Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

FASSIYA TUGUNLARI
Fassiya-kletchatka tuzilmalarining suyakka birikkan joylari ancha qalin
bo‘lib, muayyan soha yumshoq tayanchining negizini tashkil etadi; bular fassiya
tugunlari deb ataladi. Fassiya tugunlari turli fastsiya varaqlari qo‘shilgan joy bo‘lib,
doimo shu sohaning suyak asosi bilan – bir tomondan, muskullari bilan – ikkinchi
tomondan tutashgan bo‘ladi. Fassiya tugunlarining aponevrotik, fassiya-kletchat-
kali va aralash turlari farqlanadi.
N.I.Pirogov qo‘l-oyoqning g‘ilofli tuzilishidan kelib chiqqan holda yirik
tomirlarning fastsiya g‘iloflarining tuzilishidagi muhim amaliy ahamiyatga ega
bo‘lgan umumiy qonuniyatlarni ta’riflagan.
· Birinchidan, barcha tomir g‘iloflari shu tomirlarning tevaragidagi muskul fastsiya-
lari hisobiga hosil bo‘ladi. Ya’ni, muskul g‘ilofining orqa devori shu muskul yonidan
o‘tuvchi tomir-nerv tutami g‘ilofining oldingi devorini tashkil etadi (3-rasm).
3-rasm. Muskullar va tomir-nerv tutamlarining fassiya g‘iloflari (o‘ng
yelkaning o‘rtasidan o‘tkazilgan ko‘ndalang kesim).
1 - 
a

brachialis
et
n

medianus
; 2-
v

basilica
et
rami
n

cutaneus
antebrachii
medialis
; 3-
n

ulnaris
; 4-
m

triceps
brachii
; 5-
n

radialis
;
6-
m

brachialis
; 7-v..
cephalica
; 8-
n

musculocutaneus
; 9-
m

biceps
brachii
.


14
· Ikkinchidan, agar muskul g‘ilofining tomir g‘ilofiga aloqador bo‘lgan qismi
tortilsa, u holda tomirning g‘ilofi uch qirrali prizma (ko‘ndalang kesimda – uch-
burchak) shaklini oladi. Bunda prizma qirrasidan biri oldinda, qolgan ikkitasi esa
tomirlardan ichkarida va tashqarida joylashadi.
· Uchinchidan, prizma g‘ilofining cho‘qqisi, odatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki
bilvosita, yaqindagi suyakka yoki bo‘g‘im qopchasiga birikkan bo‘ladi.
Qon tomir-nerv tutami tashqaridan umumiy fassial g‘ilof bilan o‘ralishdan
tashqari, uning har bir tarkibiy elementi alohida g‘ilofga o‘ralgan. Tomir yoki
nerv bilan uning fassiya g‘ilofi orasida paravazal yoki paranevral g‘ovak kletchatka
bo‘ladi. Har qanday g‘ovak kletchatkadagiday, tomir–nerv atroflaridagi kletchat-
ka bo‘ylab ham yiringli jarayon tarqalishi mumkin.
Barcha harakatchan a’zolarni bevosita g‘ovak kletchatka qatlami o‘rab turadi:
ichki a’zolarni v i ss ye r a l k l ye t ch a t k a, tomirlarni paravazal kletchatka,
nervlarni paranevral kletchatka, muskullarni ularning g‘ilofi bilan muskul orasidagi
kletchatka o‘raydi. A’zoning o‘z hajmini, holatini o‘zgartirish amplitudasi (ko‘lami)
qancha katta bo‘lsa, uni o‘rovchi g‘ovak kletchatka ham shuncha ko‘p bo‘ladi va
mazkur a’zoning harakatlanishiga imkoniyat yaratadi. A’zo atrofidagi kletchatka-
ning periferik qismi zichlashib, fassiya ko‘rinishini oladi.
F a s s i ya l a r a r o k l e tch a t k a fassiya qobig‘iga o‘ralgan ayrim
a’zolar orasida, a’zolarning fassiya qobig‘i bilan bo‘shliqlarni qoplovchi devoriy
fassiyalar orasida bo‘ladi (pariyetal kletchatka), undan tashqari sinergist muskul
guruhlari orasidagi bo‘shliqlarni to‘ldirib turadi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish