Kanallarni yuvilishga va loyqa bosishga qarshi ishlar
Kanalning loyqa bosishini oldini olish uchun kanaldagi amaldagi suvning oqish tezligini oshirish kerak. Buning uchun kanal boshlanishi daryo bo’yicha yuqoriroq ko’chiriladi, kanal qirgoqlari tekislanadi, dimlanishi yo’qotiladi, kanalni beton bilan qoplab g,adir –budirlik koeffitsiyenti kamaytiriladi, tabiiy o’zan tozalanadi va boshqalar. Irrigatsiya tizimiga tushadigan oqiziqlar xajmini daryoning yuqori qismida yuvilishga moyil joylarni maxkamlash, erroziyaga qarshi ishlar (daraxt ekish, yuvilish joylarini maxkamlash va boshqalar), tindirgichlar o’rnatish ekskavator yordamida oqiziqlarni olib tashlash kerak. Kanallarni tozalash xajmini kamaytirish ekspluatatsion xarajatlarni kamaytirish va buning natijasida suvdan foydalanuvchilar uchun normal sharoit paydo bo’ladi. Kanallardagi va tindirgichlardagi oqiziqlarni tozalash uchun suzuvchi zemsnaryad M3-6, kanal tozalagich MR-10 kanal tozalagich EM-202, kanal tozalagich MR-12A, kanal tozalagich QN- 0,6 lardan foydalaniladi.
Sug,orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyentini aniqlash va uni oshirish tadbirlari
Sug,orish tarmoqlarida suv sarfining isrofi, bu tarmoqlarning texnik xolatiga ularning qanday sharoitda ekspluatatsiya qilinishiga bogliq.
Kanaldagi suv isrofining kelib chiqishiga sababchi omillarni aniqlash ularni qamaytirishga olib keluvchi chora tadbirlarni topish katta axamiyatga egadir.
Odatda sug,orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyentlarini aniqlash uchun tekshirilayotgan ariqning bir qismi suv o’lchovchi asbob va uskunalar bilan jixozlanadi.
Kanalning shu qismiga kelayotgan suv sarfi Q1 m3/s va shu qism oxiridan chiqib ketayotgan suv sarfi Q2 m3/s bo’ladi. O’z- o’zidan ma’lumqi, Q1>Q2, , chunki ariqning tajriba uchun qabul qilingan qismida suvning bir qismi chiqib turib shimilishga, suv yuzasidan bug,lanib ketishga sarflanadi;
S = Q1 – Q2, m3\s
Kanal uzanida loyqa chukishini tadqiqoti bu jarayonni amalga oshirish uchun quyidagi ishlarni bajarish maqsadga muvofiqligini kursatadi.
Kolmatatsiya qilinadigan yuza avvalo tekislanib sungra yuza 20-25 sm chuqurlikda yumshatiladi, kanalga loyqa suv tuldiriladi. Loyqa chukkach suv chiqarilib kanal uzani normal namlikka yetishgach tuproq zichlashtiriladi (g,altakli matinni yurgazish, podani kanal uzani buyicha xaydash va x.o.)
Sun’iy loyqa chuktirishdagi tadqiqotlarni kursatishga d/D>0,15- 0,2 (A.N.Patrashev tavsiyasi) bulishligi taqozo etiladi, bu yerda D- kolmatatsiya qilinadigan tuproq zarrachasini ulchami. d- kolmatatsiya qiladigan (suvdagi loyqa) tuproq zarrachasini ulchami.
Qumoq tuproqli kolmatatsiya qilinadigan yuzani 1 m2 ga 5-10 kg gil beriladi. Kolmatatsiya qilinadigan kanalni uzunligi 0,1-1 km orasida buladi. Kolmatatsiya davrida kanaldagi suv tezligi 0,05-0,20 m/s. kanaldan foydalanish davrida esa undagi suv oqim tezligi 0,6-0,7 m/s dan oshmasligi tavsiya etiladi.
Bentonit gil tuproqlarni qullash.
Bu tuproqlar tarkibida “mont-morillonit” minerallar mavjud bulib, tuproq namlanganda ular juda kuchli darajada shishib uzidan suv utkazmaydigan xususiyat kasb etadi. Markaziy Osiyoda katta miqdorda bentonit zaxiralari mavjud (Хorazm,Angren,Buxoro,Dalvarzin va x.o.)ligini xisobga olsak, ularni qum va shag,alli kanal uzanlarida qullash yaxshi natijalar berganligini tajribalar tasdiqlagan.
Тajribada filtratsiya koeffitsiyenti 20,8 m/kun bulgan qumni 15-17 % bentonit va 85-83 % qumdan iborat xosil qilingan 10 sm li ekran aralashmadan sunggi filtratsiya koeffitsiyenti 0,0017 m/kun bulganligi aniqlangan.
Gruntni bitumlash.
Qumoq tuproqni bitum emulsiyasi bilan aralashtirib yoki issiq bitum emulsiyasini tug,ridan-tug,ri uzanga berish orqali amalga oshiriladi.
Birinchi xolatda 50oS gacha isitilgan bitum emulsiyasi 16-24 % xajmida qumoq tuproq bilan aralashtirilib kanal uzaniga yotqiziladi va zichlanadi.
Ikkinchi uslubda esa 1500Sgacha qizdirilgan bitum emulsiyasi 1m2 yuzaga 4-9 kg miqdorida sepilish orqali amalga oshiriladi. Emulsiya tarkibida bitum 40-50 % bulishi va bitum markasi P bulishi kerak.
Bu tadbir 3-4 yilgacha uz ta’sirini utkazib suv isrofini 2-4 marotabagacha kamaytiradi.
Gruntlarni tuzlash natijasida gruntning suv utkazuvchanligi keskin kamayadi. Ular 2 xil kurinishda- ochiq yuzaga va ximoyalangan yuzaga qizdirilgan osh tuzini yuqori konsentratsiya eritmasini sepish orqali (1m2 ochiq yuzaga 5 kg tuz, ximoyalangan yuzaga 3 kg tuz eritmasi) amalga oshiriladi. Bunday yuzalarda utlar usmaydi va 5-8 yil xizmat qilib, unda suv isrofi 2 marotabaga kamayadi. Ammo karbonatli gruntlar uchun bu uslub qul kelmaydi.
Gruntlarni silikatlash gruntga suyuq shishani albatta bosim ostida berishga asoslangan. Bu xolda natriy kremneftorid,yoki kalsiy xlorid eritmasi bilan silikat kislota ajralib tuproq kavakchalarida maxkam urnashib qoladi.
Bu tadbir shur tuproqlarda va yog,ingarchilikda yaxshi natija bermaydi, lekin sovuqqa chidamli va plastikdir.
Kanalning bosh qismiga oqib kelayotgan suv miqdori Q1 shu qism oxiridan chiqib ketayotgan suv sarfi Q2 plyus ikki qism o’rtasidagi suv isroflariga teng .
Q1=Q2+Σ (Q1δ L/100),
Bu yerda δ - kanalning 1 qm oraligidagi suv isrofi, % da Q1 ga nisbatan; L-tizimidagi kanalning ishchi uzunligi, qm:
Mavsumda foydalanadigan kanallar tarmog,ining foydali ҳarakat koeffitsiyenti.
η = 1- δ L /100
Bu yerda δ -mavsumiy foydalanadigan tarmoqdagi solishtirma suv isrofi, % da xar 1qm ga, L-kanalning amaldagi uzunligi, qm.
A.N.Kostyakov va SANIIRI doimiy foydalaniladigan tarmoqning miqdorini aniqlash uchun quyidagi formulalarni taklif etishdi. Ular yordamida kanaldagi suv isrofi aniqlanadi.
3-jadval Doimiy foydalanadigan kanalning δ miqdori Тuproq turi
|
A.N.Kostyakov bo’yicha
|
SANIIRI bo’yicha
|
Yengil
O’rtacha
Og,ir
|
δ = 3,4/Q0,5
δ = 1,9/Q0,4
δ = 0,7/Q0,3
|
δ = 2,8/Q0,5 … 3,5/Q0,5
δ = 1,87/Q0,5 … 2,3/Q0,5
δ = 1/Q0,5 … 1,3/Q0,5
|
Do'stlaringiz bilan baham: |