11-variant Savollar



Download 104,03 Kb.
bet1/26
Sana20.03.2022
Hajmi104,03 Kb.
#502939
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Falsafa javoblari suhrobjon


11-variant
Savollar
1. Komediya - san’at janri.
2. Qonunlarning turlari: voqelik qonunlari, fan qonunlari, bazis va lokal qonunlar, falsafa qonunlari.
3. Globallashuv – yangi falsafiy mavzu. Globallashuv hodisasi.
JAVOBLAR:
1Komediya (yun. κωμωδία, κῶμος — Dionis sharafiga bayram va ἀοιδή — „ashula“, „qoʻshiq“) sanʼat janri boʻlib, undagi asarlarda mutoyiba va satira unsurlari keng ishlatiladi.
Komediya — hodisa, voqea va xususiyatlar kulgili koʻrsatilgan drama turi. Komediyada ijtimoiy hayotdagi nuqsonlar, kishilarning ongi va harakteridagi yaramas xususiyatlar kulgi vositasi bilan tanqid etiladi, jamiyat hayotidagi eskirib qolgan hodisalarga zarba beriladi. Hayotning rivojlanish qonuni oldida umri tugagan narsalar, sarqitlar kulgili ahvolga tushib qoladi. Bularni qalamga olish orqali komediya yaratiladi.
Komediya Yunonistonda xudo Dionis sharafiga oʻtkazilgan xalq bayramlarida paydo boʻlgan. Yorqin siyosiy komediyalar yaratgan Aristofan (miloddan avvalgi 5—4-asrlar) komediyaning „otasi“ hisoblanadi. Kds. Rimda (miloddan avvalgi 3—2-asrlar) Plavt va Terensiy atokli komediyachilar boʻlishgan. Uygʻonish davri Yevropa adabiyotida V.Shekspir va boshqa Jonson (Angliya), Lope de Vega (Ispaniya) komediyalari katta oʻrin tutadi. 17—18-asrlarda komediyada realistik mayllarning kuchayishida J.B.Molyer va P.Bomarshe (Fransiya), K.Goldoni (Italiya), G.Lessing (Germaniya), R.Sheridan (Angliya) ijodi qoʻl keldi. Komediyaning 19—20-asrlardagi rivoji B.Shou, B.Brext, Sh.OʻKeysi, B.Nushich, J.Anut, N.Gogol va boshqa ijodi bilan bogʻliq.
Oʻzbek adabiyotida Yevropa adabiyoti andozasidagi komediyalar 20-asrda paydo boʻldi. Bu janr taraqqiyotiga-Hamza („Maysaraning ishi“), Abdulla Qahhor („Tobutdan tovush“), Sayd Ahmad („Kelinlar qoʻzgʻoloni“), Erkin Vohidov („Oltin devor“), Hamid Gʻulom („Toshbolta oshiq“), Bahrom Rahmonov („Surmaxon“), Sharof Boshbekov („Temir xotin“) va boshqa munosib hissa qoʻshdilar.
Komediyaning har xil turlari bor. Voqealar chalkashligi tufayli tomoshabinda kulgi tugʻdiradigan (V. Shekspirning „Xatolar komediyasi“), qahramonlar kulgili holatlarga tushgan (Hamza, „Maysaraning ishi“), kishilar harakteridagi bemaʼni xususiyatlar kulgili qilib koʻrsatilgan (Molyer, „Tartyuf“; A.Qaxlor, „Ayajonlarim“; E.Vohidov, „Oltin devor“) komediyalar mavjud. Shuningdek, komediyalar kulgining tavsifiga koʻra, satirik (voqelik, shaxslar satira qamchisi ostida gʻazab-nafrat uygʻotadigan, zaharxandali qilib ifodalangan — N.Gogol, „Revizor“, A.Qahhor, „Tobutdan tovush“), yumoristik komediya (voqelik, shaxslarning ayrim jihatlari beozor kulgi tugʻdiradigan komediya — Gotssi, „Malikai Turandot“, Said Ahmad, „Kelinlar qoʻzgʻoloni“, Hamid Gʻulom, „Toshbolta oshiq“) va tragikomediya (tragik va komik holatlar mujassamlashgan — R.Muhammadjonov, „Suyunchi“ filmi) turlariga boʻlinadi. 20-asrda komediyaning tragikomediya (L.Pirandello, J.Anuy), tragifars (E.Ionesko) janr shakllari maydonga keldi.
4.Sulaymonova F. “Sharq va G’arb”. Toshkent “O’zbekiston”. 1997 yil.
Turli-tuman qiziqchiliklar bilan tomoshabinni kuldirish va hayotda uchraydigan ba‘zi bir manfiy hodisalarni masxaralash komediyaning asosiy maqsadidir. “Komediya” iborasi “sotos” va “oide” degan ikki so’zdan tarkib topgan bo’lib, “masxarabozlar qo’shig’i” degan tushunchani anglatadi. O’zining nojo’ya ishlari bilan dehqonlarga ozor yetkazgan biron odamni – boyonlarni, amaldorlarni hajviy qo’shiqlarda mazax qilish Yunoniston qishloqlarida tez-tez uchrab turadigan oddiy hodisa bo’lgan. Bu holat Dionis bayramlarida kengroq aks etgan. Eramizdan V-IV asrlar, umuman, butun Yunoniston va xususan Afina davlati uchun nihoyatda kuchli ijtimoiy va madaniy taraqqiyot davri bo’lgan.
Ammo, shu bilan birga, quldorlik zaminida yaratilgan demokratiya tuzumining ziddiyatlari, ayrim sotsial guruhlar o’rtasidagi qarama-qarshiliklar kun sayin keskinlashib bormoqda edi. Dastlabki komediyanavis shoirlar o’zlarining asarlarida ana shu nuqsonlarni fosh etishga, kulgu va satira yordami bilan ularni bartaraf etishga intilganlar.
Shunday qilib, “Qadimgi attika komediyasi” deb atalmish maxsus adabiy oqim maydoncha keladi. O’tkir siyosiy jo’shqinlik, demokratiya dushmanlariga qarshi murosasizlik – “qadimgi attika komediyasi” ning asosiy xususiyatidir. Mazkur janrda ijod qilgan ko’pdan-ko’p shoirlar orasida faqat uch kishining nomi bizga ma‘lum. Bular – Kratin, Evpolid hamda Aristofandir. Shulardan faqat Aristofanning asarlarigina saqlanib qolgan.
Qadimgi komediyanavis shoirlar orasida asarlari ozmi-ko’pmi miqdorida bizga qadar yetib kelgan birdan-bir shoir Aristofandir. Bu shoirning ijodida komediya mazmun jihatdan benihoyat kengayadi, shakl jihatdan yuksaklikka ko’tariladi. Binobarin, biz uchun bu zot to shu kunga qadar mazkur janrning dastlabki yakkayu-yagona vakili butun jahon miqiyosida komediya adabiyotining keksa bobokaloni bo’lib qoladi.

Download 104,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish