18
ASOSIY QISM
II bob. QO‘LNING TOPOGRAFIK ANATOMIYASI
Qo‘l,
extremitas superior yelka kamari, yelka, tirsak, bilak va qo‘l panjasi
sohalaridan iborat.
YELKA KAMARI
Yelka kamari 4 ta sohani o‘z ichiga oladi:
1) kurak sohasi,
2) o‘mrov
osti sohasi,
3) qo‘ltiq osti sohasi,
4) deltasimon soha.
Kurak sohasi, regio scapularis
Ta s h q i m o ‘ l j a l l a r : kurak suyagi qirrasi
(spina scapulae), uning akro-
mial o‘sig‘i, kurakning medial va lateral qirg‘oqlari hamda burchagi
(margo me-
dialis et lateralis ossis scapulae et angulus scapulae).
Che g a r a l a r i: akromial o‘siqni VII bo‘yin umurtqasining o‘tkir qirrali
o‘sig‘i bilan tutashtiruvchi chiziq o‘tkazilsa –
yuqorigi chegara, kurak burchagi
orqali gorizontal chiziq o‘tkazilsa – pastki chegara, kurakning medial qirg‘og‘i
bo‘ylab chiziq o‘tkazilsa – ichki chegara, akromial o‘siqdan pastga vertikal chiziq
tortilsa – tashqi chegara ho-
sil bo‘ladi.
Teri qalin bo‘lib, sil-
jishi chegaralangan. Yuza
fassiya bir necha qavatdan
iborat.
Xususiy fassiya yax-
shi rivojlanmagan. Uning os-
tida yuza qavat muskullari:
orqaning serbar muskuli
(m.
latis-simus dorsi) va tra-
petsiyasimon muskul
(m.
trapez
ius) yotadi. Chuqur
qavatni aponevroz ko‘rini-
shidagi chuqur fassiya bilan
qoplangan kurakning xusu-
6-rasm. Kurak arteriya to‘ri. Qo‘ltiq bo‘shlig‘ining
orqa devoridagi uch
tomonli va to‘rt tomonli teshiklar.
1-
a
.
thyroidea
inferior
; 2-
a
.
cervicalis
superficialis
; 3-
truncus
thyreocervicalis
; 4-
a
.
subscapularis
; 5-qirra usti o‘rindig‘i;
6-
r
.
descendens
a
.
transversa
colli
; 7-qirra osti o‘rindig‘i; 8-
a
.
cervicalis
ascendens
; 9-
a
.
suprascapularis
; 10-
a
.
transversa
colli
; 11-
a
.
axillaris
;
12-
a
.
circumflexa
humeri
posterior
; 13-
foramen
quadrilaterum
;
14-
a
.
circumflexa
scapulae
; 15-
a
.
brachialis
; 16-
foramen
trilaterum
.
19
siy muskullari: qirra usti
(m.
supraspinatus) va qirra osti
(m.
infraspinatus), kichik
va katta yumaloq muskullar
(mm.
teres major et minor) tashkil etadi. Chuqur qa-
vatni yuza qavat muskullaridan ajratib turuvchi aponevrotik fassiya kurakning
chetlari
va qirrasiga birikib ketgan, shu sababli bu yerda 2 ta: qirra usti va qirra
osti suyak-fibroz o‘rindiqlari hosil bo‘ladi.
Qirra usti o‘rindig‘ini
m.
supraspinatus egallaydi; muskul ostidagi kletchat-
kada kurak usti arteriyasi,
(a.
suprascapularis) bilan venalari hamda shu nomdagi
nerv joylashadi. Bu arteriya kurak qirrasini tashqi tomondan aylanib, qirra osti
o‘rindig‘iga o‘tadi. Qirra osti o‘rindig‘ida
m.
infraspinatus va
m.
teres minor joy-
lashadi. Muskullar
ostidagi kletchatkada, bevosita kurak suyagining ustida kurak
osti arteriyasining shoxi bo‘lmish kurakni o‘rovchi arteriya
a.
circumflex
a scapu-
lae (qo‘ltiq ostidan uch tomonli teshik orqali o‘tib, kurakni lateral tomondan ay-
lanib keladi) va bo‘yin ko‘ndalang arteriyasining tushuvchi shoxi
(r.
descendens
a.
transversa colli) venalari bilan birga joylashadi. Bu arteriyalar o‘zaro va yuqo-
rida aytilgan
a.
suprascapularis bilan boy anastomozlar hosil qiladi.
Ushbu anas-
tomozlar kurak arteriya to‘ri
(rete arteriose scapulae) deb ataladi (6-rasm). To‘rning
amaliy jihatdan muhimligi shundaki, qo‘ltiq osti arteriya shikastlanishlarida bu
arteriya kurak osti arteriyasi boshlanadigan joydan yuqoriroqda bog‘lansa, qon
o‘tishi kurak arteriya to‘ridagi anastomozlar orqali tiklanadi (7-rasm).
Kurakning qirra usti va qirra osti o‘rindiqlari bu yerdagi muskullar orqali
deltasimon muskul osti bo‘shlig‘i bilan tutashadi.
Kurak suyagining ostida oldingi tomoni kurak osti fassiyas
(fascia subscapu-
laris) bilan qoplangan kurak osti muskuli,
m.
subscapularis joylashadi. Bu fassiya
kurak suyagining chekkalariga birikishi natijasida uchinchi suyak-fassiya o‘rindig‘i
vujudga keladi. Kurak osti fassiyasi bilan uning tagidagi (oldidagi)
oldingi tishli
muskul
(m.
serratus anterior), orasida g‘ovak kletchatka bilan to‘lgan yoriq bo‘lib,
u kurak oldi bo‘shlig‘ining orqa yorig‘i deb ataladi. Bu yoriq qo‘ltiq osti chuqurcha-
7-rasm. Qo‘ltiq osti
arteriyasi bog‘langanda
kollateral qon aylanishi (qon
oqish yo‘nalishi strelkalar
bilan ko‘rsatilgan).
1-
a
.
suprascapularis
;
2-
r
.
descendens
a
.
transversa
colli
; 3-
a
.
subclavia
; 4-qo‘ltiq
arteriyasining bog‘langan
joyi; 5-
a
.
axillaris
;
6-
a
.
circumflexa
humeri
anterior
; 7-
a
.
circumflexa
humeri
posterior
;
8-
a
.
subscapularis
;
9-
a
.
circumflexa
scapulae
;
10-
a
.
thoracodorsalis
;
11-kollateral anastomozlar.
20
si bilan tutashadi.
M.
serratus anterior bilan ko‘krak qafasi orasida kurak oldi
bo‘shlig‘ining oldingi yorig‘i bo‘lib, u rombsimon muskullar ostiga ochiladi (8-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: