Halqum funksional va topografik anatomiyasi.Pirogov linfoepiteli halqasi. Qizilongach funksional va topografik anatomiyasi.Qorin boshligida joylashgan a’zolarning obzori.Me’daning funksional va klinik anatomiyasi.
Halqum — ogʻiz boʻshli-gʻini qiziloʻngach bilan tutashtiruvchi meʼdaichak yoʻlining oldingi qis-mi; shakli egri naysimon; orqa yuzasiga qarab yassilangan, pastki qis-miga qarab toraygan boʻladi. Yutinish vazifasini bajaradi va nafas olishda ishtirok etadi. Halqum devorlaridan oʻpka, shuningdek, ayrisimon, qal-qonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezlari rivojlanadi. Halqumning uz. 15 sm cha. Halqum burun va ogʻiz boʻshligʻining davomi boʻlib, pastdan hiqildoq va Yevstaxiy naylari orqali oʻrta quloqdagi nogʻora boʻshligʻi bilan tutashadi. Halqumning old devori deyarli yoʻq; Halqumdan oldin burun, ogʻiz boʻshligʻi va hiqil-doq joylashadi. Shuning uchun Halqumning yuqorigi — burun yoki burun-halqum qismi, oʻrta — ogiz qismi va pastki — hiqildoq qismi ajratiladi. Burun-halqum qismi burun va oʻrta quloq boʻshligʻi bilan; ogʻiz qismi tomoq teshigi orqali ogʻiz boʻshligʻi bilan; hiqildoq qismi esa hiqildoq bilan tutashadi. Halqumning hiqildoq qismi hiqildoqning orqa tomonida joylashgan, uning oldingi va orqa devorlari faqat ovqat yoki suyuqlikni yutish paytida bir-biridan uzoqlashadi, boshqa vaqtda esa bir-biriga tegib turadi. Halqum orqa devorining yuqori qismida, oʻrta chiziq boʻylab limfa toʻqimasidan tuzilgan halqum murtagi joylashgan. burun-halqum qismining harakatsiz yon devorlaridan oʻrta quloqqa olib boruvchi eshituv nayi boshlanadi. Shu joyda eshituv nayi teshigi bilan yum-shoq tanglay chodiri oraligʻining oʻng va chap tomonida limfa toʻqimasidan tuzilgan nay murtagi bor. Halqum murtagi, 2 ta nay murtak, 2 ta tanglay va til murtaklar bir-galikda Halqumning kirish qismida hal-qaga oʻxshab joylashadi. Halqum devorining xususiy plastinkasi siyrak biriktiruvchi toʻqimadan iborat boʻlib, juda koʻp elastik tolalar tutadi. Bu plastinka kalla suyagining tashqi asosiga tutashadi, shu sababli, Halqum burun qismining orqa va yon devorlari birbiriga yaqinlasha olmaydi va havo burundan bevosita Halqumning burun qismi orqali hiqildoqqa oʻtadi.
Qiziloʻngach — odam va hayvonlarda ovqat hazm qilish sistemasining halqum bilan meʼda oʻrtasidagi qismi. Qushlarda Qizilongach kengayib, jigʻildonni hosil qiladi. Odamda Qizilongach orqa koʻks oraligʻida joylashgan 23—25 sm uzunlikdagi muskulli naychadan iborat boʻlib, koʻkrak qafasidan diafragma teshigi orqali qorin boʻshligʻiga oʻtadi va meʼdaga ulanadi. Qizilongach devori shilliq, shilliq osti va muskul qavatlardan iborat. Shilliq qavati burmalarga yigʻilgan boʻlib, ovqat luqmasi oʻtayotganida tekislanadi. Qizilongach tashqi tomondan biriktiruvchi toʻqima bilan qoplanganligi sababli ovqat luqmasi oʻtayotganida koʻndalang diametrini osonlikcha oʻzgartira oladi. Yutilgan ovqat luqmasi Qizilongach peristaltikasi tufayli meʼdaga, keyin ovqat hazm qilish sistemasining hamma qismiga oʻtadi. Peristaltika — muskullarning tartib bilan qisqarishi ovqat hazm qilish sistemasining barcha qismida boʻladi. Yutinganda Qizilongach mus-kullari reflektor qisqarishi tufay-li ovqat luqmasi yuqoridan pastga yoʻnaladi. Qizilongachning yalligʻlanishi ezo-fagit deyiladi. Bunga qaynoq va ach-chiq ovqatlar yeyish, kislota, ish-qorlar taʼsiri, shuningdek, turli dori hamda spirtli ichimliklarni surunkasiga isteʼmol qilish sabab boʻladi (yana qarang Ovqat hazm qilish sistemasi). Uzunligi 22-30 sm, silindrsimon nay, 6- va 7-
bo‘yin umurtqalari chеgarasida boshlanib, 11-ko‘krak umurtqalari
chеgarasida oshqozonga tutashadi. Qizilo‘ngach bo‘yin, ko‘krak va
qorin qismlarga ajratiladi. Bo‘yin qismi umurtqa pog‘onasi yaqinida,
qorin qismi diafragma ostida joylashgan. Qizilo‘ngachning uchta
siqiqligi bor. Birinchi siqiqlik uning boshlang‘ich qismida, ikkinchisi
4- va 5-ko‘krak umurtqalari to‘g‘risida, uchinchisi- qizilo‘ngachning
ko‘krak diafragmasidan o‘tish joyida bo‘ladi. Halqumning shilliq
qavati epitеliysi, oshqozon yaqinida bir qavatli silindrsimon epitеliy
bilan almashinadi. Ko‘ndalang kеsimi yulduzsimon shaklda. Uning
dеvori shilliqosti qavatida juda ko‘p mayda bеzlar joylashgan.
Qizilo‘ngach muskullari ichki sirkulyar va tashqi ko‘ndalang qavat
hosil qiladi. Oldingi qismidagi ko‘ndalang targ‘il muskullari o‘rta
qismida asta-sеkin silliq muskullar bilan almashinadi; kеyingi
qismida esa faqat silliq muskullar bo‘ladi. Qizilo‘ngachning sirtqi
po‘sti g‘ovak shakllanmagan biriktiruvchi to‘qimadan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |