Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


IV bob. BOSHNING TOPOGRAFIK ANATOMIYASI



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

IV bob. BOSHNING TOPOGRAFIK ANATOMIYASI
UMUMIY MA’LUMOTLAR
C h e g a r a l a r i v a b o ‘ l i m l a r i . Bosh va bo‘yin o‘rtasidagi chegara (shart-
li ravishda) pastki jag‘ning pastki qirrasi bo‘ylab, so‘rg‘ichsimon o‘siqning
cho‘qqisidan yuqori ensa chizig‘i (linea nuchae superior) bo‘ylab tashqi ensa
do‘mbog‘iga (protuberantia occipitalis externa) o‘tkazilib, simmetrik ravishda
qarama-qarshi tomonga davom ettiriladi.
Boshda miya va yuz qismlari tafovut qilinadi, ular mos ravishda bosh suya-
gining miya va yuz qismiga to‘g‘ri keladi. Ular orasidagi chegara ko‘z kosasining
yuqori qirrasi, yonoq suyagi va yonoq ravog‘i bo‘ylab tashqi eshituv yo‘ligacha
o‘tkaziladi. Shu chegaradan oldinda va pastda joylashgani yuz qismiga, undan
yuqori va orqadagisi miya sohasiga tegishli bo‘ladi (66-rasm).
BOSHNING MIYA QISMI
Bosh suyagining miya qismida uning gumbazi (fornix cranii) va asosi (ba-
sis cranii) tafovut qilinadi, har qaysisining ichki va tashqi yuzasi bo‘ladi.
Bosh suyagining gumbazi va asosi o‘rtasidagi chegara har ikkala tomondan,
tashqi ensa do‘mbog‘idan ponasimon suyakning tumshug‘i (rostrum sphenoidale)-
gacha davom etadi.
Bu chegara quyidagi suyaklardan: yuqori ensa chizig‘i, so‘rg‘ichsimon


94
o‘siqning asosi, tashqi eshituv yo‘lining orqa va pastki cheti, chakka suyagining
yonoq o‘sig‘i ildizi, ponasimon suyakning chakka osti qirrasi (crista infratempo-
ralis bo‘ylab o‘tkaziladi.
Shu chiziqning yuqorisida joylashgan qismi gumbazga kirsa, pastda joy-
lashgani – asosi hisoblanadi.
Gumbazda quyidagi sohalar: 1) peshona-tepa-ensa – regio frontoparietooc-
cipitalis; 2) chakka – regio temporalis; 3) so‘rg‘ichsimon o‘siq sohasi - regio
mastoidea tafovut qilinadi.
So‘rg‘ichsimon o‘siq sohasi kalla suyagining asosiga kirsa ham, lekin uni
kalla suyagining gumbaziga kiritiladi, chunki bu yerda joylashgan qavatlarning
tuzilishi gumbaz sohasiga o‘xshash bo‘ladi. Undan tashqari, bosh suyagi asosida-
gi boshqa sohalardan farqli ravishda bu sohani tashqi tekshiruvdan o‘tkazish va
unda jarrohlik aralashuvlarini amalga oshirish mumkin.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish