida qontalash bo‘lishi mumkin, bu sutura mastoideooccipitalisning shikastla-
nishiga bog‘liq. Bu sinishlarda ko‘pincha tashqi tomonga qon ketmaydi, chunki
nog‘ora parda butun qoladi. Serebrospinal suyuqlikning oqishi va miya moddasi-
ning chiqishi yopiq sinishlarda kuzatilmaydi (chunki tashqi tomonga ochiladigan
kanfllar yo‘q).
Bosh orqa chuqurchasi sohasidagi S-simon bo‘shliq yiringli yallig‘lanishi
(flebit, sinustrombozi) mumkin.
Ko‘pincha yiringli yallig‘lanishga sabab chakka suyagining so‘rg‘ichsimon
o‘sig‘idagi kataklardan yiringli yallig‘lanishning (yiringli mastoidit) o‘tishi, ba’zan
esa ichki quloqning yiringli yallig‘lanish (yiringli labirintit) jarayonining bo‘shliqqa
o‘tishi kuzatiladi. S-simon sinusda shakllanayotgan tromb bo‘yinturuq venasin-
ing piyozchasiga o‘tishi mumkin. Bunda patologik jarayonga piyozchaga yaqin
turgan IX, X va XI nervlarning ham qo‘shilishi (tanglay pardasining va halqum
mus-kullarining falaji sababli yutishning buzilishi, tovush bo‘g‘ilishi, nafas ol-
ishning qiyinlashishi va pulsning sekinlashishi, to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon va
trapetsiya-simon muskullarning taranglashuvi) kuzatiladi.
Ichki quloqdagi yiringli jarayonda, bosh miya subaraxnoidal bo‘shlig‘i bi-
lan o‘rta quloq o‘rtasida tutashuv borligi sababli miya qobiqlarining tarqalgan
yallig‘lanishi (yiringli leptomeningit) rivojlanishi mumkin.
Ichki quloqdan yiring boshning orqa chuqurchasiga chakka suyagi pirami-
dasining orqa chekkasidagi yemirilgan joy orqali o‘tishi mumkin, shunda miyan-
ing abssessi (ba’zan u so‘rg‘ichsimon o‘siq katakchalardan yallig‘lanishning o‘tishi
natijasida ham bo‘ladi) hosil bo‘ladi. Ichki quloqdan infeksiyani porus acusticus
internus orqali o‘tuvchi nervlar ham o‘tkazishi mumkin.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish