107
miyaning chakka bo‘lagi joylashgan. Bundan tashqari chakka suyagi piramidas-
ining old yuzasida, uning cho‘qqisi yonida (har ikkala tomonda) (
impessio trigem-
ini-da) uch shoxli nervning yarimoysimon tugunchasi joylashgan. Tugun joylash-
gan bo‘shliq (
cavum Meckeli) qattiq miya pardasining ikkiga ajralishidan hosil
bo‘ladi. Piramida oldingi yuzasining bir qismi nog‘ora bo‘shlig‘ining
yuqori de-
vorini (
tegmen tympani) hosil qiladi. Kallaning o‘rta chuqurchasida, turk egari
yon tomonlarida katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan miya qattiq qobig‘ining
g‘orsimon sinusi
(sinus cavernosus) joylashgan bo‘lib, unga yuqori va pastki ko‘z
soqqasi venalari quyiladi (75-rasm).
Bosh chanog‘i o‘rta chuqurchasidagi teshiklardan eng oldingisi
canalis opti-
cus (
foramen opticum -
BNA) bo‘lib, undan ko‘z kosasiga
n.
opticus (II nerv) va
a.
76-rasm. Bosh chanog‘ining ichki asosi.
1-
foramen
caecum
; 2-
crista
galli
; 3-
lamina
cribrosa
; 4-
sulcus
chiasmaticus
;
5-
canalis
opticus
; 6-
dorsum
sellae
turcicae
; 7-
foramen
rotundum
; 8-
ala
major
ossis
sphenoidalis
; 9-(
rete
foraminis
ovalis
-dan chiquvchi) venani
o‘tkazuvchi qo‘shimcha teshik; 10-
processus
clinoideus
posterior
; 11-
foramen
ovale
; 12-
foramen
spinosum
; 13-
impressio
trigemini
; 14-
sulcus
sinus
petrosi
inferioris
; 15-
porus
acusticus
internus
; 16-
sulcus
sinus
petrosi
superioris
; 17-
forame
jugulare
; 18-
sulcus
sinus
sigmoidei
; 19-
canalis
condylris
-ning qirg‘og‘i; 20-
foramen
occipitale
magnum
; 21-
crista
occipitalis
interna
; 22-
canalis
hypoglossi
-ning qirg‘og‘i; 23-
clivus
; 24-
foramen
lacerum
va uni ikki qismga ajratuvchi suyak ko‘prikchasi; 25-
processus
clinoideus
anterior
; 26-
ala
minor
ossis
sphenoidalis
; 27-
fossa
hypophysealis
; 28-
tuberculum
sellae
; 29-
pars
orbitalis
ossis
frontalis
.
108
ophthalmica o‘tadi (74 va 76-rasm). Ponasimon suyakning
katta va kichik qanotlari
orasida
fissura orbitalis superior hosil bo‘lib, u orqali
sinus cavernosus–ga quyiluv-
chi
vv.
ophthalmicae (
superior et inferior) va nervlardan:
n.
oculomatotorius (III
nerv),
n.
trochlearis (IV nerv),
n.
ophthalmicus (uch shoxli nervning birinchi shoxi),
n. a
bducens (IV nerv) o‘tadi. Yuqori ko‘z kosasi tirqishi orqasida
foramen rotun-
dum bo‘lib, undan
n.
maxillaris (uch shoxli nervning ikkinchi shoxi) o‘tadi, aylana
teshikdan
orqada va bir oz tashqarida foramen ovale joylashgan bo‘lib, u orqali
n.
mandibularis (uch shoxli nervning uchinchi shoxi) va
sinus cavernosusni
plexus
venosus pterygoideus bilan tutashtiruvchi vena o‘tadi. Ba’zan ular oval teshigi yon-
idagi maxsus teshiklardan o‘tadi (76-rasm). Oval teshikdan tashqarida va orqaroq-
da
a.
menindea media – ni o‘tkazuvchi
foramen spinosum joylashgan. Piramida-
ning cho‘qqisi va ponasimon suyak tanasi o‘rtasida
foramen lacerum joylashgan
bo‘lib, uni tog‘ay to‘ldirib turadi.
U orqali n.
petrosus major (
n.
facialis-dan) va
ba’zan
plexus pterigoideus – ni
sinus cavernosus bilan bog‘lovchi emissar vena
ham o‘tadi. Shu yerga ichki uyqu arteriyasining kanali ochiladi.
O‘rta chuqurcha sohasida shikastlanish bo‘lganda xuddi oldingi chuqurcha
sohasidagi sinishda bo‘lganidek burun va halqumdan qon ketishi kuzatiladi. Ular
ponasimon suyak tanasi parchalanishida yoki g‘orsimon sinusning shikastlanishi
natijasida yuz beradi. G‘orsimon sinus ichidan o‘tuvchi ichki uyqu arteriyasining
shikastlanishida, o‘limga olib keluvchi qon ketishi bo‘ladi. Ba’zi
hollarda bunday
og‘ir qon ketishi birdaniga bo‘lmaydi, balki avval pulsatsiyalanadigan ekzoftalm
yuzaga chiqadi. Bu esa shikastlangan ichki uyqu arteriyasidan qonning ko‘z ve-
nalari sistemasiga o‘tishi natijasida paydo bo‘ladi.
Chakka suyagi piramidasining oldingi chegara qismi nog‘ora bo‘shlig‘ining
tomi –
tegmen tympanini hosil qiladi. Bu plastinkaning o‘rta quloqning surunkali
yiringlashi natijasida yemirilishi subdural (qattiq miya pardasi ostida) yoki epi-
dural (qattiq miya pardasi bilan suyak orasida) abssess hosil bo‘lishiga olib kela-
di. Ba’zan tarqalgan yiringli meningit yoki miyaning chakka bo‘lagi
abssessi
rivojlanadi. Nog‘ora bo‘shlig‘ining ichki devoriga yuz nervining kanali tegib turadi.
Ba’zan bu kanalning devori juda yupqa bo‘lib, o‘rta quloq yiringli yallig‘lanish
jarayonida yuz nervining sholi va falajiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: