Fosfatlar tarqalishi bo‘yicha cho‘kindi jinslar orasida nisbatan keyingi o‘rinlarni egallaydi. Ularning orasida fosforitlar muhim hisoblanadi.
Fosforit.
Fosforit.
Strukturasi donali, oolitli va teksturasi qatlamli yoki oqma Apatit guruhidagi minerallardan tarkib topgan, deyarli har doim organik moddalar, Ca, Mg va Fe karbonatlari, gilli minerallar, qum-alevrit o‘lchamidagi bo‘lakli donalar, pirit, temir gidrooksidlari, kvars, autogen opal, xalsedon, glaukonit uchraydi.
Fosforit
larning rangi odatda qoramtir, kulrang, jigarrang, yashilsimon-kulrang. Toza fosforitlar oq rangga ega.
Fosforitlar tarkibidagi qo‘shimchalarga bog‘liq holda tashqi tomondan turli cho‘kindi jinslarga — qumtoshlar, gillar, ohaktoshlar va b. o‘xshashi mumkin. Ularni ishonchli diagnostika qilish uchun fosforga maxsus reaksiya o‘tkazish lozim.
Fosforitlar tarkibidagi qo‘shimchalarga bog‘liq holda tashqi tomondan turli cho‘kindi jinslarga — qumtoshlar, gillar, ohaktoshlar va b. o‘xshashi mumkin. Ularni ishonchli diagnostika qilish uchun fosforga maxsus reaksiya o‘tkazish lozim.
Fosforitlar asosan fosforli o‘g‘itlar (fosforit uni, superfosfat, pretsipitat, tomasshlak, ammofos va b.) ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Apatit - Ca5(PO4)3(OH,F,Cl).
Apatit - Ca5(PO4)3(OH,F,Cl).
Apatao – grekcha “aldayman” degan ma’noni anglatadi. Odam va ba’zi hayvonlarning tishlari apatitning mikroskopik kristallaridan tarkib topgan.
Rangi - rangsiz, oq, zumradsimon yashil, ko‘k, qo‘ng‘ir, binafsha. Yaltiroqligi – shishasimon. Qattiqligi – 5, mo‘rt. Sinishi nato‘g‘ri, kamdan-kam chig‘anoqsimon. Ulanishi mukammal emas. Solishtirma og‘irligi 3,18-3,21.
Kelib chiqishi. Odatda yirik kristallari nordon va ishqorli pegmatitlarda aniqlangan. Undan tashqari u gidrotermal tomirli konlarda kassiterit, flyuorit va boshqa minerallar bilan yo‘ldosh sifatida uchraydi.
Kelib chiqishi. Odatda yirik kristallari nordon va ishqorli pegmatitlarda aniqlangan. Undan tashqari u gidrotermal tomirli konlarda kassiterit, flyuorit va boshqa minerallar bilan yo‘ldosh sifatida uchraydi.
Fosfatli xomashyolarni boyitish.
Fosfatli rudalardan tarkibida fosfor tutgan minerallarni va qo‘shimcha jinslarni maksimal darajada ajratish uchun ular ham birlamchi qayta ishlanadi (masalan, elanadi va yuviladi), ham asosiy flotatsiyalashda – ikkilamchi boyitiladi.
Donador toshsimon rudalarda turli miqdordagi fosfatli moddalar tutgan turlicha kattalikdagi donachalar tuproq, qum kabi qo‘shimcha jinslar bilan aralashgan holda bo‘ladi. Tuproq va qum singari qo‘shimcha mayda jinslar elash yoki yuvish orqali ajratiladi. Bunda oz miqdordagi fosfatli moddalar tutgan 0,5 mm dan mayda zarrachalar ajratiladi. Qolgan material tarkibida 22-25% gacha P2O5 bo‘ladi. Ko‘p hollarda qoldiq sinflar bo‘yicha ajratiladi va fosfat miqdori eng ko‘p bo‘lgan mahsulotning u yoki bu (masalan, +10 yoki –25+1 mm li sinfdagi) fraksiyasi olinadi. Bu rudaning donadorlik tarkibi yoki ulardagi P2O5 va qo‘shimchalar miqdori bo‘yicha farqlanadigan bir nechta fraksiyalari (konsentratlar) ga bog‘liqdir.
Fosfor elektrotermik usulda qaytarib olish
Fosfor elektrotermik usulda qaytarib olish
Fosfor ishlab chiqarish uchun fosforit, flyus (kremnezem) va qaytaruvchi (koks) dan iborat uch komponentli shixta ishlatiladi. Bu shixta xom ashyoli elektrotermik pechlarda qayta ishlanadi. Fosfatli pech kimyoviy reaktor hisoblanadi, unda suyuqlanish va kimyoviy taʼsirlashuv jarayonlari sodir boʼladi. Pechning reaktsion qismini shartli ravishda toʼrtta qismga: yuqori – shixtani qizdirish va qattiq fazali reaktsiyalar qismi; quyi – minerallarni suyuqlantirish, qattiq va qiyin suyuqlanadigan komponentlarni suyuqlanmada eritish hamda fosfat-kremniyli suyuq fazani hosil qilish qismi; yanada quyi – kalьtsiy fosfatni SiO2 ishtirokida qaytarishning asosiy kimyoviy reaktsiyasi amalga oshiriluvchi uglerodli qismi; eng quyi – shlak va ferrofosfor qismiga ajratish mumkin.
Kremnezem ishtirokida kalьtsiy fosfatni uglerod bilan fosforgacha qaytarishni umumiy holatda quyidagicha ifodalanadi:
Ca3(PO4)2 +5C + nSiO2 3CaO*nSiO2 + 5CO + P2
Bu 1000-13000C xaroratda katta miqdordagi (qariyib 1600 kjGʼmolь) issiqlikning yutilishi hisobiga boradigan endotermik reaktsiyani, pechdan shlakni ajratib olishni osonlashtirish maqsadida 1400-1600OS da amalga oshiriladi.