daryo va ko`llar yaqinida, qolgani esa dengizlar yaqinida yashamoqda. Tabiiy-ki, ular o`z turmushidan chiqqan
oqava suvlarni qisman tozalab, yaqin masofadagi tabiiy suvlarga tashlaydilar.
Hozirgi kunda kishilar 8-9 mln. turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni o`zlashtirganlar. Bular orasida tabiatda uzoq
vaqt parchalanmaydigan kimyoviy zaharlar, radioaktiv moddalar va plastmassa mahsulotlari bor-ki, ular butun biosferani va shu jumladan gidrosferani ifloslovchi jiddiy manbalardan bo`lib qolmoqdalar.
Kundalik turmushdan
chiqadigan oqava suvlardagi chiqindilar tarkibi bir-biriga o`xshash bo`ladi va ularni tozalash birmuncha oson. Lekin
sanoat oqavalarining chiqindilar tarkibi juda xilma-xil bo`lib, ularni tozalash ancha qimmatga tushadigan murakkab
jarayondir. Sanoatdan chiqadigan oqava suvlar miqdori ayniqsa rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ko`p. AQSH
sanoati 50 km.kub, Germaniya sanoati esa 10 km.kub oqava suv chiqaradi. Bu miqdordagi oqavani tozalab ulgurish
mushkul ish, shuning uchun ham, aytib o`tilganidek, AQShda jami oqava suvlarning uchdan bir qismi, Germaniyada
esa yarmidan ko`pi ifloslangan holicha suv havzasiga tashlanadi.
Keyingi yillarda ko`llar suvida antropogen evtrofikatsiyasi hodisasi keng tarqalmoqda. Bu hodisaning mohiyati
shundaki, bunda kundalik turmushdan chiqqan oqava suvlardagi biogen moddalar, ayniqsa azot va fosfor birikmalari
kam harakat ko`l suvlariga tushib to`planadi va undagi gidrokimyoviy hamda gidrobiologik rejimni buzadi. Oqibatda
suv tarkibida ko`k-yashil suv o`tlari ko`payib, kislorod kamayaboradi. Chunki kislorodning ko`p qismi bakteriyalar
tomonidan organik qoldiqlarni parchalashga, ya'ni suv o`tlarining chirishiga sarflanadi
Suvda chirindining miqdori
ko`payib, oksidlanish-tiklanish jarayoni buziladi va anaerob holat vujudga keladi. Bunda suvning rangi buzilib
ko`karadi va ho`llansa hidga ega bo`ladi, chunki unda oltingugurt, ammiak, fenol, indol, skotol kabi zaharli
moddalar to`planadi. Bunday suvlar foydalanishga yaroqsiz bo`lib, ularda hatto baliq ham yashayolmaydi.
Suvlarning termal ifloslanishi ham uni yaroqsiz holga keltiradi. Termal ifloslanishni elektr stantsiyalarida
agregatlarni sovutishga ishlatilgan suvlar keltirib chiqaradi. Bunday suvlarda harorat sovutish uchun olingan
suvnikidan 8-120 yuqori bo`ladi. Iliq suvlarining oqmas havzaga tashlanishi evtrofikatsiya jarayonini odatdagidan
ko`ra tezlashtiradi. Shunga ko`ra suvlarning termal ifloslanishi ayniqsa energetika sohasi rivojlangan mamlakatlarda
ko`proq uchraydi.
Kuzatuv natijalariga ko`ra suvlarning ifloslanishi oqibatida aholi o`rtasida kelib chiqayotgan yuqumli kasalliklar
miqdor va sifat jihatidan tobora ko`payib bormoqda. Tibbiy statistika tasdiqlashicha odamlarda sodir bo`layotgan
jami kasalliklarning 30% ichimlik suvining sifati yomonligidan kelib chikmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu
ko`rsatkich 80% gachani tashkil qiladi. BMT va Jahon banki bergan ma'lumotlarga ko`ra sifatsiz suvni iste'mol
qilish oqibatida Sayyoramizda yilida 50 mln. kishi suv iflosligidan kasallanadi va uning beshdan bir qismi hayotdan
ko`z yumadi. Bunday noxush jarayonning oldini olish, uning rivojlanishga yo`l bermaslik maqsadida Birlashgan
Millatlar Tashkiloti 2003 yilni jahonda «Chuchuk suv yili» deb e'lon qildi.