Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

fascia clavipectoralis, orqasida – yelka chigalining medial tutami, oldingi tishli
muskul va I tashqi qovurg‘alararo muskul, lateral va yuqorida – yelka chigalining
orqa va lateral tutamlari, ichkarida va pastda – qo‘ltiq venasi joylashadi. Bu yerda
qo‘ltiq venasiga fascia clavipectoralisni teshib o‘tuvchi bosh vena (v.cephalica)
quyiladi; qo‘ltiq arteriyasidan eng yuqori ko‘krak arteriyasi (a.thoracica suprema)
hamda fascia clavipectoralisni teshib yuza subpektoral bo‘shliqqa o‘tuvchi ko‘krak-
akromion arteriyasi (a.thoracoacromialis) boshlanadi (12-rasm).
11-rasm. Qo‘ltiq arteriyasi va
uning shoxlari (sxema).
1-
trigonum
clavipectorale
;
2-
trigonum
pectorale
(uzuq
chiziq bilan kichik ko‘krak
muskulining konturi
ko‘rsatilgan);
3-
trigonum
subpectorale
;
4-
a
.
axillaris
;
5-
a
.
thoracoacromialis
;
6-
a
.
circumflexa
humeri
anterior
; 7-
a

circumflexa
humeri
posterior
;
8-
a
.
thoracica
suprema
;
9-
a
.
thoracica
lateralis
;
10-
a
.
subscapularis
.
12-rasm. Qo‘ltiq osti sohasining
topografiyasi.
1 – to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon muskuli;
2 – yelka chigali; 3 – ko‘ndalang kurak arte-
riyasi; 4 – bosh vena, ko‘krak-akromion
arteriyasi va ko‘krakning kichik muskuli;
5 – yelkaning lateral teri nervi; 6 – tum-
shuqsimon-yelka muskuli va teri-muskul
nervi; 7, 12 – ko‘krakning katta muskuli;
8 – yelkaning ikki boshli muskuli; 9 – uch
boshli muskul uzun boshchasining payi va
yelka suyagini o‘rovchi orqa arteriya;
10 – orqaning serbar muskuli, kurak osti
arteriyasi va ko‘krak dorsal nervi;
11 – qorinning tashqi qiyshiq muskuli, ko‘k-rakning lateral arteriyasi va
ko‘krakning uzun nervi; 13 – ko‘krakning kichik muskuli, 14 –
qovurg‘alararo-yelka nerv va oldin-gi tishli muskul; 15 – o‘mrov osti venasi
va o‘mrov suyagi; 16 – diafragma nervi va qalqonsimon-bo‘yin poyasi.


24
2-bo‘limda qo‘ltiq arteriyasidan oldinda kichik ko‘krak muskuli, lateral to-
monda – yelka chigalining lateral tutami, orqada – shu chigalning orqa tutami va
kurak osti muskuli, medial tomonda – yelka chigalining medial tutami va qo‘ltiq
venasi joylashadi. Bu yerda qo‘ltiq arteriyasidan ko‘krakning yon arteriyasi
(a.thoracica lateralis), boshlanadi.
3-bo‘limda qo‘ltiq arteriyasining oldida va medial tomonida qo‘ltiq venasi,
lateral tomonida – muskul-teri nervi (n.musculocutaneus), tumshuqsimon-yelka
muskuli va yelka ikki boshli muskulining kalta boshchasi; oldida – oraliq nervi
(n.medianus), medial tomonida – yelka va bilakning medial teri nervlari va tirsak
nervi (n.ulnaris); orqasida – bilak va qo‘ltiq nervlari yotadi. Sohaning lateral qismi-
da a. et v.axillaris va n.medianus qo‘lning asosiy tomir-nerv tutamini hosil qilib,
yel-kaga o‘tadi. Bu tutam tumshuqsimon-yelka muskulining medial chetida yota-
di, uning g‘ilofini esa mazkur muskulning fassiyasi hosil qiladi. Muskul-teri nervi
tumshuqsimon-elka muskulini teshib o‘tib, so‘ng yelka va bilakning medial teri
nervla-ri, tirsak nervi hamda asosiy tomir-nerv tutami bilan birga yelkaning old-
ingi muskul-fassiya o‘rindig‘iga kiradi. Bilak nervi yelkaning orqa fassial
o‘rindig‘iga o‘tadi. Kurak osti muskulining payida yotuvchi qo‘ltiq nervi esa pastga
va orqaga, 4 tomonli teshik tomon yo‘nalib, yelka bo‘g‘imining pastki zaif qismi-
ni kesib o‘tadi.
To‘rt tomonli teshik (yoki yoriq) qo‘ltiq osti chuqurchasining orqa devorida
joylashadi (u deltasimon sohaga ham tegishli). Uning tomonlarini yuqorida – kurak
osti (oldinda) va kichik yumaloq (orqada) muskullar, pastda – katta yumaloq va
orqaning serbar muskullari, medial tomonda – yelka uch boshli muskulining uzun
boshchasi, lateral tomonda – yelka suyagining xirurgik bo‘yinchasi chegaralaydi.
Bu teshikning medial tomonida undan yelka uch boshli muskulining uzun bosh-
chasi orqali chegaralangan uch tomonli teshik (yoriq) bo‘lib, uning yuqori va pastki
tomonlarini mos ravishda to‘rt tomonli teshikning yuqori va pastki tomonlarini
hosil qiluvchi muskullar chegaralaydi (6-rasm).
Yelka chigali va qo‘ltiq osti qon tomirlarining ba’zi shoxlari qo‘ltiq osti chu-
qurchasidan uning orqa devoridagi bu yoriqlar orqali qo‘shni sohalarga o‘tadi.
3-bo‘limda a.axillarisdan kurak osti arteriyasi (a.subscapularis) va yelkani
old va orqadan o‘rovchi arteriyalar (aa.cirsumflexa humeri anterior et posterior)
boshlanadi. Yelka suyagini o‘rovchi orqa arteriya qo‘ltiq osti nervi bilan birga
tomir-nerv tutamini hosil qiladi va to‘rt tomonli teshik orqali yelka suyagining
xirur-gik bo‘yinchasining yonginasidan o‘tib, deltasimon muskul osti bo‘shlig‘iga
kiradi. Kurak osti arteriyasi kurak osti muskulining pastki qirg‘og‘i bo‘ylab kurak
suya-gining tashqi qirg‘og‘i tomonga yo‘nalib 2 ta shoxga bo‘linadi:
1) kurak suyagini o‘rovchi arteriya (a.circumflexa scapulae) 3 tomonli teshik
orqali o‘tib, kurakning qirra osti o‘rindig‘iga kiradi;
2) ko‘krakning orqa arteriyasi (a.thoracodorsalis) kurakning pastki burcha-
giga yo‘naladi.
Yelka suyagini oldindan o‘rovchi arteriya (a.circumflexa humeri anterior)
yelka suyagi xirurgik bo‘yinchasining old tomonida unga yondoshib lateral
tomonga yo‘naladi.
Qo‘ltiq osti bo‘shlig‘idagi kletchatkada joylashgan limfa tugunlari 5 ta guruhga
ajratiladi:


25
1) qo‘ltiqning lateral limfa tugunlari (nodi lymphatici axillares laterales),
qo‘ltiq osti bo‘shlig‘ining tashqi devori yonida, tomir-nerv tutamining medial to-
monida joylashgan bo‘lib, unga qo‘lning limfasi quyiladi;
2) qo‘ltiqning markaziy tugunlari (nodi lymphatici centrales), qo‘ltiq osti
bo‘shlig‘i asosining markazida, qo‘ltiq venasi bo‘ylab xususiy fassiyaning ostida
joylashadi. Ularga shu sohaning limfa tomirlari quyiladi;
3) qo‘ltiqning ko‘krakdagi (medial) limfa tugunlari, nodi lymphatici pecto-
rales (mediales) ko‘krakning lateral arteriyasi bo‘ylab oldingi tishli muskulning
ustida joylashib, ko‘krak va qorinning old-yon devoridan hamda sut bezidan lim-
fa qabul qiladi. Shu guruhning III qovurg‘a sathida, katta ko‘krak muskulining
pastki qirg‘og‘i ostida yotuvchi bitta yoki bir nechta tugunlari sut bezi rakida
ko‘pincha birinchi bo‘lib metastazga uchraydi (Zorgius tugunlari);
4) kurak osti (orqa) limfa tugunlari, nodi lymphatici subscapulares (posteri-
ores) – kurak osti tomirlari bo‘ylab joylashib, bo‘yinning orqa yuzasi va orqaning
yuqorigi qismidan limfa qabul qiladi;
5) qo‘ltiq cho‘qqisi (o‘mrov osti) tugunlari, nodi lymphatici apicales (infra-
claviculares) – o‘mrov-ko‘krak uchburchagida (1-bo‘lim) qo‘ltiq venasi bo‘ylab
joylashadi va sut bezining yuqorigi qismidan hamda o‘zidan pastda joylashuvchi
tugunlardan limfa qabul qiladi. Qo‘ltiq osti limfa tugunlarining tomirlari truncus
subclavius–ga quyiladi (13-rasm).

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish