- Taʼm bilish — turli eriydigan moddalarning taʼm bilish retseptorlariga, asosan, tilga (umurtqalilarda) taʼsir etishi natijasida paydo boʻladigan sezgi. Maza bilish retseptorlari tilda, halqumning orqa devorida, yumshoq tanglayda, murtaklarda joylashgan. Til uchi, chetlari va orqa qismida retseptorlar ayniqsa koʻp; til oʻrtasida va uning ostki yuzasida Maza bilish retseptorlari yoʻq.
- Shirin, nordon, achchiq, chuchuk va shoʻr sezadigan Maza bilish sezgilari farq qilinadi. Bu sezgi maʼlum moddalarning oʻziga mos keluvchi Maza bilish retseptorlarini qoʻzgʻatishi natijasida namoyon boʻladi. Maza bilish uchun traning (issiq yoki sovuq ovqat maza sezgisini susaytiradi), shuningdek, hidning ahamiyati muhim (kishi tumov boʻlib, hidni yaxshi sezmaganda ovqat mazasini bilmaydi).
Do'stlaringiz bilan baham: |