Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

OYOQ PANJASI, PES
Tashqi mo‘ljallar: ichki va tashqi to‘piqlarning cho‘qqilari, barmoqlarni
yozuvchi muskullarning paylari, birinchi barmoqlararo oraliqdan yuqoriroqda oyoq
panjasi ustki arteriyasining pulsini aniqlash mumkin. Oyoq panjasining ichki
qirg‘og‘ida bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi muskul (m.abductor hallucis)ning,
tashqi qirg‘og‘ida jimjiloqni uzoqlashtiruvchi muskul (m.abductor minimi)ning
konturi ko‘rinadi. Panjaning kaft yuzasida, oldinda - oyoq kafti do‘ngligi hamda
bu do‘nglikni barmoqlardan ajratib turuvchi kaft-barmoq burmalari bor. Orqada
tovon do‘ngligi, undan oldinroqda barmoqlarni bukuvchi kalta muskul do‘ngligi
chekkalari bo‘ylab ichki va tashqi oyoq kafti egatlari ko‘rinib turadi.
Oyoq panjasi tashqarida tovon suyagi balandligining teng o‘rtasidan V oyoq
kaft suyagi boshchasiga, ichkarida esa I oyoq kaft suyagi boshchasiga tortilgan
chiziqlar orqali ustki (orqa) va pastki (kaft) yuzalariga bo‘linadi.
Oyoq panjasining kaft yuzasi ko‘zdan kechirilganda, unda oldingi


88
(ko‘ndalang) hamda ikkita yon (tashqi bo‘ylama va ichki bo‘ylama) gumbazlarni
ko‘rish mumkin. Bu gumbazlar oyoq panjasiga tanadan tushadigan og‘irlikni de-
formatsiyalanish natijasida yengillashtirib, o‘ziga xos ressor vazifasini o‘taydi.
Oldingi ko‘ndalang gumbaz oldingi tayanch nuqtalari (oyoq panjasining yer sath-
iga bevosita tegib turuvchi qismlari) bo‘lgan I va V kaft suyaklari boshchalari
orasida joylashgan. Bu gumbaz bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi muskulning
ko‘ndalang boshchasi hamda uzun kichik boldir muskulining tonusi va ko‘ndalang
kaft oldi boylami - lig.tarseum transversum (V kaft suyagidan boshlanib, II va III
ponasimon suyaklarga yopishadi) hisobiga hosil bo‘ladi.
Ichki bo‘ylama gumbaz tashqi gumbazga nisbatan ancha chuqur bo‘lib, oyoq
panjasining medial qirg‘og‘i bo‘ylab orqa tayanch nuqtasidan (tovon suyagi
dumbog‘idan) oldingi medial tayanch nuqtasigacha (I kaft suyagi boshchasigacha)
bo‘lgan masofada joylashgan. Uni oshiq suyagi (talus), qayiqsimon suyak (os
naviculare), uchala ponasimon suyaklar
(ossae cuneiformes lateraleintrmedium
et mediale) va I-III kaft suyaklari (ossa
metatarsalia) I-III hosil qiladi (65-rasm).
Tashqi bo‘ylama gumbaz oyoq panjasi-
ning lateral qirg‘og‘i bo‘ylab orqa tayanch
nuqtasidan oldingi lateral tayanch nuqta-
sigacha (V kaft suyagi boshchasigacha)
davom etadi. Uni tovon suyagi (calca-
neus), kubsimon (os cuboideum) va IV-V
kaft suyaklari (ossa metatarsalia) IV-V
hosil qiladi. Oyoq panjasining bo‘ylama
gumbazini oyoq kafti aponevrozi, oyoq
kaftining uzun boylami (lig.plantare lon-
gum) va oldingi katta boldir muskuli ho-
sil qiladi va mustahkamlaydi.
Faqat ichki bo‘ylama gumbazning
o‘zini mustahkamlovchi muskullarga bosh
barmoqni uzoqlashtiruvchi hamda bukuv-
chi uzun muskullar, orqa katta boldir
muskuli va bosh barmoqni yaqinlashtiru-
vchi muskulning qiyshiq boshchasi
kiradi.
Faqat tashqi bo‘ylama gumbazni
mustahkamlovchi muskullarga uzun
kichik boldir va jimjiloqni bukuvchi
muskullar kiradi

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish