1- Mavzu: Rivojlanishi orqada qolgan bolalar reabilitasiyasi kursning predmeti va vazifalari. Aqli zaiflikning klinik tasnifi. (4 soat)
Reja:
1. Rivojlanishi orqada qolgan bolalar reabilitasiyasi » kursining ahamiyati.
2. Rivojlanishi orqada qolgan bolalar reabilitasiyasi » kursining vazifalari.
3. Rivojlanishi orqada qolgan bolalar reabilitasiyasi » kursining mazmuni.
4. Aqli zaiflik tushunchasi
5. Aqli zaiflikning klinik shakllari.
Adabiyotlar:
Отбор детей в специальные дошкольные учреждения. – М., 1972. Составители: Власова Т.А., Лебединская К.С., Мачихина В.Ф.
Венгер А.А., Выгодская ГЛ., Леонгард Э.И. Отбор детей в в специальные дошкольные учреждения. М., Просвещение, 1972г.
Ғ.Б.Шоумаров, К.Мамедов. Ақли заиф боллалар психологияси. Т., “Ўқитувчи”, 1994.
Дульнев Г.М., Лурия А.Р. Принципы отбора детей во вспомогательной школы. АПНРСФРС. 1960 г.
Забрамная С.Д. Отбор умственно отсталых детей в специальных учреждений. Москва: «Просвещение». 1988 г.
«Rivojlanishi orqada qolgan bolalar reabilitasiyasi » kursi maxsus fan bo’lib, bolalarning rivojlanishidagi nuqsonlarni erta aniqlash, boshqa unga o’xshash holatlardan farqlashga, tashxisini aniqlashga, tegishli maxsus muassalarga yuborishga va u yerda o’zlariga mos taalluqli korreksiyalashga yo’naltirilgan o’quv-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishga imkon beradi.
Rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalarni iloji boricha erta aniqlash va tegishli maxsus muassalarga yuborishning zarurligi shundaki, umumta’lim maktablarida rivojlanishda turli nuqsonlari bo’lgan bolalarning ko’pchiligi o’qiydilar va ushbu maktab dasturini o’zlashtirishga qiynaladilar, o’zlashtirib olmaydilar. Tegishli organlar va defektologlarning vazifalari shundan iboratki, bolalar o’zlarining aqliy, bilim imkoniyatlariga va hissiy-idoraviy doiralarining xususiyatlariga mos sharoitda ta’lim olishlari, tarbiyalanishlariga imkoniyat yaratib berishlari lozim.
«Rivojlanishi orqada qolgan bolalar reabilitasiyasi » kursining vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Aqli zaif bolalar uchun maxsus muassalarni komplektlash tizimining nazariy asoslarini yoritib berish.
2. Rivojlanishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni psixologik-pedagogik diagnostika qilish metodlarini amalda qo’llash bo’yicha bilim va ko’nikmalar bilan qurollantirish.
3. Aqli zaif bolalarni maxsus muassalarga saralash ishlarni olib borish bo’yicha amaliy malakalarni shakllantirish.
Kursning mazmuniga bolalarning rivojlanishdagi nuqsonlarni diagnostika qilish , bolalarni maxsus muassalarga saralash prinsiplari, tibbiy-psixologik-pedagogik diagnostika (yoki tekshirish) metodlari, tibbiy pedagogik komissiya ishini tashkil qilish masalalari va maslahatlar berish va shu kabi komissiyalarda turli metodikalardan foydalanish kiradi. Bundan tashqari, aqliy zaiflikni o’xshash holatlardan, ayniqsa PRS dan, hamda nuqsonli rivojlanishni ta’lim-tarbiya jarayonida korreksiyalashning ba’zi usullari ko’rib chiqiladi.
Mazkur kurs boshqa o’xshash fanlardan: oligofreniya klinikasi bilan bog’liqdir. Bu boladagi nuqson tuzilishni, rivojlanishdan orqada qolish sabablarini aniqlashga, to’g’ri tashxis qo’yishiga imkon beradi.
«Rivojlanishda nuqsonga ega bo’lgan bolalar diagnostikasi» kursi oligofrenopedagogika fani bilan ham bog’liqdir. Oligofrenopedagogika nuqson tizimini e’tiborga olish asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ularning tipologik, individual xususiyatlarini ko’rib chiqib korreksiyalashning samarali usullarini tanlashga yordam beradi.
Logopediya fani bolaning nutqidagi nuqsonlarini aniqlash , logopedik tekshirishni amalga oshirish imkonini beradi.
«Rivojlanishi orqada qolgan bolalar reabilitasiyasi » kursi aqli zaiflikni aniqlash , uni boshqa o’xshash holatlardan farqlash imkonini beradi, bu esa nazariy jihatdangina emas, balki muhim amaliy ahamiyatga ham ega. Shuning uchun aqli zaiflikni to’g’ri tushunish nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Nazariy ahamiyati shundaki bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarning jiddiy klinik-psixologik belgilarni ajratishga va uning mohiyati va sabablarini yanada chuqurroq tushunishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |