Fizikadagi asosiy qoidalar



Download 14,85 Kb.
Sana10.07.2021
Hajmi14,85 Kb.
#114344
Bog'liq
Fizikadagi qoidalar


FIZIKADAGI ASOSIY QOIDALAR.

1.FIZIKA grekcha “fyuzus” so'zidan olingan bo'lib tabiat demakdir, fizika

tabiat hodisalarini yuz berish qonuniyatlarini o'rganadi.

2.MODDALAR HOLATI moddalar uch holatda bo'ladi: 1‐qattiq,2‐suyuqlik,

3‐gaz holatida. Qattiq jism molekulalari zich joylashadi va bir‐biri bilan o'rin

almashmaydi. Shuning uchun ularni hajmini va shaklini o’zgartirish juda

qiyin.Suyuqlik molekulalari zich joylashadi va bir‐biri bilan juda tez o'rin

almashadi.Shuning uchun ularni hajmini o’zgartirish juda qiyin

bo’lib,shaklini esa o’zgartirish juda osondir.Gaz molekulalari juda siyrak

joylashgan va erkin harakatlanadi,shu sabali gazlarni juda katta

bosimlargacha siqish mumkin.

3.DIFFUZIYA turli modda molekulalarining bir‐biriga aralashib ketish

hodisasi diffuziya deyiladi.

4.MEXANIKA fizikaning mexanik harakatni o'rganadigan bo'limi

mexanika deyiladi.

5.MEXANIK HODISALAR mexanik harakatga bog'liq bo'lgan hodisalar

mexanik hodisalar deyiladi.

6.MEXANIK HARAKAT jismning fazodagi vaziyatini boshqa jismlarga

nisbatan o'zgarishi mexanik harakat deyiladi.  

7.TRAYEKTORIYA jism o'z harakatida davomida qoldirgan iziga

trayektoriya deyiladi.

8.YO'L jism biror vaqt davomida bosib o'tadigan traektoriya uzunligi yo'l

deyiladi.

9.MODDIY NUQTA  muayyan sharoitda o'lchamlarini e’tiborga olmasa ham

bo'ladigan jism moddiy nuqta deyiladi.

10.KO'CHISH jismning boshlang'ich vaziyati bilan oxirgi vaziyatini

tutashtiruvchi  yo’nalgan kesma ko'chish deyiladi.

11.TO'G'RI CHIZIQLI TEKIS HARAKAT jism to'g'ri chiziqli harakati

davomoida teng vaqtlar ichida bir xil yo'I bossa bunday harakat to'g'ri chizigli

tekis harakat deyiladi.

12.TEZLIK bosib o'tilgan yo'lning vaqtga nisbati tezlik deyiladi.  

13.ZICHLIK modda massasining uning hajmiga nisbati zichlik deyiladi.  

14.KUCH [1‐tarif] jismning harakat tezligini o'zgartiruvchi    sabab kuch

deyiladi.

15.KUCH  [2‐tarif] jismga tezlanish beruvchi ta’sir kuch deyiladi.

16.OG'IRLIK KUCHI jismni yerga tortuvchi kuch og'irlik kuchi deyiladi.

17.JISM OG’IRLIGI jism tomonidan tayanchga yoki osmaga ta’sir etuvchi

kuch jism og'irligi deyiladi.

18.ARXIMED KUCHI jismni suyuqlik yoki gazdan itarib chiqaruvchi kuch

Arximed kuchi deyiladi.

19.ARXMED QONUNI suyuqlik yoki gazga butunlay botirilgan jismni shu

suyuqlik yoki gazdan itarib chiqaruvchi kuch shu jism hajmiga teng hajmli

suyuqlik yoki gaz og'irligiga teng.  

20.MEXANIK ISH kuch bilan shu kuch yo’nalishidagi ko’chishning ular

orasidagi burchak kosinusiga ko’paytmasi mexanik ish deyiladi.

21.QUVVAT bajarilgan ishning vaqtga nisbati quvvat deyiladi.  

22.BOSIM sirtga perpendikulyar yo’nalishda ta’sir qiluvchi kuchning shu sirt

yuzasiga nisbati bosim deyiladi.

23.PASKAL QONUNI suyuqlik yoki gazga ta’sir ettirilgan bosim shu

suyuqlik yoki gazning har bir nuqtasiga o'zgarishsiz uzatiladi.

24.GIDRAVLIK MASHINA suyuqlikning harakat qonunlari assosida

ishlaydigan mashina gidravlik mashina deyiladi. Presslash uchun

ishlatiladigan mashina gidravlik press deyiladi.

25.ODDIY MEXANIZM kuchni o'zgartirish uchun xizmat qiladigan har

qanday moslama oddiy mexanizm deyiladi.  

26.RICHAK qo'zg'almas tayanch atrofida aylana oladigan qattiq jismga

richak deyiladi.

27.KUCH YELKASI kuchning ta’sir chizig'idan tayanch nuqtasigacha

bo'lgan eng qisqa masofa kuch yelkasi deyiladi.  

28.KUCH MOMENTI kuch bilan kuch yelkasining ko'paytmasi kuch

momenti deyiladi.

29.BLOK TURLARI blok turlari 2 turli bo'ladi.

1‐qo'zg'almas blok, 2‐qo'zg'aluvhan blok.

Qo'zg'almas blok kuchning ta’sir yo’nalishini o'zgartiradi,lekin kuchdan

yutuq bermaydi. Qo'zg'aluvchan blok kuchning ta’sir yo’nalishini o'zgartiradi

va kuchdan ikki marta yutuq beradi.  

30.RICHAKNING MUVOZANAT SHARTI richakka qo'yilgan kuchlar o'z

yelkalariga teskari proportsional bo'lganda richak muvozanatda bo'ladi.  

31.MEXANIKANING "OLTIN" QOIDASI kuchdan necha marta yutsak,

masofadan shuncha marta yutqazamiz.Ya’ni hech qanday oddiy mexanizm

ishdan yutuq bermaydi.

32.FOYDALI    ISH KOEFFITSIYENTI foydali ishning butun ishga nisbatining foizlarda olingan qiymati foydali ish koeffitsiyenti deyiladi.

33.ENERGIYA jismning ish bajarish qobiliyatini xarakterlovchi kattalikka

energiya deyiladi.

34.KINETIK ENERGIYA jismning harakat energiyasi kinetik energiya

deyiladi.

35.POTENSIYAL ENERGIYA jismlarning o'zaro ta’sir energiyasi potensiyal

energiya deyiladi.

36.ICHKI ENERGIYA [1‐tarif] jismni tashkil qiluvchi zarrachalarning

potensiyal va kinetik energiyalarining yig'indisi ichki energiya deyiladi  

[2‐tarif] jismni tashkil qiluvchi zarrachalarning harakat va o'zaro ta’sir

energiyalarining yig'indisi ichki energiya deyiladi.

37. ICHKI ENERGIYANI O'ZGARTIRISH USULLARI ichki energiyani

o'zgartirish usullari ikki xil bo'ladi: 1)ish bajarish usuli 2)issiqlik uzatish usuli

38.ISSIQLIK UZATISH ish bajarmasdan turib bir zarradan boshqa zarraga

energiya o'tishi tufayli ichki energiyaning o'zgarishi issiqlik uzatish deyiladi.

Issiqlik uzatish turlari 3 xil: 1)issiqlik o’tkazuvchanlik 2)konveksiya 3)nurlanish

39.ISSIQLIK O'TKAZUVCHANLIK jismni bir tomonidan ikkinchi tomoniga

molekulalarning o'rnini almashtirmasdan issiqlik o’tishi tufayli ichki

energiyaning

o'zgarishi

issiqlik


o'tkazuvchanlik

deyiladi.Issiqlik

o'tkazuvchanligi yaxshi va yomon bo’lgan  moddalar bor.

40.KONVEKSIYA issiqlikni gaz yoki suyuqlik o'z oqimi bilan ko'chirishi

konveksiya deyiladi.

41.NURLANISH issiqlikni issiqlik o'tkazuvchanligi yomon bo'lgan muhit

orqali o'tishi nurlanish deyiladi. Nurtanishga quyoshning yer sirtini

qizdirishi misol bo'ladi.

42.ISSIQLIK MIQDORI issiqlik uzatish vaqtida jism olgan yoki yo'qotgan

ichki energiyaning miqdori issiqlik miqdori deyiladi.  

43.   l KALORIYA    l g suvni haroratini    l K    ga o'zgartirish uchun zarur

bo'lgan issiqlik miqdori l kaloriya deyiladi.

44.ISSIQLIK SIG'IMI jism massasi bilan solishtirma issiqlik sig'imining

ko'paytmasi issiqlik sig'imi deyiladi.  

45.SOLISHTIRMA ISSIQLIK SIG'IMI l kg massali jismni haroratini l K ga

o'zgartirish uchun zarur bo'lgan issiqlik miqdori solishtirma issiqlik sig'imi

deyiladi.

46.SOLISHTIRMA YONISH ISSIQLIGI l kg massali yoqilg'i batamom



yonganda ajralib chiqadigan issiqlik

miqdori solishtirma yonish issiqligi deyiladi.
Download 14,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish