6
lik bo‘ylab arralab kesish uslubini qo‘lladi va natijalarini 1851-1859-yillarda chop
ettirdi. N.I.Pirogov o‘z izlanishlarida tana a’zolarining normal holatdagi o‘zaro joy-
lashuvlarini mufassal o‘rganishdan tashqari, ularning turli funksional va patologik
jara-yonlardagi holatlarini ham ushbu uslub yordamida tadqiq etdi.
N.I.Pirogov va uning izdoshlari tomonidan rivojlantirilgan topografik
anatomiyaga oid bilimlarning jarrohlik operatsiyalarida keng qo‘llanishi operativ
jarrohlikning rivojlanishida muhim omil bo‘ldi. Shu sababli “Topografik anatomiya”
fani amaliy fanlar qatoridan mustahkam o‘rin oldi.
“Topografik anatomiya”ning operativ jarrohlik bilan birga yagona, bir
butun fan sifatida o‘qitila boshlanishi ham N.I.Pirogov nomi bilan bog‘liqdir.
N.I.Pirogovning zamondoshlaridan “Topografik anatomiya hamda uni amaliy
tibbiyot va jarrohlikka tatbiq etish bo‘yicha qo‘llanma” (1896) muallifi
P.
Tillaux,
eng ommabop darslik hisoblangan “Topografik anatomiyadan
talabalar va shi-
fokorlar uchun qo‘llanma” muallifi, nemis anatomi G.K.Korning kabi olimlarni
aytib o‘tish joizdir.
Topografik anatomiya va operativ jarrohlik” fani o‘zaro uzviy bog‘langan fan
sifatida Sho‘rolar hokimiyati davrida V.N.Shevkunenko, A.N.Maksimenkov,
N.N.Burdenko, P.A.Gersen, A.V.Vishnevskiy, P.A.Kupriyanov, F.I.Valker,
V.V.Kovanov, G.E.Ostroverxov, Yu.M.Lopuxin, O.P.Bolshakov, K.I.Kulchitskiy va
boshqa olimlar tomonidan yanada rivojlantirildi.
O‘zbekistonda “Operativ jarrohlik va topografik anatomiya” fani dastlab 1920-
yilda tashkil etilgan O‘rta Osiyo dorilfununining tibbiyot kulliyotida o‘qitila bosh-
landi. Yiringli jarohatlar va kasalliklar sohasi bo‘yicha yirik olim, jarroh va topograf-
anatom, Davlat mukofoti sovrindori, prof. V.F.Voyno-Yasenetskiy ilk bor operativ
jarrohlik va topografik anatomiya kafedrasini tashkil etib, unga 1920-1923-yillarda
rahbarlik qildi va ayni vaqtning o‘zida 1-shahar shifoxonasining
katta jarrohlik
bo‘limini ham boshqardi. U amaliy faoliyati mobaynida to‘plagan ish tajribasi aso-
sida eng yirik va mashhur asari bo‘lgan “Yiringlar jarrohligidan lavhalar” (“Ocherki
gnoynoy xirurgii”) kitobini yozgan.
Toshkent tibbiyot institutining operativ jarrohlik va topografik anatomiya kafe-
drasini V.F.Voyno-Yasenetskiydan keyin G.A.Ilin (1923-26), F.I.Valker (1926-29),
N.S.Pereshivkin (1929-31), S.T.Novitskiy (1942-44), Z.D.Semenixina (1941-42 va 1944-
45), B.A.Stekolnikov (1931-41 va 1945-66), F.F.Amirovlar (1966-79) boshqardilar.
30-yillargacha kafedrada, asosan, fanni o‘qitishga oid ishlar yo‘lga qo‘yildi.
1941-yilda B.A.Stekolnikov “Ba’zi patologik jarayonlarda ko‘ks oralig‘i a’zolarining
siljishi” mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. U rahbarlik qilgan davrda
kafedrada operativ jarrohlik va topografik anatomiyaning dolzarb masalalariga oid
ayrim ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. F.F.Amirov va S.A.Dolimovlarning doktor-
lik dissertatsiyalari shular jumlasidandir.
S.A.Dolimov tomonidan oshqozonning eksperimental yarasi va u rezeksiya
qilingandan keyin nerv sistemasi hamda hazm a’zolarida
kechadigan patomorfologik
o‘zgarishlar o‘rganildi.
1966-1979-yillarda kafedraga prof. F.F.Amirov rahbarlik qildi. Uning traxeya
va bronxlarda bajariladigan plastik operatsiyalarga bag‘ishlangan ilmiy ishlari Davlat
mukofoti bilan taqdirlangan va zamonamizning yirik jarrohlari A.N.Bakulev,
7
Ye.N.Meshalkin, L.K.Bogush, A.A.Vishnevskiylar tomonidan yuksak baholangan.
F.F.Amirov kafedrada shisha idishlarda saqlanuvchi turli a’zo preparatlarining ajoyib
kolleksiyasini barpo etgan.
1979- yildan kafedrani prof. N.H.Shomirzayev boshqarib kelmoqda. Uning
va ko‘p sonli shogirdlarining ilmiy ishlari atelektazga uchragan o‘pkani reaeratsiya
qilish, pnevmonektomiyadan keyin qoldirilgan o‘pkada kechadigan kompensator-
moslashuv jarayonlarini o‘rganish va ularni dori preparatlari bilan korreksiyalash-
ning imkoniyatlari, yangi sintetik jarrohlik tikuv matolarini
ishlab chiqish va jar-
rohlik amaliyotiga tatbiq etish, turli patologiya holatlarida o‘pkalarning lipidlar
metabolizmidagi ishtiroki, surunkali nospetsifik o‘pka kasalliklarida nafas
a’zolarining immun tizimi, o‘pka rezeksiyasidan keyin qoldirilgan o‘pkada yuza-
ga keluvchi arterial gipertenziyada klapanli boshqariladigan ekstrapulmonal shuntlar-
ni qo‘llash operatsiyalariga bag‘ishlangan. Bu davrda ushbu fanga oid bir qator
darslik va o‘quv qo‘llanmalari nashr etilgan.
Kafedra xodimlari serqirra ilmiy izlanishlar bilan
birga Toshkent Davlat tibbi-
yot instituti miqyosidagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etib kelmoqdalar. Jum-
ladan, turli yillarda prof. F.F.Amirov Davolash va pediatriya fakultetlari dekani,
ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor, prof. S.A.Dolimov – fakultet dekani, avval o‘quv,
so‘ngra davolash ishlari bo‘yicha prorektor, prof. N.H.Shomirzayev dastlab Davo-
lash va malaka oshirish fakultetlari dekani, 1987-1990- yillarda institut rektori, O‘zR
SSV TIK (UMS) raisi (1985-87 va 1990-2000-yy)
lavozimlarida faoliyat
ko‘rsatganlar.
Toshkent tibbiyot institutining “Operativ jarrohlik va topografik anatomiya”
kafedrasida turli yillarda ishlagan G.A.Rotenberg, X.A.Petrosyans, K.X.Tagirov,
A.E.Saidaliyev, A.G.Mirzamuxamedov, R.A.Alavi, N.H.Shomirzayev,
G.N.Gimmelfarb, X.K.Sultonov, B.R.Bobojonov, U.E.Begaliyev, Z.B.Botirova,
R.J.Usmonov kabi xodimlar doktorlik, A.I.Benyaminovich, V.N.Schastnev,
O.Ya.Kaplan, YA.A.Borovets, B.S.Sadritdinov, B.G‘.G‘aniyev, T.D.Abdazimov,
Ye.B.Berliner, A.A.Simonov, R.Q.Qurbonov, A.B.Mamedov, R.A.Arikov,
O.A.A’zamov, A.A.Abdukarimov, Sh.M.Sultonov, X.S.Hodiyev, Sh.A.Alimov,
A.A.Saidov, E.G.Sodiqov, SH.J.Fayziyev, A.A.Shukurov, B.J.Risqiyev, R.A.Umarov,
U.X.Kolibekov, D.N.Axmedov, Z.P.Muxitdinov, X.P.Tojiboyev, Z.N.Kuramboyev,
X.X.Mirzajonov, S.X.Nazarov, D.T.Mirrahimova kabi xodimlar nomzodlik disser-
tatsiyalarini himoya qilganlar.
O‘tgan davr mobaynida kafedra kengayib, undan Toshkent Davlat pediatriya
institutining (kafedra mudirlari S.A.Dolimov, prof. Sh.M.Ahmedov), II Toshkent Davlat
tibbiyot institutining (kafedra mudirlari dots. Sh.J.Fayziyev, prof.
A.G.Mirzamuxamedov) kafedralari ajralib chiqdi. Toshkent shifokorlar malakasini
oshirish institutidagi “Operativ jarrohlik va topografik anatomiya” kursi 1932–1963-
yillarda ToshMI kafedrasi qoshida faoliyat ko‘rsatdi. So‘ngra alohida kafedra tashkil
etilib, unga prof. A.G.Mirzamuxamedov rahbarlik qildi.
Hozirgi kunga kelib malaka
oshirish kursi yangitdan tashkil etilgan Toshkent Tibbiyot akademiyasining Odam
anatomiyasi, operativ jarrohlik va topografik anatomiya “kafedrasi tarkibida”dir.
Respublikamizning boshqa ilmgohlarida faoliyat ko‘rsatayotgan operativ jar-
rohlik va topografik anatomiya “kafedralarida ham o‘quv jarayonidan” tashqari
turli yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari keng miqyosda olib borilmoqda. Jumladan,
8
Samarqand tibbiyot institutida diafragmaning topografik anatomiyasi va jarrohligi,
yurakning morfologiyasi (V.Ya.Barakov, A.K.Gabchenko), Andijon tibbiyot insti-
tutida ichki a’zolarning yoshga qarab topografiyasi (I.Q.Qosimxo‘jayev), Toshkent
tibbiyot akademiyasi Davolash fakulteti kafedrasida novokainli blokadalarning
turli usullari (A.G.Mirzamuxamedov), Toshkent pediatriya
tibbiyot institutida ta-
yanch-harakat apparatining yoshga qarab o‘zgarishi (Sh.M.Ahmedov) o‘rganilib,
tadqiqot ishlari davom ettirilmoqda.