Afferent va efferent nerv tolalari. Periferik nervdan qo`zg`alishni o`tish qonunlari va qo`zg`alish tarqalish turlari
Reja:
Afferent va efferent nerv tolalari
Nerv tolalarining degeneratsiyasi va regeneratsiyasi
Sinapslar, nerv oxirlari (synapsis, terminations nervosum)
Periferik nervdan qo`zg`alishni o`tish qonunlari
Qo`zg`alish tarqalish turlari
Nerv tolalari deb glial parda bilan o`ralgan nerv hujayralarining o`simtalariga (neyrit va dendritlarga) aytiladi.
Nerv tolalari pardalarining tuzilishiga ko`ra ikki gruppaga bo`linadi:
1) miyelinsiz nerv tolalari;
2) miyelinli nerv tolalari.
Miyelinli va miyelinsiz nerv tolalarining markazida o`q silindr joylashgan bo`lib, u nerv hujayrasining o`simtasidir. O’q silindr oligodendrotsitlar hisobiga hosil bo`lgan pardalar bilan o`ralgan. Bu hujayralar Shvann hujayralari yoki neyrolemmotsitlar deyiladi.
Miyelinsiz nerv tolalari asosan vegetativ nerv sistemasining nerv stvollarini hosil qiladi. Miyelinsiz nerv tolasi neyrolemmotsit bilan o`ralgan o`q silindridan iborat. Bunda Shvann hujayrasining qobig`i o`q silindrni g`ilof singari o`rab turadi. Lemmotsitlarning pardalari juda yupqa bo`lganligi sababli yorug`lik mikroskopida hujayra chegaralari ko`rinmaydi. Neyrolemmotsitlar sitoplazmasi nozik lenta sifatida ko`rinib, uning ma’lum yerlarida yadrolar joylashgan. Yadro cho`zinchoq yoki tayoqcha shaklida bo`lib, o`q silindrining uzunasi bo`ylab joylashgan. Tashqi tomondan neyrolemmotsit bazal membrana bilan qoplangan. Bir neyrolemmotsit tanasidan bir necha (3-5, ba’zan 10-20) o`q silindr o`tgan bo`lishi mumkin. Bunday bir necha o`q iilindrga ega bo`lgan nerv tolasini «k a b e l tipidagi» tolalar deyiladi (97-rasm).
Elektron mikroskop ostida tekshirishlar shuni ko`rsatdiki, o`q silindr taraqqiyoti davomida neyrolemmotsit ichiga botib kiradi va uning devoridan chuqurcha hosil qiladi. Chuqurchaning devorlari o`q silindrni hamma tomonidan o`rab oladi va uning yon devorlari birlashib ikki membranali tuzilma - mezaksonni hosil qiladi (98-rasm).
Miyelinli nerv tolalari uzun ipsimon tuzilishga ega bo`lib, bu tolalar miyelinsiz tolalarga qaraganda ancha yo`g`on va ularning diametri 1 -20 mkm gacha yetadi. Miyelinli nerv tolasida 2 qismni - ichki (stratum muelini) – ancha yo`g`on qismni va tashqi – yupqaroq – neyrolemmotsitlarning yupqa sitoplazmasidan iborat qismini (neurolemma) farq qilish mumkin (99-rasm). Tolalarga osmiy kislotasi bilan ta’sir qilganda uning miyelin qismi qora yoki to`q jigar rangga bo`yaladi, chunki uning tarkibida lipid va oqsil moddalar bor. Pardaning miyelinli qismi ma’lum bir masofada (500-600 mkm dan 2-3 mm gacha) uziladn. Bularni Ranvye bo`g`iqlari yoki tugun bo`g`iqlari deb atalib, ular qo`shni neyrolemmotsitlar (Shvann hujayrala-ri) chegarasida joylashadi. Bo`g`iqlar orasidagi miyelin qavatda oz yoki ko`p miqdorda qiya joylashgan chiziqlar - Shmidt – Lanterman kertiklari bor. Bu kertiklar miyelin qavatdagi oqsil va lipidlarning o`zaro ma’lum bir tartibda joylashishi tufayli hosil bo`ladi. Ikkala tugun bo`g`iqlari orasidagi nerv tolasi tugunlararo segmentni (nodus neurofibrae) tashkil etadi.
97-rasm. «Kabel» tipidagi nerv tolasining elektron mikrofotogrammasi. x25.000.
1 - Shvann hujayrasi sitoplazmasi; 2 - Shvann hujayrasi yadrosi; 3 - o`q silindrlar.
98-rasm. Mezaksonning hosil bo`lishi. Elektron mikrofotogramma. x37.500.
1- akson; 2 - aksolemma; 3 - lemmotsit (Shvann hujayrasi) qobigi.
99- rasm. Miyelinli nerv tolasi. Osmiy kislotasi bilan bo`yalgan. Quymich nervidan tayyorlangan. 0b. 40, ok.10. 1 – o’q silindr: 2 - miyelinli parda; 3 - neyrolemma (Shvann pardasi): 4 - Ranvye bo’g’iqlari.
Uz taraqqiyot davrida bo`lg`usi miyelinli nerv tolasining o`q silindri, miyelinsiz nerv tolasi kabi, Shvann hujayralari tizimchasiga botib kiradi. Neyrolemmotsit hosil qilgan chuqurchaning yon devorlari ancha ko`tarilgan bo`lib, o`q silindrni belbog` kabi o`rab turadi. Asta-sekin neyrolemmotsitning chetki uchlari o`zaro yaqinlashadi va birikadi, natijada, ikki membranali struktura - mezaksonni hosil qiladi. So`ngra mezakson uzunlashadi va kontsentrik holatida o`q silindr atrofida o`raladi. Shuning natijasida neyrolemmotsit sitoplazmasi torayadi va o`q silindr atrofida zich zona - miyelin qavati hosil bo`ladi (100-rasm).
Elektron mikrosop miyelin qavatining mezaksonning kontsentrik takrorlanishidan iborat ekanligini ko`rsatadi. Miyelin parda mezaksonning ustma-ust qatlamlaridan iborat bo`lib, bunda och va to`q bo`yaluvchi qavatlarni ko`rish mumkin. Och bo`yaluvchi qavat lipid molekulalaridan, to`q bo`yaluvchi qavat esa oqsil molekulalaridan tuzilgan.
100- rasm. Miyelinli nerv tolasining hosil bo`lish sxemasi.
1 - aksolemma va lemmotsit qobigining o`zaro munosabati; 2 - yoriq; 3 - aksolemma va lemmo-tsit qobig`i; 4 -lemmotsit sitoplazmasi; 5 - mezakson (Robertsondan).
Shunday qilib, miyelinli nerv tolasi quyidagi qismlardan tuzilganligini elektron mikroskop ostida qayd qilishimiz mumkin. Miyelinli tola markazida nerv hujayrasining o`simtasi - o`q silindr joylashadi. Uni chegaralab turuvchi plazmolemma yoki aksolemma esa mezaksonning bir necha qavatidan iborat miyelin qobig`iga tegib yotadi. Miyelin tashqi tarafdan neyrolemmotsitning yadro saqlovchi yupqa sitoplazmasi bilan o`ralgan. Sitoplazma neyrolemmotsitning tashqi plazmolemmasi vositasida uni o`rab turuvchi bazal plastinkadan ajralib turadi. Bazal plastinka atrofida kollagen tolalarni va ba’zan fibroblast hujayralarni uchratish mumkin.
Nerv tolasi bo`ylab impulsning tarqalishida ularning hujayra qobig`i yoki plazmolemmasi asosiy o`rin tutadi. Ma’lumki, hamma hujayralar singari nerv hujayrasi ham polyarizatsiya-langan holatda bo`ladi. Neyronning polyarizatsiya holati asosan natriy va kaliy ionlari miqdoriga bog`liq bo`lib, odatda, hujayra ichida hujayra tashqarisidagiga qaraganda natriy ionlari taxminan 8-10 marta kam, kaliy ionlari esa 40-50 baravar ko`pdir. Neyron plazmolemmasi ionlarni tanlab o`tkazish qobiliyatiga ega bo`lib, tinch holatda kaliy tashqariga, natriy esa ichkariga kirishga moyil bo`ladi. Kaliy ionlarining tashqariga chiqishi natriy ionlarining ichkariga kirishiga qaraganda tezroq bo`ladi. Natijada, hujayra ichida manfiy anionlar ko`proq yig`ilib, o`q silindr ichining manfiyligini belgilaydi. Potentsial ma’lum birlikka yetgach, neyron ichidagi manfiy potentsial kaliyning tashqariga chiqishiga qarshilik ko`rsatadi. Shunday qilib, hujayraning tinch holatidagi potentsiali yuzaga keladi. Bu to`g`rida batafsilroq fiziologiya kursida tanishasiz.
Turli ta’sirlar natijasida nerv impulsining hosil bo`lishi nerv hujayrasi membranasining natriyni o`ta tez o`tkazuvchanligiga bog`liq. Ta’sir natijasida plazmolemma orqali natriy ionlari neyronlarga o`tib, uning manfiyligini kamaytiradi, ya’ni nerv o`simtasining bir qismida depolyarizatsiyani yuzaga keltiradi. Bu holat, o`z navbatida, o`q silindrining qo`shni qism membranasi o`tkazuvchanligini o`zgartiradi, so`ngra depolyarizatsiyaga olib keladi va hokazo. Depolyarizatsiyaga uchragan qismi esa bir necha millisekund ichida o`zini avvalgi holatiga qaytadi.
Bayon etilgan mulohazalar miyelinsiz nerv tolalaridan nerv impulsi sekin o`tishini (1--2 m/s) aniq tushuntirib beradi. Miyelinli nerv tolasida miyelin izolyator (ajratgich) rolini o`ynaydi, chunki uning lipoproteid qavatlari ionlarning o`tishiga to`sqinlik qiladi. Miyelin qavat bo`lgani uchun nerv qo`zg`alishi butun tola bo`ylab bormay, Ranvye bo`g`iqlari sohasida bo`ladi, xolos. Natijada, depolyarizatsiyaga uchragan qismlar ma’lum masofada bo`lib (ko`pincha, 2-2,5 mm), nerv impulsining tez o`tishini (5- 120 m/s) belgilaydi. Nerv impulsining bunday o`tishini Ranvye sohalari bo`ylab sakrab (saltator) o`tkazish deb tushuntirish ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |